[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bolid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolid – Yer atmosferasining quyi qatlamigacha kirib keladigan katta massali yorqin meteor jism. Koʻpincha, meteor jismlar atmosferaga kirganda boʻlinib, bugʻlanib ketadi. B. uchganda choʻgʻlangan gaz oqimlari va meteor jismning erigan tomchilari jism ortida „olovli dum“ hosil qilib, yorugʻ iz qoldiradi. Bu iz bir necha minut koʻrinib turadi. B. yoʻlidagi havoning qattiq siqilishi va siyraklashishi oqibatida baʼzan kuchli gumburlash eshitiladi. Baʼzida havo ochiq kunlari B. kunduzi ham koʻrinishi mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil