[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bedana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Coturnix
Biologik klassifikatsiya
Olam: Animalia
Tip: Chordata
Sinf: Aves
Turkum: Galliformes
Oila: Phasianidae
Kenja oila: Perdicinae
Urugʻ: Coturnix
Garsault, 1764
Binar nomi
Coturnix coturnix
Coturnix coturnix confisa

Bedana (Coturnix coturnix) – tovuqsimonlar turkumining qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub mayda parranda. Erkagining patlari sargʻish-qoʻngʻir, koʻndalang oq-sargʻish yoʻlli, tanasining ikki yoni boʻylab qizgʻish yoki qora yoʻllar oʻtadi. Makiyoni qoramtir, koʻkragida qora yoki qizgʻish xollari bor.

Bedana Yevropa, Afrika va Osiyoning gʻarbiy qismida tarqalgan. Oʻzbekistonning choʻl, togʻ oldi, yassitogʻli mintaqalarida va toʻqaylarda koʻp uchraydi. Xatti-harakati tovuqnikiga oʻxshaydi. Ogʻirligi 80–145 g. Aprel–may oylarida shimolga, kuzda avgust–sentabrda janubga gala boʻlib uchib oʻtadi. Bedana qosh qorayganda, tunda serha-rakat boʻladi, kunduzi pana joyda bekinib yotadi. Oʻsimliklar urugʻi va bar-glari, baʼzan hasharotlar bilan oziqlanadi. Yer ustidagi chuqurchaga xas-choʻp toʻshab uya quradi. Makiyoni 9–20 ta gacha tuxum qoʻyib, 15–17 kun bosib yotadi. Koʻpayish davridaerkagi juda chiroyli sayraydi. Bedananing goʻshti mazali, tuxumi tansiq taom. Oʻzbekistonda ish-qibozlar bedanani tuzoq va matrap (toʻr) bilan ovlaydilar, sayratish, urishtirish maqsadlarida toʻrqovokda boqishadi. Ayrim joylarda soqov yoki yapon (S. Japonicus) bedanasi fermalarda goʻshti va tuxumi uchun boqiladi. Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi „Doʻstlik“ xoʻjaligida bedana goʻshti va tuxumi yetishtiradigan yirik ferma ishlaydi. Yaponiya, Italiya, Fransiya, AQShda sanoat miq-yosida yetishtiriladi. Tuxum beruvchi B. zotlari bir yidda 250–300 dona tuxum beradi, tuxumining ogʻirligi 10–14 g. AQShda bedananing ogʻirligi 250 g keladigan, goʻshti uchun boqiladigan „Faraon“ zoti yaratilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil