[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Fales Miletlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fales Miletlik
Tavalludi mil. avv. 625
Vafoti 540 до н. э.
Otasi Examyas
Onasi Сleobulina

Fales Miletlik (qadimgi yunoncha: Θαλῆς ὁ Μιλήσιος; miloddan avvalgi taxminan 625 — taxminan 547) — yunon faylasufi, antik falsafa va fanning ilk namoyandasi. Milet maktabiga asos solgan. Fales savdogar, siyosiy arbob, munajjim, fiziolog, suv muhandisi sifatida ham taniqli edi. U ko‘pgina mamlakatlar (jumladan, Misr va Bobil)da bo‘lib, ularning madaniyati, fani, falsafiy merosi bilan yaqindan tanishgan. Turli sohalarda, xususan, astronomiyada kashfiyotlar qildi (mas, Yunonistonda birinchi bo‘lib, miloddan avvalgi 585-yil 28-mayda quyoshning tutilishini oldindan aytib bergan). Falesning fikricha, oyning yorug‘i quyosh nurining undagi inʼikosidir. U, shuningdek, quyoshning bir yil davomida harakati 365 kunga teng ekanligini isbotlagan. Fales taʼlimotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman narsa va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo‘lgan va pirovardida suvga aylanadi. U birinchi bo‘lib, olamning moddiy birligi haqida, bu moddiy birlikning doimiy harakatda va o‘zgarishda ekanligini aytgan.

Fales asarlari saqlanmagan. U haqidagi maʼlumotni Aristotel asarlaridan topish mumkin. Jumladan, Fales „Quyoshning harakati haqida“ „Teng kunlik haqida“ kitoblarini yozganligi maʼlum.