Siffin jangi
Qiyofa
Siffin jangi - Yuqori Mesopotamiyada, Furot daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan Siffin mavzesida xalifa Ali qoʻshini bilan Shom hokimi Muoviya qoʻshini oʻrtasida sodir boʻlgan jang (657 yil yozi). Toʻqnashuvga 656 yil uchinchi xalifa Usmon oʻldirilishi munosabati bilan Ali va Muoviya tarafdorlari oʻrtasidagi keskin qarama-qarshiliklar sabab boʻlgan. Marhum xalifaning yaqin qarindoshi boʻlgan Muoviya xalifa Alidan aybdor jinoyatchilarni jazolashni talab qilgan.
Ali qoʻshinining bir qismi uni gʻalabani
qoʻldan boy berganlikda ayblab, qoʻshinni tark etgan. Bu guruh xorijiylar harakatini boshlab bergan.