[go: up one dir, main page]

Jump to content

Ruh

From Vikipediya


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Ruh - odam va odamzot miya faoliyati (ong) bilan bog‘liq xodisa bo‘lib, u voqelikda uch shaklda namoyon bo‘ladi: a) individ ruhi; b) ob’yektiv ruh; v) ob’yektlashgan ruh. Individ ruhi faqat imkoniyat darajasida avloddan avlodga o‘tishi mumkin. Masalan, avlodida o‘g‘ri, qotil, poraxo‘r, qallob bo‘lmagan individ ongiga bunday g‘ayriinsoniylik ruhining natijasi bo‘lgan ruhning kirishi nihoyatda qiyin bo‘ladi. Zero, odamlar orasidagi ruhiy tafovut biologik tafovutdan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi.Individ ruhi (yoki individual ruh) ob’yektiv ruh ta’sirida, ayniqsa tarbiya, ta’lim, maorif, mafkura orqali rivojlanib, takomillashib boradi. Individ ruhi muayyan bir jamoa (oila, mehnat uyushmalari, rasmiy va norasmiy jamoalar) bilan aloqadorlikda voqeiy bo‘lib, u ob’yektiv ruh mavjudligini ta’minlaydi. Odatda tarixan ezgulik va yovuzlik ruhi borligi, u har bir davrning o‘ziga xos hususiyatidan kelib chiqqan holatda namoyon bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Individual onglarda ezgulik ruhi yetakchi maylga aylansa, aksariyat hollarda ob’yektiv ruh (ijtimoiy ong deb ham ataladi) yaratuvchilik, bunyodkorlik tomonga og‘ib, ijtimoiy hayot chinakam insoniy tusgakiradi va jamiyat taraqqiyoti tezlashadi; aksincha bo‘lsa, ya’ni individlar ongida yovuzlik ruhi ustivor bo‘la borsa va u yetakchi mayl (tendensiya)ga aylansa, jamiyatda vayronkorlik, g‘ayriinsoniy faoliyat o‘zini yaqqol namoyon etadi. Bunday jamiyatda adolat o‘rnini razolat, halollik o‘rnini haromxo‘rlik ruhi egallab, ijtimoiy taraqqiyotga jiddiy putur yetadi, hatto tanazzul ro‘y beradi.Agar individ ruhini namoyon etuvchi ayrim odamning psixologik tuzilishi bo‘lsa, ob’yektiv ruhni muayyan jamoa (oila, mehnat uyushmalari, rasmiy va norasmiy guruxdar, xalq, millat) gavdalantiradi. Bu bilan uzviy bog‘liq holda ob’yektlashgan ruh vujudga keladi. Ob’yektlashgan ruh avvalo tilda, millat faoliyatida, so‘ngra, fan, texnika va texnologiyada, adabiyot va san’at asarlarida, falsafiy va diniy ta’limotlarda o‘zini namoyon qiladi. Shu ob’yektlashgan ruh orqali individ ruhi va ob’yektiv ruh tarixan tobora takomillashib boradi. Ob’yektlashgan ruh, globallashuv jarayonida, ayniqsa Noosfera (Aql sohasi) davrida o‘zini yaqqol namoyon etmokda.Nemis faylasufi Gegel mutloq (absolyut) ruh borligi haqida fikr yuritadi va u moddiy borliqdan holi sof ruh sifatida namoyon bo‘ladi. Gegelning mutloq ruhi diniy ta’limmotlardagi “xudo” tushunchasiga yaqin keladi.Diniy ta’limotlarda ruh moddiy, tabiiy asosdan holi olib qaraladi va olamning asosi, hatto borliqning o‘ziga xos gavdalanishi hisoblanadi hamda u diniy imon va e’tiqodning negizi sifatida talqin etiladi. Islomda bu ruh Allohda gavdalanib, uning yo‘l-yo‘riqlariga qattiq rioya qilib yashagan odam musulmonga aylanib, ezgu ishlar ijodkori sifatida namoyon bo‘ladi, natijada o‘z faoliyatining oqibati sifatida bu - real dunyoda va narigi - o‘limdan keyingi “abadiy” dunyoda o‘z ajriga ega bo‘ladi. Boshqa dinlarda ham ob’yektiv ruh alohida nomga ega bo‘lgan xudo yoki Oliy ruh obrazida gavdalansa, ob’yektlashgan ruh mazkur dinlarning muqaddas kitoblarida gavdalanadi, shu ob’yektiv va ob’yektlashgan ruh ta’sirida odam musulmon, xristian, buddaviy, sintoist, iudaist va boshqa nom bilan ataladigan individ qiyofasida o‘zini namoyon etishi mumkin.Demak, dinlarda individ ruhi o‘zi sig‘ingan dinlardagi ob’yektiv va ob’yektlashgan ruh natijasi sifatida gavdalanadi[1].

Manbalar

[edit | edit source]
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 332.

Adabiyotlar

[edit | edit source]
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.