[go: up one dir, main page]

Zimbabve (Zimbabwe), Zimbabve Respublikasi (Republic of Zimbabwe) — Afrika janubdagi davlat. BMT aʼzosi. Mayd. 390,76 ming km2. Aholisi 11,5 mln. kishi (2001). Poytaxti Harare shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 viloyat (province)ra boʻlinadi.

Zimbabve Respublikasi
ShiorUnity, Freedom, Work
Birdamlik, Ozodlik, Mehnat
Madhiya: Kalibusiswe Ilizwe leZimbabwe
(Blessed Be The Land of Zimbabwe)
Location of Zimbabve
Poytaxt Xarare
Rasmiy til(lar) inglizcha, shonacha,
Shimoliy ndebelecha
Hukumat Prezidentlik Respublika
Robert Mugabe
Emmerson Mnangagva
• Sana
18-aprel 1980
Maydon
• Butun
390,757 km2 (59-oʻrin)
• Suv (%)
1
Aholi
• 2013-yilgi roʻyxat
13,182,908[1] (72-oʻrin)
• Zichlik 26/km2
YIM (XQT) 2013-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$7,731 mlrd.[2] (158-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$589
Pul birligi Zimbabwe Dollar (ZWD)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma ZI
Telefon prefiksi 263
Internet domeni .zw

Davlat tuzumi

tahrir

Zimbabve – respublika. Avvalgi nomi – Janubiy Rodeziya. Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. 1980-yilda mamlakat mustaqillikka erishgach, Zimbabve Respublikasi deb ataladigan boʻldi. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yilda qabul qilingan, unga 1987 va 1989-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (1987-yildan R. G. Zimbabve gerbi. Mugabe). U toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi va cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament. Uning vakolat muddati – 5 yil Ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Prezident hukumatga boshchilik qiladi, vitseprezidentlarni va vazirlarni tayinlaydi.

Tabiati

tahrir

Zimbabvening katta qismini tokembriy kristall jinslaridan tuzilgan Matabele va Mashona platolari egallagan (eng baland joyi – Inyanga togʻi, 2596 m). Hududi aksar qismining bal. – 800–1500 m. Platolar shimoida Zambezi daryosi vodiysiga, janubda esa Limpopo daryosi vodiysiga zinapoyasimon pasayib tushadi. Foydali qazilmalari: xrom, litiy, temir, mis, qalay rudalari, oltin, toshkoʻmir, asbest. Iklimi mamlakatning shimoliy qismida ekvatorial mussoili, janubda tropik passatli iqlim. Eng issiq oyi (yanvar)ning oʻrtacha temperaturasi 21–27°; eng salqin oyi (iyul)niki 10–17°. Oʻrtacha yillik yogʻin janubi-gʻarbda 300–700 mm dan Inyanga togʻi sharqiy etaklarida 1000–2000 mm gacha. Yirik daryolari: Zambezi, Limpopo va Sabi. Zambezi daryosining oʻrta oqimida yirik Kariba suv ombori bor. Aksari qismi jigarrang tuprokli yerlarda oʻsadigan savannalardan iborat, janubiy quruq dashtlar. Hayvonot dunyosi xilmaxil: kiyik, buyvol, jirafa, zebra, fil, karkidon, sher, begemot, qoplon, sirtlon, boʻri va boshqalar. Zimbabveda umumiy maydoni 26 ming km2 milliy bogʻ va noyob hayvonlar saqlanadigan qoʻriqxonalar bor. Yiriklari – Xvange, Matusadona, Viktoriya-Fole, Mana-Puls va boshqalar. Aholisining 90% mashona va matabele elatiga mansub afrikalik bantular; yevropaliklar, osiyoliklar ham bor. Shahar aholisi 26,4 %. Rasmiy tili – ingliz tili. Dindorlarning aksariyati xristianlar va mahalliy anʼanaviy dinlarga ibodat qiluvchilar. Yirik shaharlari: Harare, Bulavayo, Gveru, Kvekve, Kadoma, Mutare, Masvingo.

Tarixi

tahrir

Zimbabve hududidan topilgan qad. buyumlar (sopol idishlar, toshdan yasalgan mehnat qurollari) paleolit davriga taallukli. 12–17-asrlarda bu yerda Monomotapa davlati mavjud boʻlgan. Arxeologik topilmalar (turar joylar, irrigatsiya inshootlari va boshqalar.) buning dalili boʻla oladi. 16-asrda shu davlat portugal mustamlakachilarining xurujini qaytardi. 18-asrda Limpopo va Zambezi daryolari oraligʻida mashona qabilasi hukmronlik qilgan. 19-asr 50–60yillarida Zimbabvega ingliz mustamlakachilari bostirib kira boshladi. 1889-yil Angliya qirolichasi Viktoriya "Britaniyaning Janubiy Afrika kompaniyasi" ("British Saut Afrika kompani", 1888-yil S. Rode tomonidan tuzilgan)ga Zimbabve hududi ustidan maʼmuriy rahbarlik qilish huquqini berdi. S. Rode tabele qabilasining oliy boshligʻi Lobenguladan foydali kazilmalarni kazib olish uchun ruxsatnoma ham oldi. 1893-yil ingliz qoʻshinlari mamlakatni bosib oldi va uni Rode sharafiga Janubiy Rodeziya deb atay boshladi. Afrikaliklar mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolon koʻtarib chiqishdi, ayniqsa 1896– 97 yillarda juda katta qoʻzgʻolon boʻlib, mustamlakachilar uni shafqatsizlik bilan bostirdi.

1923-yil Zimbabve "oʻzini oʻzi idora qiladigan" mustamlaka maqomini oldi. Ogʻir ekspluatatsiya, soliklar afrikaliklar tinkasini kuritib, mustamlakachilarga qarshi gʻazabini kuchaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng mustamlakachilikka qarshi harakat avj olishi bilan Angliya hukumati 1953-yil Rodeziya va Nyasalend federatsiyasini tuzdi. 1963-yilga kelganda bu federatsiyaga putur yetib, mamlakatda ozodlik harakati avj ola boshladi. 1965-yil ozchilikni tashkil etgan yevropaliklardan tuzilgan Yan Smit hukumati koʻpchiliqdan iborat afrikaliklar huquqini poymol etib, Janubiy Rodeziyani "mustaqil" deb eʼlon qildi. 1969-yil mamlakatda irqchilikni mustahkamlashga qaratilgan yangi "konstitutsiya" qabul qilindi.

Smit hukumatining siyosati afrikaliklarning qattiq qarshiligiga duchor boʻldi. 1974-yil Milliy majlisga oʻtkazilgan saylovni afrikaliklar boykot qildilar. 1974-yil dekabrda Lusaka (Zambiya)da Afrika Milliy kengashi, Zimbabve afrika xalqi ittifoqi, Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqining rahbarlari Janubiy Rodeziya mahalliy aholisining tub manfatlarini ifoda etgan konstitutsiyey konferensiya chaqirishni talab etdilar. Mazkur uchrashuv qatnashchilari kelishib, oʻz tashkilotlarini birlashtirib, yagona partiya – Afrika Milliy kengashini tuzishga ahd qildilar. Janubiy Rodeziya mahalliy aholisining irqchilik tuzumiga qarshi ozodlik harakatini Afrika birdamligi tashkiloti, barcha taraqqiyparvar kuchlar quvvatladi. 1976-yilda tuzilgan hamda Afrika Milliy kengashi bilan Zimbabve afrika xalqi ittifoqini oʻz ichiga olgan Zimbabve vatanparvarlik fronti bu kurashning kuchayishiga koʻmaklashdi. 1978-yilda Ya. Smit bilan afrikalik qoʻgʻirchoq arboblar oʻrtasida "ichki ahvolni tartibga solish" toʻgʻrisida bitim tuzildi. 1979-yil aprelda oʻtkazilgan soxta saylov natijalarini xalqaro miqyosda hech kim tan olmadi. Oʻsha yil dekabrda Londonda boʻlib oʻtgan konferensiyada boʻlgʻusi konstitutsiya va saylov oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib olindi. 1980-yildagi saylovda vatanparvar kuchlar gʻalaba qozondi. 1980-yil 18 aprelda mustaqil Zimbabve Respublikasi eʼlon qilindi. 1987-yilgi saylov ham shu kuchlar gʻalabasi bilan yakunlandi. Zimbabve – 1980-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami – 18 aprel – Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1980). Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini 1992-yil 27 yanvarda tan olgan.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqi – Vatanparvarlik fronti, 1963-yilda asos solingan; Zimbabve birligi harakati, 1989-yil tuzilgan; Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqi, 1977-yil tashkil etilgan; Zimbabve konservativ uyushmasi, 1962-yilda asos solingan, 1984-yilgacha Rodeziya fronti, Respublika fronti deb atalgan; Birlashgan partiyalar, 1994-yilda tuzilgan. Zimbabve kasaba uyushmalari kongressi – Birlashgan kasaba uyushma markazi. Taʼsis kurultoyi 1981-yil fevral–martda boʻlib oʻtgan.

Xoʻjaligi

tahrir

Zimbabve Afrikaning iktisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlaridan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 33%, qishloq xoʻjaligi 19,5%ni tashkil etadi. 1991-yilda eʼlon qilingan iqtisodiyot tarkibini qayta qurish dasturida davlat nazoratini kamaytirish, tashki savdo faoliyatini erkinlashtirish, foydadan olinadigan soliqni pasaytirish, erkin savdo mintaqalarini ochish koʻzda tutilgan.

Sanoati

tahrir

Mahsulot ishlab chiqarish va konchilik sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Bu tarmoqdar mahsulotining 90% eksport qilinadi. Sanoati oziqovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, kimyo, avtomobil yigʻuv, metallurgiya hamda konchilik tarmoklaridan iborat. Gveru va Masvingo atrofida xromit, Zvishavani yaqinida asbest, Mxangurada mis, Shangani konlarida nikel, oltin qazib chiqariladi. Mahalliy ehtiyoj uchun toshkoʻmir va temir rudasi, qalay, kumush, volfram va boshqalar qazib olinadi. Energetikasi Zambezi daryosidagi Kariba GESdan va sanoat mintaqalaridagi issiklik elektr styalaridan iborat. Yiliga oʻrtacha 7,6 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalari Harare va Bulavayo shlarida joylashgan. Kadomada toʻqimachilik, Kvekveda qora metallurgiya korxonalari, Gveru, Kvekveda ferroxrom ishlab chiqarish, KamativiDeteda qalay eritish va tozalash, Alyaskada mis zavodlari bor. Ferukdagi neft mahsulotlari zavodi Yaqin Sharqdan keltirilgan xom neftni qayta ishlaydi. ShervudBlokdagi yirik kombinat ammiak va nitratammoniy zavodlarini oʻz ichiga oladi. Harare, Senent va KollinBaukda sement zavodlari bor.

Qishloq xoʻjaligi

tahrir

Asosiy ekinlari: makkajoʻxori (ekinzorlarning 60–70%), paxta, tariq, oq joʻxori, yer yongʻoq, sholi. Shimoli-sharqiy, shimoli-gʻarbiy viloyatlarida, Markaziy hamda sharqiy Mashonalend va Masvingodagi tovar mahsulot ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarda tamaki, Kadoma, Chinxoyi va Mxangura hududida paxta, shimoli-gʻarbdagi Chirundu hududida va mamlakat janubi-sharqida shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachilikda, asosan, goʻshtbop qoramol boqiladi. Mamlakat janubiy va markazi eng muhim intensiv chorvachilik hududidir. Oʻrmonzorlarning asosiy qismi mamlakatning gʻarbida boʻlib, koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi.

Transporti

tahrir

Engmuhimtransport turi – temir yoʻl Uning uz. 12,8 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 85,2 ming km. Neft quvurlari uz. 288 km. Harareda xalqaro Kentukki aeroporti bor. Zimbabve chetga tamaki, oltin, ferroqotishma, paxta, asbest, nikel, mis rudalari, kandshakar, mol goʻshti va boshqalar sotadi. Chetdan mashinalar, transport uskunalari, kimyo sanoati mahsulotlari, xom ashyo va yoqilgʻi sotib oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Italiya, Yaponiya va Afrikadagi qoʻshni mamlakatlar. Pul birligi – Zimbabve dollari.

Sogʻliqni saqlash

tahrir

Zimbabveda davlatga qarashli va xususiy davolash muassasalari mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin goʻdaklarning nobud boʻlishini, yuqumli kasalliklarni kamaytirish, xalq sihatsalomatligini yaxshilash choratadbirlari kurila boshladi. Shifokor va hamshiralar Harare universiteti kolleji huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi.

Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari

tahrir

Mustaqillik arafasida aholining 75% savodsiz edi. 1981-yildan majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilindi. Katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish harakati kuchaytiriddi. 80yillarda quyidagi maorif tizimi karor topdi: 5–6 yoshli bolalar uchun maktabgacha sinflar; 7 yoshdan 7 yillik boshlangʻich maktab; 6 yillik oʻrta maktab.

Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida hunar bilim yurtlarida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari pedagogika bilim yurtlari va kollejlarda tayyorlanadi. Harareda oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlaidigan yangi pedagogika kolleji ochilgan. Hararedgi Zimbabve universitetining 9 fakultetida 3 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi, 564 oʻqituvchi dars beradi. Unt xuzurida intlar, shu jumladan Pedagogika instituti, bir necha kollej bor.

Yirik kutubxonalari: Hararedagi Zimbabve universitetining kutubxonasi, Parlament kutubxonasi, qirolicha Viktoriyaning memorial kutubxonasi, Bulavayoda Zimbabve Milliy kutubxonasi, Ommaviy kutubxona va boshqalar Muzeylari: Harare va Bulavayodagi Zimbabve Milliy muzeylari, Hararedagi Zimbabve Milliy galereyasi, Gverudagi tarix muzeyi, Mugaredagi arxeologiya, tarix, etn. muzeylari.

Harareda qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadqiqotlar kengashi (uning tarkibida 7 institut va 8 tadqiqot hamda tajriba styasi), shuningdek, Gerbariy va botanika bogʻi, Veterinariya ilmiy tadqiqot laboratoriyasi, Urmontexnika tadqiqot markazi, Obhavoni oʻrganish xizmati, Geol. xizmati, Zimbabve ilmiy kengashi, Tamakishunoslik tadqiqot markazi, Paxtachilik tadqiqot markazi, bir kancha ilmiy jamiyat va uyushmalar bor.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi

tahrir

Asosiy gazeta va jurnallari: "Gerald" ("Xabarchi" ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1891-yildan), "Kronikl" ("Voqealar", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1894-yildan), "Sandi meyl" ("Yakshanba xabarnomasi", ingliz tilidagi yakshanbalik gazeta, 1935-yildan), "Faynenshl gazett" ("Moliyaviy gazeta", ishbilarmon doiralarning ingliz tilidagi haftanomasi, 1970-yildan), "Zimbabve nyus" ("Zimbabve yangiliklari", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1974-yildan), "Zimbabve gavernment gazett" ("Zimbabve hukumat gazetasi", ingliz tilidagi haftanoma). Zimbabve Afrikaaro axborot agentligi (ZIANA) 1981-yildan faoliyat koʻrsatadi. Zimbabve radioeshittirish korporatsiyasi – davlat radio va telekoʻrsatuv xizmati 1964-yilda tuzilgan.

Adabiyoti

tahrir

Zimbabve adabiyoti ingliz tilida, shuningdek, shona va matebele tillarida rivojlanmoqda. Shona va matebele xalkdarining qad. boy folklor anʼanalri bor. Afsonalar, ertaklar, qoʻshiqdar, maqollar xalq tarixi va donishmandligini ifodalaydi. 1957-yilda S. Mutsvayroning "Fezo" kitobi chiqquncha, asosan, oq tanli yozuvchilarning 19-asr oxirida vujudga kelgan ingliz tilidagi adabiyoti haqidagina gapirish mumkin. Oq tanli yozuvchilar asarlarining asosiy mavzui dastlabki kelgindilarning hayoti va sarguzashtlari edi. Ayrim asarlardagina ijtimoiy ohanglar yangraydi. A. Sh. Kripe "Gʻamgin diyor" (1911) va "Sohil daraxtlari yurti" (1913) romanlarini tub joy aholiga xayrixohlik bilan yozgan. 50-yillar oxiriga kelib mahalliy tillarda lotin alifbosidagi asarlar paydo boʻldi. Afrikalik yozuvchilar anʼanaviy turmush tarzi bilan zamonaviy – yevropalashgan turmushning toʻqnashuvlari haqida yozadilar. Mustaqillik eʼlon qilingach, adabiyot rivojlana boshladi. Afrikalik yozuvchilar zamonaviy badiiy janrlar – roman, qissa, hikoyalarga murojaat etmoqdalar. Ch. Mungoshining "Yomgʻir yogʻa qol" romanida afrikalik dehqonlarning nochor ahvoli tasvirlangan. V. Katiyoning "Yer farzandi" romanida yoshlarning Qarshilik harakatiga qoʻshilishi, irqchilik tartiblariga qarshi kurashi ifodalangan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

tahrir

Zimbabvening turli joylarida paleolit davriga mansub qoya rasmlari saqlangan. Rasmlarda odam va hayvonlar, Zimbabve xalqlarining urfodatlari aks ettirilgan. Gematitdan yasalgan dunyodagi birinchi "qalam" – qoʻngʻir va qizgʻish tayoqchalar Matopo togʻidagi Bambata gʻoridan topilgan. 19-asr Monomotapa davlati (14–17-asrlar) madaniyati taraqqiyoti qoldiqlari – Zimbabve, Inyanga majmualari, Dxlo-Dxlo, Kami kabi tosh istehkomlari harobalari topilgan. Qalin granit devorlar, qushlar tasvirlangan tosh ustunlar, sopol idishlarning qoldiqlari saqlangan. Zimbabve qishloqlarining tarhlari qad. majmualarni eslatadi (turar joy va xoʻjalik binolari paxsa devor bilan oʻralgan). Turar joylar orasida tomi konussimon aylana kulbalar koʻp. 19-asr oxirlaridan shaxmat taxtasi shaklida loyihalashtirilgan kam qavatli gʻisht binolardan iborat shaharlar qurildi. 1950yillardan keyin Harare, Bulavayo va boshqalar shaharlarda zamonaviy koʻp qavatli binolar kurila boshladi. Keyingi yillarda 20–30 qavatli maʼmuriy binolar qad koʻtardi.

Badiiy hunarmandchilikdan yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik (geometrik naqsh bilan ziynatlangan hurmacha, koʻzalar), savat toʻqish taraqqiy etgan. 20-asrning 60-yillarida professional tasviriy sanʼat vujudga keldi. Rassomlar orasida kishilarga va oʻz vatani tabiatiga muhabbat ifodalangan realistik asarlarning mualliflari S. Songo, J. Ndandarika, T. Mukarobgvalar ajralib turadi. Haykaltaroshlar (T. Dube, Y. Likoto, B. Mteki) Afrika haykaltaroshligiga xos timsollarni va anʼanaviy xususiyatlarni saqlashga harakat qiladilar. Zimbabveda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmalari muntazam tashkil etiladi.

Musiqasi

tahrir

Zimbabvening musiqiy madaniyati turli xalkdarning, asosan, shonlarning musiqa sanʼatini oʻz ichiga oladi. Musiqa anʼanalari Zimbabve, soʻngra esa Monomotapa davlati qad. madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Bu davlatning ijtimoiy turmushida marombe deb atalgan saroy xonanda va sozandalari muhim rol oʻynagan. Nayni eslatuvchi va torli mbira, kalimba, chipendani, chimazambi, chitembe sozlari, nogʻoraga oʻxshash baraban keng rasm boʻlgan. Shonlarning musiqiy madaniyatida koʻpchilik boʻlib qoʻshiq ijro etish (xorlar, cholgʻu ansambllari) ustunlik qiladi. 20-asr 2yarmidan afroyevropacha oʻziga xos uslublar ommalashdi. Musiqa masalalari bilan, asosan, Sanʼat ishlari kengashi shugʻullanadi. Zimbabveda Harare va Bulavayo musiqa kollejlari bor.

Teatri

tahrir

Mustamlakachilik davrida yevropaliklarning bir necha havaskorlik teatr birlashmasi bor edi. 1950-yillar oxiridan tub joy aholi orasida teatr havaskorlik sanʼati rivojlana boshladi. 1961-yilda zulularning teatr guruhi Solsberi (Harare)da U. Shekspirning "Makbet" asarini sahnalashtirdi. "Umabata" nomi bilan qoʻyilgan bu asar voqealari Zululendda sodir boʻlgan, deb talqin etildi. Unda afrikaliklarning ohanglari va raqslaridan foydalanildi. 1980yillardagi yangi pyesalar (T. K. Tsodzoning shon tilidagi "Shanuko", B. Chidyamatambaning "Zimbabve ovozi" va boshqalar)da eng muhim ijtimoiy muammolar koʻtarildi, ijtimoiy tengsizlik, zolimlarning muttahamligi, qabilaviy bidʼatlar fosh etildi. Oʻtmish sarqitlarini fosh etuvchi "Mukadet oilasi" teleserialining muallifi va ijrochisi S. Madzikatire ayniqsa mashhur boʻldi. ZIMMIY, ahl azzimma (arab.– musulmonlar himoyasidagi aholi) – oʻrta asr arab xalifaligidagi musulmon boʻlmagan xalklar (asosan, yaxudiy va xristianlar). Zimbabvelar bilan tuzilgan shartnomata koʻra, arab qoʻmondonligi ularning molmulki va oʻzlarining daxlsizligini himoya etgan hamda diniy urfodatlariga ijozat bergan. Buning evaziga Zimbabvelar davlat xazinasiga jizya va xiroj toʻlab turishgan. Zimbabve atamasi dastlab Muhammad (sav)ning arab qabilalariga yuborgan nomalarida (629–630 yillar) va Qurʼonning 9surasida uchraydi. 11-asrda al-Mavardi Zimbabve rioya qilishi lozim boʻlgan 6 majburiy va maqbul shartni bayon etgan: Muhammadni, musulmonlar dinini yomonlamaslik, musulmon ayollarga tegajogʻlik qilmaslik va ular bilan nikohda boʻlmaslik, musulmonlarni boshqa dinga oʻtishga ogʻdirmaslik, musulmonlar bilan jang qilayotgan tomonga yordam bermaslik. Zimbabvening bu shartlardan birortasiga rioya qilmasligi uni homiylikdan mahrum etadi, qonundan tashqari holatga qoʻyadi. Maqbul shartlar: kiyimda musulmonlarnikidan ajratib turuvchi belgilar boʻlishi, musulmonlar uyidan baland uy qurmaslik, musulmonlar bor joyda oʻzining muqaddas kitobini baland ovozda oʻqimaslik, ular oldida sharob ichmaslik, oshkora ravishda xoch taqmaslik va choʻchqa boqmaslik, marhumlarini imijimida dafn qilish, zotli ot va tuyalar minmaslik. Bu shartlar tuzilgan shartnomaga kiritilgan boʻlsagina ular majburiy edi, ularni buzish Zimbabveni homiylikdan mahrum qilish uchun asos boʻla olmasdi, lekin jazolanishi kerak edi. Oʻrta asrda boshqa dinga eʼtiqod qiluvchilar ilk islomdagiga qaraganda koʻproq siquvga olingan boʻlsada, tashqi siyosiy va harbiy omillar taʼsir qilgan vaqtlardan boshqa paytlar musulmonlarning Zimbabvega munosabati toqat qilarli darajada edi. Orqasida hech qanday tashqi kuch turmagan yahudiylarning ahvoli bir muncha yaxshi boʻlgan. 19-asrda Yevropa davlatlari Usmon imperiyasida xristianlarning ahvoli haqidagi masaladan imperiyaning ichki ishlariga aralashish uchun bahona sifatida foydalandi, xristianlar esa oʻzoʻzidan ular taʼsirini oʻtkazuvchilarga aylanib qoldi. Natijada xristianlarga munosabat yomonlashib Suriya va Livanda 1860-yil qonli toʻqnashuvlar kelib chiqdi. Hoz. kunda Zimbabve tushunchasi amalda emas, musulmon mamlakatlarida turli dinga eʼtiqod qiluvchi fuqarolar umumiy qonunga boʻysunadilar.[3]

Manbalar

tahrir
  1. Census.gov. „Country Rank. Countries and Areas Ranked by Population: 2013“. U.S. Department of Commerce (2013). 2013-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-may.
  2. „Zimbabwe“. International Monetary Fund. Qaraldi: 24-aprel 2012-yil.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil