[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

yolgʻiz

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

yol-gʻiz

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

YOLGʻIZ ’bir oʻzi’, ’yakka\ ’tanho’. Shubhali yo l -g i z yoʻlovchi ketganicha koʻrinmadi—qoʻydi (Hamid Gʻulom). Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi koʻp maʼnoli yalïŋ sifatining ’yakka\ 'boshqalardan xoli’ maʼno — sidan (ЭСТЯ, IV, 105) kuchaytirish maʼnosini ifoda — lovchi —(u)z qoʻshimchasi bilan qosil qilingan (ЭСТЯ, IV, 98), qoʻshimcha qoʻshilganidan keyin ikkinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan (ДС, 229), soʻngra ŋ undoshi gʻ undoshiga almashgan (ДС, 228); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga, u unlisi ï unlisiga almashgan, oxiri ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: yalïŋ + uz = yalïŋuz > yalŋuz > yalgʻuz > yâlgʻiz.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Birorta ham sherigi yoʻq, bir oʻzi; yakka, tanho. ◆ Yolgʻiz daraxt. Yolgʻiz oʻzi keldi. Yolgʻiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham, dongʻi chiqmas. Maqol . m ◆ Shubhali yolgʻiz yoʻlovchi ketganicha koʻrinmadi-qoʻydi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ .

2 Aka-uka va opa-singillari yoʻq; ota-onaning yagona farzandi. ◆ Yolgʻizoʻgʻil. shsh Har bir ona singari Toʻqson buvi ham oʻz yolgʻizi-ning baxtli boʻlishini istardi. N. Safarov, „Olovli izlar“ . ◆ [Yormat:] El orasida meni sharmanda qilma, yolgʻiz qizimsan, ayab turib-man. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Ayamning yol-gʻiz oʻgʻli urushga ketib, kelini uch bolasi bilan qolibdi. S. Siyoyev, Yolgʻizlik.

3 Kimsasiz, hech kim yoʻq. ◆ Uy yolgʻiz boʻlga-ni uchun xolamnikida birpasgina oʻtirib qaytdim. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ .

4 yukl. vazifasida. Faqat, birgina. [◆ Adolat] Yolgʻiz oʻz taqdirini emas, oʻziga oʻxshagan yuz-lab xotin-qizlarning taqdirini oʻylaydi. S. Zunnunova, „Gulxan“ . ◆ Ahmad Husayn bir necha kun uydan qoʻzgʻalmadi. Uning ermagi yolgʻiz kitoblar boʻldi. Oybek, „Nur qidirib“ . ◆ -Juftlik yolgʻiz kishilar orasidagina emas, yer yuzidagi har bir maxluqda ham bor.. — dedi Anvar. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЁЛҒИЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

OʻTIL

yolgʻiz
1 один; одинокий; // одиноко; ◆ yolgʻiz qolmoq остаться одному; ◆ yolgʻiz oʻzing borasanmi? пойдёшь только ты один?;
2 единственный; ◆ yolgʻiz oʻgʻil единственный сын; ◆ yolgʻiz bosh = soʻqqabosh; yolgʻiz qoʻl одам человек, у которого нет помощника (в работе и т. п.);◆ yolgʻiz qoʻllik положение человека, не имеющего помощника (в работе и т. п.); ◆ 

  • yolgʻiz oyoq yoʻl тропа, пешеходная тропинка.