Karki
Otamurot | |
---|---|
shahar | |
37°49′0″N 65°12′0″E / 37.81667°N 65.20000°E | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Viloyat | Lebap viloyati |
Hukumat | |
Ilk eslatilishi | X asr |
Avvalgi nomlari | Kerki |
Qachondan beri shahar | 1925 |
Rasmiy til(lar)i | Turkman tili |
Aholisi (2010) |
30 000 |
Milliy tarkib | turkmanlar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Karki (1999-yildan 2017-yilgacha Otamurot) — Turkmanistonning Lebap viloyati Otamurod tumanidagi shahar (1925-yildan). Tuman markazi. Amudaryoning chap sohilida. Oʻng sohilida pristan va Karkichi temir yoʻl stansiyasi (Kogon — Dushanba temir yoʻl yoʻnalishi) joylashgan. Shahar Turkmanobod — Otamurot temiryoʻlning oxirgi punkti. Karki shosse yoʻli orqali Turkmanobod va Amudaryo orqali Mari, Tajan shaharlari bilan bogʻlangan. Aholisi 30,8 ming kishi (1999).
Karki 10-asrdan maʼlum. 1917-yilgacha Buxoro amirligining Karki bekligi markazi, 1943-yil dekekabrdan 1947-yil yanvargacha Turkmaniston SSR Karki viloyati markazi. Shaharda paxta tozalash, kurilish materiallari, sut-moy zavodlari, goʻsht va non kombinatlari, gilam fabrikakasi, umumiy taʼlim va musiqa maktablari, pedagogika bilim yurti, madaniyat uyi, 5 kutubxona, tarixiyoʻlkashunoslik muzeyi, kasalxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |