[go: up one dir, main page]

Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

buyurmoq I

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

bu-yur-moq

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Istak-talabni baja-rishga koʻrsatma bermoq; buyruq bermoq, amr, farmon qilmoq.◆  Ish buyurmoq. Bolani ishga buyur, ketidan oʻzing yugur. Maqol. ◆ Ishyoqmasga ish buyursang, Senga aql oʻrgatar. Maqol. n◆  Uning nozikligi, koʻhlikligi hurmati ayab, yengil-yelpi ishlarni buyurardi. S. Ahmad, Ufq.◆  Men hazrati oliylari buyurgan Madrasa' tarhini chizish bilan bandmen. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.◆  Hokim yasovulni chaqirib, yoʻlga hozirlanishni buyurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.◆  Oʻlimga buyurdingiz, bizning nima gunohimiz bor ekan? "Luqmoni Hakim".

Buyuring yoki buyursinlar 1) buyrugʻin-gizni beravering, buyrugʻingizni bajarish-ga tayyorman (tayyormiz). Sizga ogʻir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchiman, usta! -Buyu-ringiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆  Bu ishlarni menga buyuring, bekam! Mirmuhsin, Meʼmor.◆  ..Juman pismiqqamurojaat qildi: -Buyuringiz, afandim! M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ; 2) marhamat qiling, marhamat. ◆ [Volkov:] Afandilar, stolga buyursinlar! N. Safarov, Tanlangan asarlar.

2 Biror narsani tayyorlab berish uchun murojaat qilmoq; buyurtma bermoq, buyur-tirmoq.◆  Palto buyurmoq. n Muhiddin to-leiga ofitsiant ham tez kela qoldi. Choy va ovqat buyurdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.

◆ Kelin poshshaga mu.ua uzuk buyurdingizmi ? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆  Tuflini darhol gilamga qoʻyib, kiyib koʻrdi: -Oʻzimga buyur-tirshianday! H. Gʻulom, Toshkentliklar.

3 Topshirmoq, bermoq (qonun yoʻli bilan).◆  Nafaqa kerak boʻlsa, daromadimning yarmini oling, lekin bolani tinch qoʻying. Bermayman, ovora boʻlmang! -Nega? Bolani onaga buyuradi-ku! A. Qahhor, Qushchinor chiroqlari.

4 tib. Tavsiya qilmoq, yozib bermoq, (do-ri-darmon, parhez va shu kabilar haqida).◆  Parhez buyurmoq. m Faqir bu sabilga ogʻushtabiz, bavajh dafʼi savdoi tabib buyurgan. Hamza, Tanlangan asarlar.◆  Menmi? Menga nima rom kelishini oʻzim ham bilmayman. Lekin doktorlar konyak buyuradilar, mayli, konyak boʻlsin. Oybek, Tanlangan asarlar.

5 Biror ish, topshiriq bilan biror joyga yubormoq, joʻnatmoq.◆  Xushroʻy xizmat-chini oʻchoq boshi yumuiiariga buyurib, choyni oʻzi qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆  Oʻzbek oyim burchakda bola koʻtarib oʻtirgan Zay-nabdan chaqaloqni olib, uni jomni toʻkib kelishga buyurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. ◆ Xizmat desa juda abjir boʻlaman, Nima buyursangiz, ishlab kelaman. "Murodxon".

6 Taqyair qilmoq; xohlamoq, istamoq. ◆ Tangrining buyurgani shu ekan. Lekin, Meʼmor, siz yaxshi odamsiz, dilimga yoqasiz. Mirmuhsin, Meʼmor.◆  -Oʻgʻlim, koʻngil buyurgan ishdan zaruri boʻlmaydi, — dedi rais Tosh-poʻlatovga. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.

Aybga buyurmoq q. ayb 2.◆  Aybga buyurmaysiz, oʻgʻlim meʼmorlikni oʻrgansin, otasidek sang-tarosh boʻlib qoshasin, dedim. Mirmuhsin, Meʼmor. Tashrif buyurmoq q. tashrif.◆  Bir haftadan keyin qiz Jamolzodaning usta-xonasiga tashrif buyurdi. "Yoshlik".

buyurmoq II

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

bu-yur-moq

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash
Nasib boʻlmoq, nasib qilmoq.◆  Uyalgan buyurgandan quruq qolar. Maqol.◆  Yugurganniki emas, buyurganniki. Maqol. shsh◆  Qoʻsha qaringlar. Oʻgʻillaringga ham shunaqa sarpolar buyursin. T. Malik, Ajab dunyo.◆  Oʻsha kuni Matpanoga oʻz toʻyi buyurmadi. S. Siyoyev, Avaz.◆  Xoʻpam yarashdiki, qullugʻ boʻlsin, buyursin. "Guldasta".

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

БУЮРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

buyurmoq buyurmoq

buyurmok I
1
приказывать, предписывать, велеть; ◆ ishga buyurmoq велеть сделать (какое-л.) дело, поручить работу; bolani ishga buyur, ketidan oʻzing yugur посл. см. bola; buyuring! приказывайте!; я к вашим услугам!;
2 назначать, прописывать; ◆ dori buyurmoq прописывать лекарство; ◆ vanna buyurmoq назначать ванны;
3 заказывать (что-л.); ◆ palto buyurmoq заказывать пальто; ◆ osh buyurmoq заказывать плов;
4 отправлять (кого-л. куда-л.); велеть (кому-л.) поехать (куда-л.); qayerga buyursangiz, tayyorman куда бы вы меня ни послали, я готов ехать.

buyurmoq II
доставаться, становиться уделом, выпадать на долю; yugurganniki emas, buyurganniki погов. достанется, не тому, кто хлопотал, а тому кому суждено.