[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gusarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gusarlar (vengercha birlikda — huszar) — yengil qurollangan otliq askarlar. Dastlab 1458-yil Vengriyada dvoryan otliq lashkarlardan tuzilgan. Keyinchalik gusarlar eskadron va polklari koʻpgina Yevropa davlatlarining armiyalarida paydo boʻlgan. Polshada 16—17-asrlarda gusarlar — ogʻir kavaleriya. Rus armiyasida 1650-yildan 1917-yilgacha saqlangan. 20-asr boshlarida Rossiyada 20 ta (shundan 2 tasi gvardiyachi) gusarlar polki boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil