Boshibuzuqlar
Qiyofa
Boshibuzuqlar — turklarning nomuntazam piyoda harbiy boʻlinmalari nomi. Usmonli turk imperiyasi hududidagi jangovar qabilalar — cherkeslar, albanlar, kurdlar va boshqalardan yollab olingan. Boshibuzuqlar oʻta dovyurak boʻlganlaridan shunday deb atalganlar. Xukumat ularni qurolyarogʻ, oziq-ovqat bilan taʼminlagan, lekin maosh bermagan. Boshibuzuqlar Turkiya sultonlari olib borgan urushlarda dushmanga qiron keltirib, behad dahshat solganlar. Ularning jasorati, ayniqsa, rusturk urushi (1877— 78)da namoyon boʻlgan. Oqibat, ruslar yurak oldirib qoʻyganlaridan oʻz oralaridagi har qanday yomonlikdan qaytmas kishini "boshibuzuq" deb ataydigan boʻlganlar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |