[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kekirdak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kekirdak, (trachea) – odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻllarining hiqildoqning keyingi qismi. Odamda uning uz. 9-12 sm, diametri 1,5-2 sm. Kekirdakning shilliq qavatida bezchalar koʻp. Boʻyin sohasida Kekirdak koʻkrak boʻshligʻiga oʻtadi va 4-5 koʻkrak umurtqalari roʻparasida oʻng hamda chap bronxlarga boʻlinadi. Boʻlingan joy Kekirdak ayrisi deb ataladi. Kekirdakning yuqori qismi bir oz harakatchan, pastki ayri qismi deyarli harakatlanmaydi. Kekirdak 16-20 ta togʻay yarim halqa shaklida tuzilgan. Orqa tomonda bu halqalarning ochiq (tutashmagan) joyida Kekirdak devori parda bilan qoplangan boʻlib, unda koʻndalang yoʻnalgan silliq muskul tolalari bor. Kekirdak togʻaylari bir-biri bilan fibroz boylam yordamida tutashgan. Kekirdak ichki tomondan shilliq parda bilan, parda esa tukli epiteliy bilan qoplangan. Shu parda tagida shilimshiq ishlab chiqaradigan bezlar koʻp. Epiteliy va shilimshiq nafas olishda Kekirdakdan oʻtadigan havoni ilitib, namlab turadi va havo tarkibidagi chang zarralarini ushlab qoladi. Hiqildoq va Kekirdak kasalligi sababli oʻpkaga havo oʻtmay qolganda Kekirdakni ochib naycha qoʻyiladi (traxeotomiya). Kekirdakning yalligʻlanishi traxeit deb ataladi[1]. Gistologik nuqtai nazardan u uch xil toʻqima qatlamidan iborat boʻlib, ular shilliq qavat, submukoza va adventitiya deb nomlanadi.

1. Zufarov K. A. Gistologiya: darslik – Toshkent, 2005 y.

2. Gistologiya: Uchebnik /Pod red. Afanaseva Yu. I., Yurinoy N. A. -Moskva.: Meditsina, 2012 y.

3. Tursunov E. A. Gistologiya: oquv qollanma, I qism – Toshkent, 2010 y.

4. Tursunov E. A. Gistologiya: oquv qollanma, II qism – Toshkent, 2011 y.

5. Ogiz bushligi gistologiyasi va embriologiyasi buyicha atlas (ukuv qoʻllanma) A.Yu. Yuldashev, S.Murtazaev,M. X. Raxmatova,L. S. Knyazeva, Toshkent, 2018 y.

6. Junkeyra L. K., Karneyro J. Gistologiya: uchebnoe posobie, atlas. -perevod s angl. pod red. Bikova V. L.- M. GYeOTAR-Media, 2009 g. 7. Ulumbekov E. A. i Chelishev Yu. A. Gistologiya, embriologiya, sitologiya: uchebnik/ Pod red. 3-izd., pererab. i dop.- M.: „GEOTAR- Media“, 2009 g.

8. Kuznesov S. L., Mushkambarov N. N. – Gistologiya, sitologiya i embriologiya – M.:OOO „Meditsinskoe informatsionnoe agentstvo“, 2007 g.

9. Kuznesov S. L., Mushkambarov N. N., Goryachkina V. L. – Atlas po gistologii, sitologii i embriologii.- M.: MIA, 2010 g. 10. Yushkanseva S. I., Bikov V. L. – Gistologiya, sitologiya i embriologiya. Kratkiy atlas Sankt-Peterburg, 2007 g..

11. Ross M. N., Palwina W. Histology: Text and Atlas. 7-th ed-2016 u.

12. Jungueira L. C., Carneiro J. Basic Histology: Text and Atlas, 13-th ed.-2013 y.

13. Gartner L.P, Hiatt J. M. Color Textbook of Histology, 3th ed., The Me Graw-Hill Companies, 2006, 592 p., 446 III.

14. Young B., Lowe J. S., Stevens A.,, Heath J. W. Wheater’s Functional Histology: A Text and Colour Atlas, 5th ed., 2006


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil