[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Eng kam rivojlangan mamlakatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
  Eng kam rivojlangan davlatlar (2020-yil BMT tasniflashiga koʻra)
  Sobiq eng kam rivojlangan davlatlar

Eng kam rivojlangan mamlakatlar (LDC) yoki eng kam rivojlangan davlatlar — bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan roʻyxatga olingan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng past koʻrsatkichlariga ega boʻlgan rivojlanayotgan davlatlar. LDC tushunchasi 1960-yillarning oxirida paydo boʻlgan va 1971-yil 18-noyabrdagi 2768-sonli (XXVI) rezolyutsiyasida LDCning birinchi guruh davlatlari roʻyxatga olingan[1].

Agar davlat uchta mezonga javob bersa, eng kam rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi[2][3]:

  • Kambagʻallik — uch yil davomida oʻrtacha jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi milliy daromad (YaMM) asosida tartibga solinadigan mezon. 2018-yil holatiga koʻra, davlat roʻyxatga kiritilishi uchun aholi jon boshiga yalpi daromadi 1025 AQSh dollaridan kam boʻlishi kerak, undan chiqish uchun esa 1230 dollardan ortiq boʻlishi kerak;
  • Inson resurslarining zaifligi (ovqatlanish, sogʻliqni saqlash, taʼlim va kattalar savodxonligi koʻrsatkichlari asosida);
  • Iqtisodiy zaiflik (qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining beqarorligi, tovarlar va xizmatlar eksportining beqarorligi, noanʼanaviy faoliyatning iqtisodiy ahamiyati, tovar eksportining kontsentratsiyasi va tabiiy ofatlar tufayli koʻchirilgan aholining foiziga asoslangan).

2020-yil dekabr oyi holatiga koʻra, 46 ta davlat hali ham LDC sifatida tasniflangan, oltitasi esa 1994—2020-yillarda bu roʻyxatdan chiqqan[4]. Jahon savdo tashkiloti (JST) BMT roʻyxatini tan oladi va shunday deydi: „JST doirasida qoʻllanilayotgan choralar eng kam rivojlangan mamlakatlarga JSTning boshqa aʼzolariga eksportni koʻpaytirishga va investitsiyalarni jalb qilishga yordam berishi mumkin. Koʻpgina rivojlanayotgan mamlakatlarda bozorga yoʻnaltirilgan islohotlar iqtisodiy oʻsishni tezlashtirdi, eksportni xilma-xil qildi va mamlakatning koʻp tomonlama savdo tizimida yanada samarali ishtirok etishiga olib keldi“[5].

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qashshoqlik darajasi kuniga 1,90 dollarni tashkil etadi
G33 davlatlari: qishloq xoʻjaligi boʻyicha rivojlanayotgan davlatlar koalitsiyasi

LDC mezonlari har uch yilda bir marta BMT iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC)ning Rivojlanish siyosati qoʻmitasi (CDP) tomonidan koʻrib chiqiladi. Uch yilda bir marta oʻtkazilgan koʻrib chiqishda davlatning koʻrsatkichlari ikki marta ketma-ket ushbu mezonlardan yaxshilansa, ular LDC tasnifidan chiqarilishi mumkin[6]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng kam rivojlangan davlatlar, dengizga chiqish imkoniyati boʻlmagan rivojlanayotgan davlatlar va rivojlanayotgan kichik orollar boʻyicha Oliy vakillik idorasi (UN-OHRLLS) bu ishni amalga oshiradi va kam rivojlangan davlatlar uchun advokatlik xizmatlarini taqdim etadi. Eng kam rivojlangan davlatlarni tasniflashda 2020-yil dekabr holatiga koʻra 46 ta davlat ishtirok etgan[4].

2011-yil may oyida boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining LDC boʻyicha toʻrtinchi konferensiyasida delegatlar kelgusi oʻn yil ichida mavjud LDC davlatlarining kamida yarmini ijtimoiy va iqtisodiy tomondan rivojlanishga qaratilgan maqsadini maʼqulladilar[7]. 2018-yil holatiga koʻra, 2024-yilda oʻn yoki undan ortiq davlat LDC safidan chiqishi kutilgan edi, bu boʻyicha Bangladesh va Jibuti 2018-yilda allaqachon barcha mezonlarga javob bergan[8].

Hozirgi vaqtda ushbu mezonlarga javob beradigan bir davlat va LDC maqomi mezonlariga ilgari javob bergan, ammo CDP maʼlumotlarining toʻgʻriligiga shubha qilib, indeksga kiritilishdan bosh tortgan ikkita davlat mavjud: Gana (endi 1994-yildagi mezonlarga javob bermagan), Papua Yangi Gvineya (2009-yildagi mezonlarga javob bermagan) va Zimbabve[9].

Nomning qoʻllanilishi va qisqartmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng kam rivojlangan davlatlarni rivojlanayotgan davlatlardan, „kam rivojlangan davlatlar“, „kamroq rivojlangan davlatlar“ yoki boshqa shunga oʻxshash atamalar bilan ajratish mumkin.

„Iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan davlat“ (LEDC) atamasi bugungi kunda ham qoʻllanadi. Biroq, „eng kam rivojlangan davlat“ va „iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan davlat“ (ikkalasi ham LDC deb qisqartirilishi mumkin) oʻrtasidagi chalkashliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun hamda uni dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan davlatlar (uni LLDC deb qisqartirish mumkin) nomi bilan adashtirmaslik uchun „rivojlanayotgan davlat“ odatda „kam rivojlangan davlat“ atamasidan ustun qoʻyiladi.

2018-yilda oʻtkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tahlili davomida BMT kam rivojlangan mamlakatlarni uchta mezon asosida belgiladi. Ushbu mezonlardan biri aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi milliy daromadning (YaMD) uch yillik oʻrtacha koʻrsatkichi 1025 AQSH dollaridan past boʻlgan mamlakatlar edi. Aholisi 75 milliondan ortiq davlatlar bundan mustasno hisoblanadi[10].

BMT konferensiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gretsiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Spyros Kouvelis BMTning eng kam rivojlangan davlatlar boʻyicha 4-konferensiyasida

Birlashgan Millatlar Tashkilotining LDC boʻyicha beshta konferensiyasi boʻlib oʻtgan va ular har oʻn yilda bir marta oʻtkazilgan. Birinchi ikki konferensiya 1981— va 1991-yillarda Parijda boʻlgan, uchinchisi 2001-yilda Bryusselda oʻtkazilgan.

2011-yil 9—13-may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida BMTning kam rivojlangan davlatlar boʻyicha toʻrtinchi konferensiyasi (LDC-IV) boʻlib oʻtdi. Unda BMT rahbari Pan Gi Mun hamda 50 ga yaqin bosh vazir va davlat rahbarlari ishtirok etdi. Konferensiya 2022-yilda eng kam rivojlangan davlatlarning yarmini LDC toifasidan chiqarish maqsadida oʻtkazilgan edi. 2010-yilda tuzilgan Seul taraqqiyot konsensusida boʻlgani kabi, bu davlatlarni ham ishlab chiqarish qobiliyati va jismoniy infratuzilmasini oshirishga katta eʼtibor qaratildi, biroq bir qancha NNTlar xususiy sektorga eʼtibor qaratilishidan mamnun emas edi[7][11].

Jahon savdo tashkilotining (JST) Dohadagi muzokaralari mavzusi rivojlanish bosqichi deb nomlanishi tufayli global savdo qoidalari va LDC bilan bogʻliq muammolar ommaviy axborot vositalari hamda siyosatchilarning katta eʼtiborini qozondi. Jahon savdo tashkilotining Gonkongdagi vazirlar yigʻilishida, agar bu bilan bogʻliq ishlar yakunlansa, LDC davlatlari AQSH bozorlariga 100 foiz bojsiz, kvotasiz kirish imkoniyatiga ega boʻlishlariga kelishib olindi. Biroq, NNTlar tomonidan tuzilgan bitim tahlili shuni koʻrsatdiki, taklif qilingan LDC bitimi matnida bu taklifni toʻliq 100 foiz amalga oshira olmaslikka qaratilgan jiddiy muammolar mavjud va hatto LDCning boy davlatlar bozorlariga joriy bojsiz kirishi taklifini yoʻqqa chiqarib tashlashi mumkin[12][13]. Ushbu muammolardan norozilik baʼzi iqtisodchilarni Gonkong kelishuvini qayta koʻrib chiqishga chaqirishiga olib keldi. 

Doktor Chiedu Osakve, 2001-yildan boshlab JST kotibiyatining Texnik hamkorlik boʻlimi direktori va Bosh direktorning rivojlanayotgan davlatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, 1999-yildan boshlab JSTning eng kam rivojlangan davlatlar boʻyicha maxsus koordinatori etib tayinlangan[14]. U JST bilan birgalikda eng kam rivojlangan mamlakatlar uchun integratsiyalashgan harakat asosini tashkil etuvchi boshqa beshta agentlik bilan yaqin hamkorlikda ishladi. Ular bozorga kirish masalalari, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus va tabaqalashtirilgan munosabat qoidalari, rivojlanayotgan mamlakatlarning koʻp tomonlama savdo tizimida ishtiroki hamda rivojlanish masalalari, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarning raqobat siyosatidagi manfaatlarini koʻrib chiqdilar[15]. Albertaning Kananaskis shahrida boʻlib oʻtgan 28-Katta sakkizlik sammitida Kanada Bosh vaziri Jean Chretien bozorga kirish bilan bogʻliq tashabbusni taklif qildi va olib bordi, shunda oʻsha paytdagi 48 ta LDC „savdo-yordami“dan foyda olishi mumkin edi[16]. Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining „Barqaror taraqqiyotning 14-maqsadi“ Jahon savdo tashkilotining baliqchilikni subsidiyalash boʻyicha muzokaralarining ajralmas qismi sifatida LDC davlatlariga samarali maxsus va differensial imkoniyatlar berishni qoʻllab-quvvatlaydi[17].

Davlatlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi 46 ta davlat 2021-yil noyabr holatiga koʻra BMT tomonidan eng kam rivojlangan davlatlar roʻyxatiga kiritilgan[18]: Afgʻoniston, Angola, Bangladesh, Benin, Butan, Burkina-Faso, Burundi, Kambodja, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Komor orollari, Kongo Demokratik Respublikasi, Jibuti , Eritreya, Efiopiya, Gambiya, Gvineya, Gvineya-Bisau, Gaiti, Kiribati, Laos, Lesoto, Liberiya, Madagaskar, Malavi, Mali, Mavritaniya, Mozambik, Myanma, Nepal, Niger, Ruanda, San-Tome va Prinsier, Solomon orollari, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Sharqiy Timor, Togo, Tuvalu, Uganda, Tanzaniya, Yaman, Zambiya.

Qitʼa yoki mintaqa boʻyicha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrikada 33 ta, Osiyoda 9 ta, Okeaniyada 3 ta va Amerikada 1 ta davlat eng kam rivojlangan davlatlar qatoriga kiritilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra „eng kam rivojlangan davlatlar“ roʻyxatidagi baʼzi davlatlar dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan davlatlar va rivojlanayotgan kichik orol davlatlarga boʻlingan[19]:

Roʻyxatdan chiqqan davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchta mezon (inson aktivlari, iqtisodiy zaiflik va aholi jon boshiga yalpi milliy daromad) har uch yilda bir marta Rivojlanish siyosati qo‘mitasi tomonidan baholanadi. Davlatlar LDC safidan chiqishi uchun 3 yilda bir marta boʻladigan koʻrib chiqishda ketma-ket ikki marta uchta mezondan ikkitasiga javob berishi kerak. Rivojlanish siyosati qoʻmitasi bu haqida oʻz tavsiyalarini maʼqullash uchun Iqtisodiy va ijtimoiy kengashga (EKOSOS) murojaat qiladi[23].

LDC deb toifalash boshlanganidan soʻng, oltita davlat rivojlanayotgan davlat maqomiga ega boʻldi. LDC maqomidan chiqqan birinchi davlat 1994-yilda Botsvana boʻlgan. Ikkinchi davlat 2007-yilda Kabo-Verde edi[24]. 2011-yil boshida Maldiv orollari, 2014-yilda Samoa[25][26], 2017-yilda Ekvatorial Gvineya[27] va 2020-yil dekabrida Vanuatu rivojlanayotgan davlat maqomiga ega boʻlgan[28].

Quyidagi davlatlar endi „eng kam rivojlangan davlatlar“ guruhiga kirmaydi:

 Vanuatu (2020-yil dekabrda LDC safidan chiqqan)[28]

Tez orada roʻyxatdan chiqishi kutilayotgan davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Butan 2023-yilda chiqadi yoki qaytariladi. San-Tome va Prinsipi hamda Solomon orollari ham 2024-yilda bu toifani tark etadi[23];
  • Nepal 2018-yilda safdan chiqishi yoki rivojlanayotgan davlatlar maqomiga ko‘tarilishi mumkin. Biroq Nepal hukumati tekshiruvni 2021-yilgacha qoldirishni so‘ragan[34]. Keyinchalik bu yana besh yil orqaga surildi;
  • Angola 2021-yilda chiqishi yoki qaytarilishi kutilgan edi, ammo davlatning iqtisodiy qiyinchiliklari va importga qaramligi sababli tayyorgarlik davri uch yilga uzaytirildi[35];
  • Bangladesh mezonlarga ikki marta, bir marta 2018-yilda va yana 2021-yilda javob berdi. Davlat 2026-yil noyabr oyida, COVID-19 pandemiyasi tufayli, kutilganidan ikki yil oʻtib, LDC maqomini rasman tugatadi[36];
  • Laos va Nepal ham 2026-yil noyabr oyida LDC safidan chiqadi[37];
  • Kambodja ham 2027-yilda LDC maqomidan chiqadi[38].
  1. „Identification of the least developed among the developing countries“. 2011-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-yanvar.
  2. „Criteria For Identification Of LDCs“. United Nations Department of Economic and Social Affairs, Development Policy and Analysis Division. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  3. UN-OHRLLS Criteria for Identification and Graduation of LDCs (Wayback Machine saytida 2019-07-25 sanasida arxivlangan).
  4. 4,0 4,1 „LDCs at a Glance“. Department of Economic and Social Affairs (2008-yil 25-may). Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
  5. „Doha WTO Ministerial 2001: Briefing Notes Least Developed Countries - Towards free market access for least-developed countries“. World Trade Organization.
  6. „Graduation from the LDC category Department of Economic and Social Affairs“. Economic Analysis & Policy Division Dept of Economic & Social Affairs United Nations (2010-yil 5-mart).
  7. 7,0 7,1 „Goal to halve number of LDCs in next 10 years“. The Guardian (2011-yil 6-may). Qaraldi: 2011-yil 13-may.
  8. Wang. „Ten Fewer Least Developed Countries by 2024“. nextbigfuture.com (2018-yil 11-iyun). Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
  9. Handbook on the least developed country category : inclusion, graduation, and special support measures., United Nations. Economic and Social Council. Committee for Development Policy, United Nations. Department of Economic and Social Affairs, Third, New York, October 2018. ISBN 978-92-1-104692-2. OCLC 1088728737. 
  10. „Criteria For Identification Of LDCs“. United Nations Department of Economic and Social Affairs, Development Policy and Analysis Division (2010-yil 4-mart). Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  11. „Least developed countries: UN conference endorses ambitious plan to lift millions out of poverty“. The Guardian (2011-yil 13-may). Qaraldi: 2011-yil 13-may.
  12. „Public Citizen Global Trade Watch Global Trade Watch — Hot Issue June 21 — Study shows WTOʻs Doha Round proposal would leave many poor countries worse off“. Citizen.org. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  13. „Archived copy“. 2011-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 26-iyul.
  14. World Trade Organization, „Moore announces key appointments for development issues“, 1999 Press Releases, Press/136, 13 September 1999
  15. Osakwe, Chiedu, „Are WTO Members wrestling an octopus, did they set their sights too high?“, DAC News November-December 2005, Development Assistance Committee, OECD.
  16. Vasil. „NOW Toronto: "Roots runs away: Beaver-clad clothier blames feds' Africa trade aid for west-end plant closure" (February 12-19, 2004, VOL 23 NO 24 Vasil)“. Stage81.nowtoronto.com. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  17. „Goal 14 targets“ (en). UNDP. 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
  18. BMT (2021) List of Least Developed Countries (as of 24 November 2021)
  19. „LDCs at a Glance“. United Nations Development Policy & Analysis Division (2008-yil 25-may). Qaraldi: 2019-yil 3-yanvar.
  20. 20,00 20,01 20,02 20,03 20,04 20,05 20,06 20,07 20,08 20,09 20,10 20,11 20,12 20,13 20,14 20,15 20,16 Shuningdek, dengizga chiqa olmaydigan rivojlanayotgan davlat]]
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 21,5 Shuningdek, rivojlanayotgan kichik orol davlat
  22. „Least Developed Country Category: Bangladesh Profile Department of Economic and Social Affairs“ (2015-yil 25-dekabr).
  23. 23,0 23,1 „It's official and historical – three more countries will graduate from the LDC category“. Development Policy & Analysis Division (2018-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 3-yanvar.
  24. „UN advocate salutes Cape Verdeʼs graduation from category of poorest States“, UN News Centre, 14 June 2007.
  25. „Timeline of country's graduation from the LDC category“. United Nations Department of Economic and Social Affairs, Development Policy and Analysis Division (2010-yil 5-mart). Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  26. „Samoa To Gain Developing Country Economic Status In January 2014“. UN-OHRLLS via Radio Australia. 2015-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-avgust.
  27. „Least Developed Country Category: Equatorial Guinea Profile“. United Nations Department of Economic and Social Affairs, Development Policy and Analysis Division (2018). Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
  28. 28,0 28,1 „Vanuatu graduates from least developed country status“. United Nations Conference on Trade and Development (2020-yil 4-dekabr).
  29. „UN Handbook on the LDC Category“. 2017-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  30. „"About Sikkim" from the Government of Sikkim's website“. Sikkim.gov.in. 2009-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  31. 31,0 31,1 31,2 „Istanbul forum offers chance to recommit to helping world's poorest nations“. United Nations (2011-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  32. Ashton, Melanie. „UN-OHRLLS Announces Samoa to Graduate from LDC Status“ (en-US). IISD's SDG Knowledge (2012-yil 20-iyun). Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  33. „Equatorial Guinea Graduates from the LDC Category“. United Nations (2017-yil 4-iyun). Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  34. „Nepal braces for graduation from an LDC“. UNDP in Nepal. 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  35. „Extension of the preparatory period preceding the graduation of Angola from the least developed country category“. undocs.org (2021-yil 4-fevral).
  36. Byron. „Becoming A Developing Nation: Bangladesh reaches A Milestone“ (en). The Daily Star (2021-yil 28-fevral). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  37. „U.N. General Assembly graduates Bangladesh, Nepal to developing countries bloc“ (en-IN). The Hindu. Qaraldi: 2021-yil 26-noyabr.
  38. Dara, Voun. „Kingdom on track for LDC graduation“. The Phnom Penh Post (2022-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.