[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Akademik nashr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akademik nashr — fan, adabiyot va sanʼat asarlarining ilmiy asosda tayyorlangan nashri. Asosan mutaxassislar va ilm ahliga moʻljallanadi, ilmiy tadqiqot maqsadini koʻzda tutadi. Akademik nashr ijodkorning butun merosini toʻliq qamrab olishi, asarlarining ilmiy oʻrganilgan matni bilan birga turli jihatlarini ham oʻz ichiga olishi, ilmiy qayd, izoh va sharxlarga ega boʻlishi bilan boshqa nashrlardan farqlanadi. Masalan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyotida nashr etilgan Oybek asarlarining 20 jildligi, Hamid Olimjon asarlarining 10 jildligi Akademik nashr hisoblanadi[1].

  1. "Akademik nashr" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil