[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

qovoq

Vikilug‘atdan olingan
Vikipediya
Vikipediya
Vikipediyada qovoq haqida maʼlumotlar bor:


qovoq

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

qovoq I

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qo-voq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QOVOQ I 'palak otib oʻsadigan, shapaloq bargli, karnaysimon yirik sariq gulli poliz oʻsimligi va uning hosili'. Kechagi h o v o q somsa juda xushxoʻr ekan. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni ang— latgan bu ot asli qabaq tarzida talaffuz qilingan (ДС, 399); keyinchalik oʻzbek tilida b undoshi v undoshiga, a unlilari â unlilariga almashgan: qabaq > qâvâq. Bu soʻz asli qadimgi turkiy tilda mavjud boʻlib, 'dumaloq shakl ol-’ maʼnosini anglatgan qab- feʼlidan -(a)q qoʻshim-chasi bilan yasalgan boʻlsa kerak (qappay- soʻziga be — rilgan izohga qarang).

QOVOQ II 'koʻz kosasining ochilib-yopilib tura — digan qobigʻi'. Mirshabning osilib turgan q o v o -g i n i .. koʻrib, Matqovul allaqanday boʻlib ketdi (Mirzakalon Ismoiliy). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot qapaq tarzida talaf— fuz qilingan (ДС, 420: qapaq II 'veko'), bu soʻzning oʻsha davrda qabaq shakli ham yuzaga kelgan (Devon, I, 363). Asli bu soʻz qadimgi turkiy tilda qab otining ' idish', 'oʻrab turuvchi narsa' maʼnosidan (ДС, 420) kichrayti — rish maʼnosini ifodalovchi — (a)q qoʻshimchasi bilan hosil qilingan; keyinchalik b undoshi v undoshiga, a unlilari â unlilariga almashgan: qab + aq = qabaq > qavaq > qâvâq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Palak otib oʻsadigan, sha-paloq bargli, karnaysimon yirik sariq gulli, bir yoki koʻp yillik poliz oʻsim-ligi va uning turli shakllarda boʻladigan yirik hosili. ◆ Qovoq urugʻi xalq tabobati-da.. gijjani yoʻqotishda qadimdan qoʻllanib kelgan. "Fan va turmush" .

Dastmol qovoq Hosili qozonsochiq yoki mochalka oʻrnida ishlatiladigan qovoqsi-mon oʻsimlik. Oyim qovoq q. oyimqovoq. Tomosha qovoq q. tomoshaqovoq.

2 Shu oʻsimlikning hosili qobigʻidan yasalgan idish. ◆ Gulnor.. suv qovoqni olib, bu-loq tomonga yugurib ketdi. S. Ayniy, „Do-xunda“ . Koʻzi tinib, miyasi ari qamalgan qo-voqdek gʻoʻngʻilladi. S. Ahmad, Hukm. ◆ Yigit uning yoniga qovoq kosada sovuq suv qoʻydi. A. Muxtor, „Qoraqalpoq qissasi“ .

Nos qovoq 1) qovoqning noksimon mayda navi; 2) q. nosqovoq. ..nosqovogʻini qoqa-qoqa, bir otimini tilining tagiga tashladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Buva qovoq s. t. Masxarabozlarning yuz-ga tutadigan niqobi. Qovoq kalla (yoki bosh) Miyasi yoʻq, aqlsiz, ahmoq. ◆ Shuni ham tu-shunmay soʻraboʻtirasanmi, qovoq bosh. S. Ayniy, „Jallodlar“ . ◆ Bilmasang, nega, urdi deb qoʻl qoʻyasan.. qovoq kalla! O. Yoqubov, „Larza“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

qovoq II

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qo-voq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
Koʻz kosasini qoplovchi, ochilib-yopilib turadigan teri. Qovogʻi shi-shibdi. Qovogʻini agʻdarib koʻrmoq. n ◆ Tojiboy oqsoqol qoʻl koʻtarganlarni qovoq tagida norozi miltillagan koʻzi bilan tekshirib turdi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . Mirshabning osiliv turgan qovogʻini, yuzidan tomib turgan zaharini koʻrib, Matqovul allaqanday boʻlib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
Bodom qovoq q. bodomqovoq. Qovoq sol-moq (yoki uymoq) yoki qovoqni osiltirmoq Norozilik yoki xafalik ifodalab xoʻm-raymoq. ◆ [Saodat] Birovga kulib qarasa, birovga qovoq soladi. I. Rahim, „Ixlos“ . Qovogʻi soliq 1) nimadandir norozi, xafa, kayfi buzuq. Kumush javob bermadi, qovogʻi soliq edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar; 2) koʻchma yogʻsa-yogʻguday, avzoyi buzuq, aynigan. Havoning qovogʻi soliq. sht Qovogʻi soliq osmonning chehrasi asta ochila boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy. Qovogʻidan qor yogʻadi 1) juda xafa, achchigʻi chiqqan, avzoyi buzuq. Oqsoqolning qovogʻidan qor yogʻar, juda jah-li chiqqan edi. J. Sharipov, Xorazm; 2) badjahl, xoʻmraygan. Qovogʻini ochmoq 1) koʻ-zini ochmoq, qaramoq; 2) koʻchma chehrasini ochib qaramoq, kulib boqmoq. Oʻzi ham, ona-si ham bir ogʻiz gapirmasa, bir martagina qovogʻini ochib qaramasa-ya! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

qovoq III

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qo-voq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

ayn. qovoqxona. ◆ Sharif Sulaymon hozir biron qovoqda, ehtimol, majlis oʻtkazayotgandir. Oybek, „Nur qi-dirib“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚОВОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

OʻTIL

qovoq

qovoq I
тыква; // тыквенный; ◆ osh qovoq тыква мускатная;◆ oyim qovoq тыква съедобная; ◆ tomosha qovoq сорт несъедобной декоративной тыквы; ◆ nos qovoq тыквянка для насвая (см. nos); ◆ suv qovoq тыквянка для воды;◆ qovoq urugʻ тыквенные семена; ◆ 

  • qovoq kalla, qovoq bosh (букв. тыквенная голова) 1) истукан, тупица, глупец; голова садовая; 2) тупой, глупый.


qovoq II
веко; веки; qovogʻidan qor yogʻadi (букв. с его век снег идёт) он зол; он мрачен как туча; ◆ qovoq solmoq или qovogʻini osiltirmoq насупиться, нахмуриться; надуться; становиться угрюмым; ◆ qovoq ari см. qovogʻari.


Tillarda

[tahrirlash]