[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Katta sakkizlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan keyin Rossiya tashkilotdan chiqarib yuborildi

Katta sakkizlik yoki Sakkizlik guruhi (inglizcha: Group of eight G8) — xalqaro klub maqomiga ega boʻlib, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Germaniya, Rossiya va Yaponiya hukumatlarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek ushbu tashkilotni xalqaro muammolarni hal qiluvchi jamiyat, yaʼni norasman ushbu mamlakatlar boshliqlari forumi (Yevropa Komissiyasi ishtirokida) deb ham atashadi. Hozirgi kunda Rossiya G8 dan chiqib G7 deb ataladi. Qirimga kirgandan keyin G8 G7 ga oʻzgardi.

Katta sakkizlik xalqaro tashkilot hisoblanmaydi, ushbu jamiyat xalqaro kelishuvga ham asoslanmagan va sekretariat ustaviga ega emas. Sakkizlik qarorlari majburan qoʻllanishi kerak boʻlgan qonun hisoblanmaydi.

Nomining kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Katta sakkizlik“ termini „Katta yettilik“ning logik jihatdan davomi hisoblanadi. G7ning ingliz tilidan oʻgirganda „Great Seven“ deb ataladi, aslida G7 bu „Group of Seven“ yaʼni Yetti guruhi deyilganidir. Ushbu tarjimani G8 ga ham qoʻllash mumkin.

Ushbu siyosiy jamiyat 1975-yilning 15-17-noyabrlarida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Olmoniya va Yaponiya oʻrtasida tuzilgan va oʻsha paytda G6 deb atalgan. 1976-yilda Kanadaning qoʻshilishi bilan G7 Katta Yettilik deb atala boshlandi. Rossiyaning qoʻshilishidan keyin G8 Katta sakkizlik deb ataldi. Keyinchalik Rossiya olib tashlandi va G7 deb qoʻllanila boshladi.

  1. „katta yettilik“ (2022-yil 18-sentyabr). 2022-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.