[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Barakat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BarakatTurkmanistonning Bolqon viloyati Barakat tumanidagi shahar. Tuman markazi. Kurendogʻ tizmasining etagida, Qoraqum kanalining quyilish qismida joylashgan. Ashxoboddan 292 km shimoli-gʻarbda. Ashxobod — Turkmanboshi yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 20 ming kishiga yaqin (2005). Shahar oʻtmishda Qarsanjiq (1881-yilgacha shu nomdagi qishloq), keyinchalik Qazanjiq (1895-yildan) deb atalgan. Barakat qurilgandan keyin qishloq yaqinida stansiya vujudga kelgan. Bu nomlar mahalliy buloqlarning tuzilish shakliga qarab xalq tomonidan berilgan. 1939-yil Qazanjiq qishlogʻi shahar maqomini oldi, 1999-yildan Barakat shahri deb yuritiladi. Barakatda temir yoʻl transporti korxonalari, gilamchilik fabrikasi, qurilish materiallari zavodi faoliyat koʻrsatadi. 4 umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, kasalxona, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud[1].

  1. Barakat“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 1-jild (A — Beshbaliq). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000 — 736-bet.