Egey
Qiyofa
Egey — yunon mifologiyasida Afina podshosi. Uning oʻgʻli Tesey Minotavr (yarim buqa, yarim inson shaklidagi maxluq)ni oʻldirib, shu bilan Afinani podsho Minosga toʻlaydigan sharmandali tovondan xalos qilish maqsadida Krit o.ga yoʻl olgan. Egeyning u bilan kelishuviga koʻra, Minotavr bilan boʻladigan jangda Tesey gʻolib chiqsa, uning kemasidagi qora yelkanlar oq yelkanlarga almashtirilishi lozim boʻlgan. Biroq Tesey Minotavr ustidan gʻolib chiqqach, yelkanlarni almashtirishni yodidan chiqarib qoʻygan; Egey qora yelkanli kemani koʻrgach, qirgʻoqsagi qoyadan oʻzini dengizga tashlagan. Shundan beri dengiz Egey dengizi deb nom olgan (yunonlar dengiz nomini shunday izohlab kelishgan).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |