Kartoshka fri
Kartoshka fri (kartoshka + fransuzcha: frite — qovurilgan) — frityurda qovurilgan kartoshka qalamchalari. Alohida taom yoki ikkinchi taom uchun garnir sifatida qoʻllanadi. Umumiy ovqatlanish joylarida mashhur tezpishar taomdir.
Tayyorlash texnologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Frityurda hayvon yoki oʻsimlik yogʻi (yoki ularning aralashmasi teng nisbatda) ishlatiladi. Kartoshka va yogʻning nisbati 1:4 ni tashkil qiladi. Pishirishning birinchi bosqichida kartoshka archiladi va 10x10 dan 12x12 mm gacha oʻlchamda qalamchasimon toʻgʻraladi. Sirtidan kraxmalni yoʻqotish uchun suvda yuviladi[1][2]. Keyin kartoshkani bir yoki ikki bosqichda qovurish mumkin. Oshpazlar odatda ikki marta qovurish usuli eng yaxshi natija beradi, deb hisoblaydi[1][3][4]. Yangi qazilgan kartoshkaning suvi juda koʻp boʻlishi mumkin, bu esa yangi kartoshka yaxshi qovurilmaydi, degani. Shuning uchun maʼlum muddat saqlangan kartoshka maʼqulroq koʻriladi[5].
145-150 °C haroratda 1,5-2 daqiqa davomida qovurib olinadi. Qalamchalar rangi oqdan sargʻish ranggacha boʻladi. Qovurilgan kartoshkadan ortiqcha yogʻ silqishi uchun toʻr yoki teshikli stol ustiga qoʻyiladi va metall yoki yogʻoch qutilarga joylanadi.
Ikkinchi bosqichda kartoshka bevosita isteʼmoldan oldin 4-5 daqiqa davomida 175-180 °C da qovuriladi yoki pechda 10-15 daqiqa davomida 175-180 °C da toblab pishirib tayyor holga keltiriladi. Saqlash va sotish muddati 2 sutkadan ortiq emas[6].
Bir martada tayyorlash: toʻgʻralgan kartoshka yuviladi va salfetkada quritiladi. Usti qizargunga qadar 8-10 daqiqa davomida qovuriladi. Elakka yoki suzgichga (ortiqcha yogʻni oqizib yuborish uchun) solinadi va tuz sepiladi[7].
Dunyoning turli mamlakatlarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki bosqichda qovurilgan kartoshka fri, asosan, sanoat sharoitida ishlab chiqariladi: birinchi qovurishdan keyin ular muzlatilgan holda saqlanadi va bevosita tayyorlash joylariga yetkazib beriladi. Dunyodagi eng yirik kartoshka fri ishlab chiqaruvchilari[8]:
- Kanada
- AQSh Lamb Weston i eyo filiali i dochernie predpriyatiya v Kitae, Yevrope i t. d.
- AQSh J.R. Simplot Company (osnovatel — D. R. Simplot)
- Niderlandiya Aviko
- Niderlandiya Farm Frites International
Lotin Amerikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lotin Amerikasi kartoshkaning kelib chiqish, joyi boʻlib, kartoshka fri haqida eng qadimgi manbalar Lotin Amerikasi bilan bogʻliq. Birinchi hujjatlashtirilgan ishlardan biri chililik kriollo Fransisko Nunes de Pineda y Baskunyanning Cautiverio feliz (1673) asarida eslangan boʻlib, u Mapuche ayollari 1629-yilgi Rojdestvoda kechki ovqat uchun „qovurilgan va dimlangan kartoshka“ tayyorlaganliklarini aytadi[9].
Hozirgi vaqtda kartoshka fri Lotin Amerikasi oshxonasida odatiy garnir yoki Perudagi salchipapa yo Chilidagi chorrillana kabi kattaroq taomlarning bir qismidir.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qovurilgan kartoshka
- Kartoshka fri muzeyi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Saint-Ange, Evelyn and Aratow, Paul (translator). La Bonne Cuisine de Madame E. Saint-Ange: The Essential Companion for Authentic French Cooking. Larousse, translation Ten Speed Press, 2005 — 553-bet. ISBN 978-1-58008-605-9.
- ↑ Fannie Farmer, The Boston Cooking-School Cook Book, 1896, s.v.
- ↑ Blumenthal, Heston. „How to cook perfect spuds“ (2012-yil 17-aprel). Qaraldi: 2012-yil 12-oktyabr.
- ↑ Bocuse, Paul. La Cuisine du marché. Paris: Flammarion, 1998. ISBN 978-2-08-202518-8.
- ↑ „Russet Burbank“. idahopotato.com. Qaraldi: 2018-yil 9-yanvar.
- ↑ Товарный словарь 1961.
- ↑ Краткая энциклопедия домашнего хозяйства 1959.
- ↑ „Global Market Value. Largest Manufacturers. How French Fries are made... And MUCH more!“ (en). www.potatopro.com. Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.
- ↑ {{{заглавие}}}.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Картофель жареный“, Товарный словарь. Том 9. М.: Госторгиздат, 1961.
- „Картофель (картофель жареный)“, Краткая энциклопедия домашнего хозяйства. Том 1. М.: Большая советская энциклопедия, 1959 — 246—247-bet.