[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

HTTPS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HTTPS (inglizcha: Hypertext Transfer Protocol Secure — „Xavfsiz Gipermatn Uzatuvchi Protokol“) HTTP protokoli kengaytmasi boʻlib, shifrlashni dastaklaydi. HTTPS orqali uzatiladigan maʼlumot SSL yoki TLS kriptografik protokoliga solinadi, shunday qilib bu maʼlumotlar himoyalanadi. HTTP dan farq qilib, HTTPS uchun 443 TCP porti ishlatiladi.

Tizim Netscape Communications Corporation tomonidan autentifikatsiya va himoyalangan bogʻlanishni taʼminlash uchun ishlab chiqilgan. HTTPS xavfsizlikka talabgor internet ilovalari (masalan, online toʻlov) uchun qoʻllanadi.

HTTPS barcha mashhur brauzerlar tomonidan dastaklanadi.