[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Banu Qurayza qamali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Banu Qurayza qamali
Sanalar Milodiy 627-yil, yanvar
Urush yeri Banu Qurayza qalʼasi
Natija Musulmonlar gʻalaba qozongan
  • Banu Qurayza qalʼasi 25 kun davomida qamal qilingan[1][2]
Qoʻmondonlar
Muhammad
Abu Bakr
Umar
Ali
Xolid ibn Valid
Saʼd ibn Muʼoz
Huyay ibn Axtab
Kaʼb ibn Asad
Kuchlar
3000 nafar piyoda, 30 nafar otliq Nomaʼlum[1]

Banu Qurayza qamali milodiy 627-yil yanvar oyida (hijriy 5-yilning zulqaʼda oyi) boʻlib oʻtgan va Xandaq jangidan keyin ham davom etgan[3].

Bir paytlar Madinada yashagan yahudiy qabilasi Banu Qurayza musulmonlar bilan ittifoq tuzgan va hatto Xandaq jangida ham ularga xandaq qazish uchun asbob-uskunalar yetkazib berishda yordam bergan boʻlsa-da, Muhammadning yahudiylarga qilgan hujumlaridan ranjiganliklari sababli jangda qatnashishdan bosh tortishgan[4]. Norman Stillman va William Montgomery Wattning fikricha, bunday shartnomaning mavjudligi shubhali boʻlgan, Watt Banu Qurayza Muhammadning dushmanlariga unga qarshi yordam bermaslikka rozi boʻlganini ham aytib oʻtgan[5][6]. Safiur Rahmon Muborakpuriy bergan maʼlumotlarga koʻra, makkaliklar chekinish kuni Muhammad oʻz qoʻshinlarini Banu Qurayzaga qarshi boshqargan[7][8][9].

Banu Qurayza qabilasi taslim boʻlgunga qadar 25 kun qamalda edi. Madinadagi ikki arab qabilasidan biri hamda Muhammadga ergashgan ansorlarning bir qismi boʻlgan Banu Avs qabilasidagilar Muhammaddan Banu Qurayzaga yumshoq munosabatda boʻlishni iltimos qilishgan. Keyin Muhammad Banu Avs qabilasidan bir kishi ushbu masalada hukm chiqarishini taklif qilgan va ular ham rozi boʻlishgan. Keyinchalik qaror qabul qilish Saʼd ibn Muozga topshirilgan. Shunda Saʼd: „Erkaklar oʻldirilsin, mol-mulki boʻlinsin, ayollar va bolalar qul qilib olinsin“, deya qaror qilgan. Paygʻambar Muhammad ushbu hukmni maʼqullagan[7][10][8][11]. Shundan soʻng, qabilaning balogʻatga yetgan deyarli barcha erkak aʼzolarining boshi kesilgan[12][13]. Musulmon huquqshunosi Tabariy ushbu qarordan keyin 600–900 kishining oʻldirilganini haqida maʼlumot bergan. Sunniy hadislarda oʻldirilganlar soni aniq koʻrsatilmagan, lekin 1 nafar ayol va barcha balogʻatga yetgan erkaklar oʻldirilgani aytilgan[14].

Banu Qurayza (arabcha: بني قريظة; بنو قريظة), shuningdek, Quraiza, Qurayzah, Qurayza va Koreiza – Arabistonning shimolida, Yasrib vohasida (hozirgi kunda Madina) yashagan yahudiy qabilasi.

Manbalarga koʻra, yahudiy qabilalari Hijozga yahudiy-rim urushlari ortidan kelgan va qishloq xoʻjaligini joriy qilgan boʻlishi mumkin, bu esa ularga madaniy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan ustunlik bergan boʻlishi mumkin[5][15]. Banu Qurayza qabilasi vakillari hech qanday yerga egalik qilishmagan[16].

Muhammad bilan kelishuv

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarga koʻra, Banu Qurayza Muhammad bilan shartnoma imzolagan. Bu haqida Watt keltirib oʻtgan maʼlumotlar qabilaning Muhammad bilan tuzgan bitimi Banu Qurayzani Madinani himoya qilishga yordam berishga majbur qilgan yoki shunchaki betaraflikni saqlab qolganligi aniq emas[17]. Yana bir olim Ramazon qabilaning Muhammad bilan oʻzaro yordam shartnomasi imzolaganini aytib oʻtgan[18]. Ushbu maʼlumot, shuningdek, Ibn Is’hoq, Ibn Hishom va al-Voqidiy kabi olimlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi[5]. Watt ham, Stillman ham Muhammad va Qurayza oʻrtasida hech qanday maxsus kelishuv mavjud boʻlmaganligiga ishonishadi[6].

627-yilda Abu Sufyon Xandaq jangida Madinaga hujum qilgan[17]. David Norcliffening soʻzlariga koʻra, Banu Qurayza janglarda ishtirok etmagan, ammo ular Madinada oʻzlarini himoya qilish uchun musulmonlarga qurol-yarogʻ berishgan[4]. Al-Voqidiyning yozishicha, Banu Qurayza vakillari Madina himoyachilari tayyorlanayotgan mudofaa xandaqini qazish uchun belkurak, nayza va savat yetkazib berish orqali Madinaning mudofaa harakatlariga yordam bergan[6].

Shibli Noʻmoniyning yozishicha, Ibn Is’hoq qamal paytida Muhammad surgun qilgan Banu Nodir qabilasi boshligʻi Huyay ibn Axtab (Banu Nodir bosqinida) Banu Qurayzani qayta qabul qilgan[19].

Ittifoqni tugatish toʻgʻrisida daʼvo qilingan qaror

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Voqidiy bergan maʼlumotlarga koʻra, Huyay ibn Axtab Kaʼb bilan paygʻambar Muhammad oʻrtasidagi kelishuvning buzilishiga sabab boʻlgan[5]. Qurayzaliklar Muhammad bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga qaror qilishgan degan mish-mishlar tarqata boshlagan. Ushbu maʼlumotni tasdiqlash uchun Muhammad oʻzining bir necha odamlarini u yerga yuborgan. William Muirning soʻzlariga koʻra, Banu Qurayza odamlarga: „Muhammad kim, biz itoat qilishimiz kerak boʻlgan Allohning Rasuli kim? Biz bilan uning oʻrtasida hech qanday rishta yoki kelishuv yoʻq“, deb aytgan. Norman Stillman al-Voqidiy tomonidan berilgan koʻrsatmalarni inkor etgan holda qabila va Muhammad oʻrtasida hech qachon kelishuv boʻlmaganini aytgan[6]. Shuningdek, Watt ham bunday maxsus kelishuvning mavjudligini rad etgan, lekin Banu Qurayza 2 musulmon qabilasiga (Banu Avs va Banu Xazraj) ittifoq boʻlgani sababli Muhammad bilan umumiy kelishuvga ega boʻlganini qayd etgan[5].

Peters va Stillmanning soʻzlariga koʻra, makkaliklar chekinadigan kun Muhammad oʻz qoʻshinlarini Banu Qurayza mahallasiga qarshi olib borgan. Islomiy manbalarda qayd etilishicha, paygʻambarga Jabroil farishta tomonidan shunday xabar berilgan[7][10][8][9].

Shundan soʻng Muhammad Banu Qurayza tomon borgan va Ibn Ummu Maktumni Madinaga hokim qilib tayinlagan. Urush bayrogʻini esa Ali ibn Abu Tolibga topshirgan. Ansor va muhojirlardan iborat 3000 nafar piyoda va 30 otliq askar bilan Banu Qurayza tomon yoʻlga otlangan.

Banu Qurayza qamali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musulmonlar Banu Qurayza qoʻrgʻonini 25 kun qamal qilgan. Qamalda qolgan qabila aʼzolarining ruhiy holati pasayib ketgach, qabila boshligʻi Kaʼb ibn Asad bunday ogʻir ahvoldan chiqishning 3 ta muqobil yoʻlini taklif qilgan: Islomni qabul qilish, dushmanning hujumini kutish va ularga qarshi jangga kirish yoki Shabbat kuni kutilmaganda hujum boshlash. Banu Qurayza vakillari bu muqobillarning hech birini qabul qilmagan va buning oʻrniga Banu Avs qabilasidan boʻlgan ittifoqchilaridan biri Abu Luboba ibn Abdulmunzir bilan maslahatlashishni soʻraganlar. Ibn Is’hoqning yozishicha, Abu Luboba yigʻlab, faryod chekayotgan yotgan qabila ayollari va bolalariga rahmi kelib, qabilaning Muhammadga taslim boʻlishini maslahat bergan[7][10][8][9]. Muborakpuriyning soʻzlariga koʻra, Abu Luboba Muhammaddan Qurayza nomidan kechirim soʻragan[20]. Ertasi kuni ertalab Banu Qurayza Muhammadga taslim boʻlgan[17][21]. 400 dan 900 nafargacha[7][22] erkaklar Kaʼb ibn al-Ashrafni oʻldirgan Muhammad ibn Maslamaning, 1000 ga yaqin[22] ayollar va bolalar esa – Islomni qabul qilgan sobiq ravvin Abdulloh ibn Sallamga topshirilgan[23].

Banu Qurayza aʼzolarining qatl etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taslim boʻlish va qatlni ijro etish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Paygʻambar, Ali va sahobalar Banu Qurayza yahudiy qabilasining asirlarini qirgʻin qilishda“ miniatyurasi. Muhammad Rofiy Bazilning XIX asr tasviri. Tabariy va Ibn Hishom Banu Qurayzadan 600–900 kishining boshi judo qilinganligini aytgan[24].

Banu Qurayza qal’alari Ali tomonidan bosib olinganidan keyin ularning Muhammadning hukmiga amal qilishdan boshqa iloji qolmaydi. Erkaklarning qoʻllariga kishan solingan. Banu Avs qabilasi shafoat qilib, Muhammaddan oʻzlariga yengilroq jazo berishini iltimos qilganlar. Muhammad ularning taqdirini hal qilishni qabilaning sobiq ittifoqchisi boʻlgan musulmon Saʼd ibn Mu’ozga topshirgan[7][10][8][11][17].

Bir qancha rivoyatlarda Muhammadning sahobalari, xususan, Ali va Zubayr ibn Avvomga Banu Qurazya erkaklarini oʻldirish buyurilgan, shuningdek, Avs qabilasining har bir urugʻi ham bir guruh Qurayza erkaklarini oʻldirgani aytilgan[9][22].

  1. 1,0 1,1 Rahman al-Mubarakpuri, Safiur (2005), The Sealed Nectar, Darussalam Publications, 201–205-bet, ISBN 9798694145923[sayt ishlamaydi] (online)
  2. Ibn Kathir; Saed Abdul-Rahman (2009), Tafsir Ibn Kathir Juz'21, MSA Publication Limited, 213-bet, ISBN 9781861796110(online (Wayback Machine saytida 5 March 2015 sanasida arxivlangan))
  3. Rodgers 2012.
  4. 4,0 4,1 David Norcliffe (1999), Islam: faith and practice, Sussex Academic Press, 21-bet, ISBN 1898723869
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Watt, Encyclopaedia of Islam, Section on „Kurayza, Banu“.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Stillman, The Jews of Arab Lands: A History and Source Book, pp. 14-16.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 Ibn Ishaq (1955), The Life of Muhammad (Sirat Rasul Allah), A. Guillaume tomonidan tarjima qilingan, Oxford University Press, 461–464-bet, ISBN 978-0-19-636033-1
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 Stillman, The Jews of Arab Lands: A History and Source Book, p. 140.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 Subhash C. Inamdar (2001), Muhammad and the Rise of Islam: The Creation of Group Identity, Psychosocial Press, 166 (footnotes)-bet, ISBN 1887841288
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 Peters, Muhammad and the Origins of Islam, p. 222-224.
  11. 11,0 11,1 Adil, Muhammad: The Messenger of Islam, p. 395f.
  12. Watt, W. Montgomery (1 July 1952). "The Condemnation of the Jews of Banu Qurayzah". The Muslim World 42 (3): 160–171. doi:10.1111/j.1478-1913.1952.tb02149.x. ISSN 1478-1913. 
  13. Kister (1990), Society and religion from Jāhiliyya to Islam, p. 54.
  14. Sunan Abu Dawud 14:2665, "No woman of Banu Qurayzah was killed except one. She was with me, talking and laughing on her back and belly (extremely), while the Apostle of Allah (peace_be_upon_him) was killing her people with the swords. Suddenly a man called her name: Where is so-and-so? She said: I I asked: What is the matter with you? She said: I did a new act. She said: The man took her and beheaded her. She said: I will not forget that she was laughing extremely although she knew that she would be killed. "
  15. Francis Edward Peters (1994), Muhammad and the origins of Islam, SUNY Press, 192(footnote 8–10)-bet, ISBN 0791418758
  16. Watt (1961), p.98
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 William Montgomery Watt (1961), Muhammad, Prophet and Statesman, Oxford University Press, 166-bet, ISBN 0198810784
  18. Tariq Ramadan (2007), In the Footsteps of the Prophet, Oxford University Press, 140(footnotes)-bet, ISBN 978-0195308808
  19. Nomani, Sirat al-Nabi, p. 382.
  20. William Muir (2003), The life of Mahomet, Kessinger Publishing, 327-bet, ISBN 9780766177413[sayt ishlamaydi]
  21. Kister, Meir J., „The Massacre of the Banu Quraiza. A re-examination of a tradition“, in: Jerusalem Studies in Arabic and Islam 8 (1986), p. 94 ,"These included weapons, household goods, utensils, camels and cattle. The stored wine was spilled".
  22. 22,0 22,1 22,2 Kister, Meir J., „The Massacre of the Banu Quraiza. A re-examination of a tradition“, in: Jerusalem Studies in Arabic and Islam 8 (1986), p. 93 (footnotes).
  23. Tariq Ramadan (2007), In the Footsteps of the Prophet, Oxford University Press, 145-bet, ISBN 978-0195308808
  24. Ibn Ishaq (1955), The Life of Muhammad (Sirat Rasul Allah), A. Guillaume tomonidan tarjima qilingan, Oxford University Press, 464-bet, ISBN 978-0-19-636033-1