Kasablanka
poytaxt | |
33°35′57″N 7°37′12″W / 33.59917°N 7.62000°W | |
Mamlakat | Marokash |
Aholisi (2018) |
3 499 000 |
Pochta indeks(lar)i | 20000 — 20200 |
|
Kasablanka (ispancha: Casablanca; arabcha: الدار البيضاء — Dor ul-Bayzo) — Marokash gʻarbidagi shahar, Atlantika okeani sohilida. Kasablanka prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,94 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Kasablanka — Afrikadagi eng katta shahar va portlardan biri (yillik yuk ortib-tushirish 17 mln. t). Shosse yoʻllarning yirik tuguni, temir yoʻl stansiyasi. Xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. Kasablanka — Marokashning muhim iqtisodiy markazi. Metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo, sement, poligrafiya va boshqalar sanoat korxonalari bor. Kasablanka porti orkali chetga mineral xom ashyo (asosan, fosforit), marganets, sitrus mevalar va boshqalar chiqariladi.
Kasablankada koʻplab milliy va chet el moliya va savdo kompaniyalari vakolatxonalari joylashgan. Shaharning bunyod etilgan anik, vaqti maʼlum emas. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Kasablanka oʻrnida qadimda (7-asrdan) Anfa sh. boʻlgan, 1468-yilda uni portugallar bosib olib, buzib tashlagan. 18-asr 2-yarmida shahar qayta tiklanib, unga Dor ul-Bayzo — Oq Uy deb nom berilgan. 1907—56 yillarda Fransiya mustamlakasi tarkibida boʻlgan. Har yili xalqaro yarmarka oʻtkazilib turiladi. Qadimgi shahar atrofida yangi zamonaviy Kasablanka yarim aylana shaklida qad koʻtargan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]