Azobenzol
Qiyofa
Azobenzol – sodda aromatik azo-birikma; sargʻish-qizil rangli kristall. Suvda erimaydi. Suyuqlanish temperaturasi 68°, qaynash temperaturasi 297°. Efirda, muz-lagan sirka kislota va konsentrlangan sulfat kislotada eriydi. A. tolalarga ilashmaydi, oʻzi boʻyovchi modda emas. Agar A. molekulasiga amin yoki oksiguruhlar kiritilsa, oddiy azoboʻyoqlar hosil boʻladi. A.nitrobenzol yoki azoksiben-zolni ishqoriy muhitda pyx kukuni ish-tirokida qaytarib olinadi. A. ishqoriy muhitda pyx bilan qaytarilsa, gidro-zobenzolga, sirka kislotali muhitda qaytarilsa, anilinga, xlorid kislota va qalay ta’sirida qaytarilsa, benzidinga aylanadi. A.ni 1834-yilda nemis kimyogari E. Micherlix topgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |