[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

AirAsia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
AirAsia
IATA ICAO Identifikatori
AK AXM RED CAP
Tashkil topgan 20 dekabr 1993
Park hududi 255
Parvoz yoʻnalishlari 165
Sayti http://www.airasia.com/

AirAsia – Malayziyaning arzon aviakompaniyasi.

Osiyodagi eng yirik arzon aviakompaniyadir. 25 mamlakatda 400 dan ortiq yoʻnalishlarga mahalliy va xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Havo tashuvchining asosiy tranzit markazi (habi) Kuala-Lumpur xalqaro aeroportidir.

Boeing 737-300 AirAsia aviakompaniyasi Malayziya bayrogʻi koʻrinishida bezalgan

Kompaniya Skytrax tomonidan 2007, 2009, 2010, 2011 va 2016-yillarda dunyodagi eng yaxshi arzon aviakompaniya sifatida tanlangan[1]. 2010–yilda kompaniya har bir oʻrindiq uchun eng past narx (0,035 dollar) belgilagan[2].

Kompaniya 1993–yilda roʻyxatdan oʻtgan va 1996-yilda oʻz faoliyatini boshlagan. Kompaniya dastlab DRB-HICOM milliy korporatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Air Asia – Osiyodagi eng yirik arzon aviakompaniyalardan biri, shuningdek, Airbus A320 oilasining eng yirik operatori. 2012-yil 13-dekabrda aviatashuvchi yana 100 ta A320 oilaviy samolyotiga buyurtma beradi (shu jumladan Sharklet qanotli 36 ta A320neo). Umuman olganda, Air Asia buyurtmalar roʻyxatiga 475 ta tor fyuzelyajli Airbus samolyotlari kiritilgan (264 A320neo va 211 A320ceo). 100 dan ortiq laynerlar allaqachon aviakompaniyaga yetkazib berilgan va ular Bangkok, Kuala Lumpur, Jakarta, Manila va Tokio aeroportlarida joylashgan.

2012-yil dekabr holatiga koʻra aviakompaniya parkida faqat A-320 samolyotlari mavjud. Bir qator mamlakatlarda kompaniya oʻzining byudjetli mehmonxonalar tarmogʻiga ham ega.

2021-yil avgust oyida AirAsia aviaparki oʻrtacha yoshi 6,9 yil boʻlgan 97 ta samolyotdan iborat boʻlgan[3].

2014 -yil 28-dekabr kuni Yava dengizi uzra parvoz paytida AirAsianing Indoneziyadagi boʻlinmasiga qarashli Airbus A320-216 samolyoti QZ8501 reysi bilan SurabayaSingapur yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotganda halokatga uchragan.

  1. „The World's Top 10 airlines announced at the 2010 World Airline Awards“. Skytrax. 2012-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-noyabr.
  2. Mertens, Brian. „Flying On A Budget Page 2 of 3“. Forbes (2010-yil 20-dekabr). 2012-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-sentyabr.
  3. „AirAsia Fleet Details and History“. www.planespotters.net. 2019-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.