[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Differensial

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Differensial (lotincha: differentia - farq, tafovut) — funksiya orttirmasining argument orttirmasiga nisbatan bosh chiziqli qismi. Differensial tushunchasini fanga Gottfried Leibniz kiritgan. Differensial xossalari matematik analizning yirik boʻlimlaridan biri boʻlgan differensial hisobda oʻrganiladi. U geometriya, mexanika, fizika masalalarini yechishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Differensial tushunchasi variatsion hisob, differensial geometriya vafunksional analizni umumlashtiriladi.