Angelo Ogbonna
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Obinze Angelo Ogbonna[1] | ||
Tavallud sanasi | 23-may 1988-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Cassino, Italiya | ||
Boʻyi | 1.91 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Uotford | ||
Raqami | 21 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Cassino | |||
2002—2006 | Torino | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2013 | Torino | 150 | (1) |
2007—2008 | → Crotone (ijara) | 22 | (0) |
2013—2015 | Juventus | 41 | (0) |
2015—2024 | West Ham United | 201 | (8) |
2024—.... | Uotford | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2009—2010 | Italiya | 10 | (0) |
2011—2016 | Italiya | 13 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 27-avgust uchun) |
Obinze Angelo Ogbonna (talaffuzi: Obinze Anjelo Ogbonna) (Italyancha talaffuzi: ˈandʒelo oɡˈbɔnna ) (1988-yil 23-mayda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Angelo Ogbonna „West Ham United“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Dastlab Angelo Ogbonna "Nuova Cassino" futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Shundan soʻng, Angelo Ogbonna 2002-yilda „Torino“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan. Angelo Ogbonna 18 yoshida Alberto Zaccheroni qoʻl ostida A Seriyada debyut qilgan. C1 seriya vakili „Crotone“ futbol klubida ijarada oʻynaganidan soʻng, Angelo Ogbonna „Torino“ klubiga qaytib keldi. Keyin Angelo Ogbonna „Torino“ futbol klubi bilan yana besh mavsum oʻynadi. 2013-yil iyul oyida Angelo Ogbonna „Torino“ futbol klubini tark etib, "Juventus" futbol klubi safiga qoʻshildi. Angelo Ogbonna yangi klubi bilan 2013—2014 va 2014—2015-yillarda Scudettoni, shuningdek, 2013-yilgi Italiya Superkubogi va 2014—2015-yilgi Italiya kubogini qo‘lga kiritdi .
Angelo Ogbonna 2012-yilgi UEFA Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan Italiya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, Angelo Ogbonna 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida ham Italiya milliy futbol terma jamoasi safida Italiya sharafini himoya qilgan.
Oʻyin uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angelo Ogbonna kuchli markaziy himoyachi hisoblanadi. Ogbonna birinchi navbatda oʻzining ajoyib jismoniy xususiyatlari bilan tanilgan[3][4]. Angelo Ogbonna, shuningdek, toʻpni raqibdan tez olib qoʻyish qobiliyati va yaxshi pozitsion tuygʻuga egaligi bilan ajralib turadi[5][6]. Angelo Ogbonnaning tezligi, texnikasi, toʻpni oʻzida saqlash qobiliyati, maydonni koʻrish qobiliyati va chap oyogʻi bilan yaxshi ishlay olishi tufayli u baʼzan chap qanot himoyachisi sifatida ham tanilgan[3][4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angelo Ogbonna 1983-yilda Nigeriyadan Italiyaga hijrat qilib, mamlakatning markaziy qismidagi Cassino shahrida qo‘nim topgan nigeriyalik oilada tug‘ilgan. Angelo Ogbonna Italiyada tugʻilganiga qaramay, 18 yoshga to‘lganidan keyingina Italiya fuqaroligini olishga muvaffaq bo‘lgan[7].
2008-yil 22-dekabrda Angelo Ogbonna soat 5:00 atrofida Smart mashinasining boshqaruvini yo‘qotib, ko‘prikdan pastga qulab, avtohalokatga uchradi. Lekin keyin avtohalokatdan tuzalib ketdi[8].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | UEFA | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Torino | 2006—2007 | Serie A | 4 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 4 | 0 | |||
2008—2009 | 19 | 0 | 4 | 0 | — | — | — | 23 | 0 | |||||
2009—2010 | Serie B | 31 | 1 | 1 | 0 | — | — | 3 | 0 | 35 | 1 | |||
2010—2011 | 35 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 37 | 0 | |||||
2011—2012 | 39 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 41 | 0 | |||||
2012—2013 | Serie A | 22 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | 23 | 0 | ||||
Jami | 150 | 1 | 10 | 0 | — | — | 3 | 0 | 163 | 1 | ||||
Crotone (ijara) | 2007—2008 | Serie C1 | 22 | 0 | 1 | 0 | — | — | 2 | 0 | 25 | 0 | ||
Juventus | 2013—2014 | Serie A | 16 | 0 | 2 | 0 | — | 6 | 0 | 1 | 0 | 25 | 0 | |
2014—2015 | 25 | 0 | 4 | 0 | — | 1 | 0 | 0 | 0 | 30 | 0 | |||
Jami | 41 | 0 | 6 | 0 | — | 7 | 0 | 1 | 0 | 55 | 0 | |||
West Ham United | 2015—2016 | Premier League | 28 | 0 | 5 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 34 | 1 | |
2016—2017 | 20 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | — | 26 | 0 | |||
2017—2018 | 32 | 1 | 3 | 0 | 4 | 2 | — | — | 39 | 3 | ||||
2018—2019 | 24 | 1 | 2 | 0 | 3 | 2 | — | — | 29 | 3 | ||||
2019—2020 | 31 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 33 | 2 | ||||
2020—2021 | 28 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 30 | 3 | ||||
2021—2022 | 11 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 11 | 1 | |||
2022—2023 | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | — | 10 | 0 | |||
Jami | 176 | 8 | 15 | 1 | 11 | 4 | 10 | 0 | — | 212 | 13 | |||
Jami | 389 | 9 | 32 | 1 | 11 | 4 | 17 | 0 | 6 | 0 | 455 | 14 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Italiya | 2011-yil | 1 | 0 |
2012-yil | 4 | 0 | |
2013-yil | 4 | 0 | |
2014-yil | 1 | 0 | |
2016-yil | 3 | 0 | |
Jami | 13 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 18-fevral.
- ↑ „Angelo Ogbonna Profile“ (en). Premier League. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Torino: Fenomeno Ogbonna, gioiello per l'estate“ (it). tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 2014-yil 13-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 Adam Digby. „Juve's Prem-linked stopper who needs a new home this summer“. FourFourTwo.com (2015-yil 29-may). Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
- ↑ MINA RZOUKI. „Giorgio Chiellini's leadership will be missed in UCL final absence“. ESPN FC (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
- ↑ Dave Taylor. „Ogbonna – From Bull to Bianconero“. Football Italia (2013-yil 14-iyul). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
- ↑ „All Black Italians“. Italia-Razzismo (2009-yil 20-oktyabr). 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-noyabr.
- ↑ „Che paura per Ogbonna! Giù da un ponte con l'auto“ (it). La Gazzetta dello Sport (2008-yil 22-dekabr). 2008-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-dekabr.