KAMAZ
"KAMAZ" OAJ(Ommaviy aktsiyadorlik jamiyati) (ruscha: Ка́мский автомоби́льный заво́д, «КамАЗ» Kam avtomobil zavodi soʻziining qisqartmasi, ilgari „KamAZ“ ) 1976 yildan beri faoliyat yurituvchi sovet, undan keyin Rossiya kompaniyasi, dizel yuk mashinalari va dizel dvigatellari ishlab chiqaruvchisi. Shuningdek, avtobuslar, elektrobuslar, vodorod avtobuslari[1] (" NEFAZ " brendi ostida), traktorlar, kombaynlar, elektr arregatlar, mini issiqlik elektr stansiyalari va ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi. Asosiy ishlab chiqarish Naberejniye Chelni shahrida joylashgan.
Faoliyat koʻrsatkichlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]"KAMAZ" OAJ boʻlinmalari va shoʻba korxonalarida 36 mingga yaqin kishi ishlaydi.
2015-yilda 29140 ta tayyor KamAZ yuk avtomobillari ishlab chiqarildi: Rossiya bozoriga 22,6 mingdan ortiq dona yetkazib berildi, 5,6 mingdan ortigʻi eksport qilindi.
2017-yilda 38159 ta avtomobil ishlab chiiqarilgan[2]. 5038 ta avtomobil eksport qilingan. Rossiyaning ogʻir yuk avtomobillari bozoridagi KamAZ ulushi 45,2 % ni tashkil qilingan.
2018-yilda 38382 ta avtomobil ishlab chiiqarilgan. 5698 ta avtomobil eksport qilingan. Rossiyaning ogʻir yuk avtomobillari bozorida KamAZ ulushi 41 % ni tashkil qilingan[3].
2019-yilda kompaniya sof foyda kutmagan edi, aylanmasi +192 milliard rublni tashkil etgan, Rossiyada yuk mashinalari savdosi ~ 30 ming, eksport ~ 5 ming tashkil etgan[4].
2021-yilda ishlab chiqarish hajmi 45 ming dona avtomobilni tashkil etdi, bu esa rejadan 20 foizdan ortiqroq bajarilganini anglatadi. Sutkalik yuk mashinasi yigʻish tezligi 23 % ga oshdi va 210 donaga yetdi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „«Будет стоить как 10 обычных»: как КАМАЗ презентовал водоробус“ (ru). Бизнес Оnline. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ „«Камаз» увеличил продажи в 2017 году на 11%“ (ru). «Ведомости». Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
- ↑ „КАМАЗ рассказал о планах на 2019 год“. www.autostat.ru. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
- ↑ «КАМАЗ» не ждёт прибыли по итогам 2019 года — ИА «Финмаркет»
- ↑ Что смог КАМАЗ в 2021-м и чего ждем в 2022-м – прорыв или пролет | АвтоДвиж | Яндекс Дзен
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |