[go: up one dir, main page]

Pastki ichak tutilishi oshqozon ichak tizimida tugʻma toʻsiq boʻlishi natijasida ovqat (ona koʻkrak suti) mahsulotlarining passaji buzilishi va oʻtmay qolishi.[1] Pastki ichak tutilishi quyidagi klinikalar bilan namoyon boʻladi:

  • ich oʻtmasligi
  • qorin dam boʻlishi
  • qusish (avval hazm boʻlmagan ozuqa bilan, keyin oʻt aralash yoki ichak mahsulotlari bilan)
  • ichaklar giperperistaltikasi
  • Pastki ichak tutilishining asosiy xarakterli belgisi qorin boʻshligʻi rentgenogrofiyasida aniqlanadigan 3 va undan ortiq suyuqlik sathi ustida gaz boʻlishi yaʼni kloyber kosachalari hisoblanadi.[2]
Pastki ichak tutilishi
Sinonimlari ichak obstruksiyasi, ichak okkluziyasi
Pastki ichak tutilishining asosiy diagnostik belgisi kloyber kosachalari tasviri
Belgilari Qorinda ogʻriq, qayt qilish, qorin dam boʻlishi
Mutaxassislik Xirurgiya
Turlari

Ingichka ichak atreziyasi. Ichak nayining tugʻma ikkilanishi. Mekonial ileus. Girshprung kasalligi.

Dolixosigma. Anorektal soha rivojlanish nuqsonlari
Sabablari tugʻma bitishmalar, churralar, endometrioz, ichakning yalligʻlanish kasalliklari, appenditsit, oʻsmalar, divertikullar, invaginatsiya, qon bilan taʼminlanish buzilishi
Tashxis usullari obyektiv, subyektiv, diagnostik belgilarga koʻra
Davolash Operativ metod
Prognoz 2015-yil holatiga koʻra 3.2mln odamda uchrab, shulardan 264000 bemor oʻlimi bilan yakunlangan.

Ichak tutilishlari ovqat hazm qilish yoʻllaridagi mexanik yoki funksional obstruksiya (bekilib qolish) natijasida ovqat hazm qilish mahsulotlarining normal harakatiga toʻsqinlik qiladi. Ichak tutilishlari qaysi sohada uchrashiga koʻra yuqori va pastki ichak tutilishlariga boʻlinadi. Yuqori ichak tutilishlari deb obstruksiya qiziloʻngach yoki oshqozonda sodir boʻlganda aytilsa, obstruksiya ingichka yoki yoʻgʻon ichakda sodir boʻlsa pastki ichak tutilishi deyiladi.

PITning turlari

tahrir

Atreziya turlari

tahrir
 
Sosiskasimon atreziya
  • Pardasimon-membranali (kichik qismida, ichak boʻshligʻi yupqa parda bilan bekilib qoladi)
  • Pardasimon stenoz  (pardasimon atreziyada teshik hosil boʻlsa)
  • Fibrozli atreziya (atreziya ichak katta qismida hosil boʻladi)
  • Sosiskasimon atreziya (ichak nayi har xil qismida buziladi)
  • Toʻliq atreziya (mezenteral qon aylanish buzilishi sabab)[3]

Churra

tahrir

Churra darvozasiga (ichak tutqichining nuqsoni  - tugʻma teshiklariga) – qorinparda va ichak qovuzloqlari kirib qolishi hisoblanadi va uning quyidagi turlari mavjud:

  • Ingichka ichak tutqichi;
  • Yoʻgʻon ichak tutqichi;
  • Treys boylami;
  • Charvi usti;
  • Qovuq usti;
  • Koʻrichak atrofi;
  • Chuvalchangsimon oʻsimta tutqichi;
  • Sigmasimon ichak atrofi;
  • Vinslov teshigi;
  • Jigar yumaloq boylami;
  • Bachadon keng boylami;
  • Yoʻgʻon ichak atrofi

Tugʻma teshikdan – ichakning qorin pardaga oʻralgan holda qorin boʻshligʻi a’zolari kirib qolishi «chin», qorinpardasiz kirib qolishi «soxta» churralar  deyiladi.

Davolash

tahrir

Churralarni davolash operativ boʻlib, laparotomiya qilinadi, churra maxsulotlari ozod etiladi va churra darvozasi tikilib, bartaraf etiladi.

Ichak ikkilanishi

tahrir

Ikkilanishning belgilari uning joylashishi, shakli va oʻlchamlariga bogʻliq. Koʻpincha dublikatlar belgilarsiz kechadi va jarrohlik muolajasi davomida kutilmaganda topiladi. Lekin ba’zan (asosan, shilliq qavat distopiyasida) dublikaturalar bexosdan ichakdan kuchli qon ketishi bilan namoyon boʻlishi mumkin. Kistoz turi (enterokistalar) goho juda kattalashib, qisman ichak tutilishiga olib keladi. Koʻkrak qafasiga kiruvchi divertikullarda disfagiya va atelektaz, bronxoektaz va nafas buzilishlari kuzatiladi.

Mekonial ilius

tahrir
Mekoniy
 
Yangi tugʻilgan chaqaloqning 12 soatligidagi mekoniy holati
Mutaxassislik Pediatriya

Yopishqoq mekoniyning (oshqozon osti bezi fermentativ yetishmovchiligi sababli) yonbosh ichak terminal qismida tiqilib qolib, tugʻma pastki ichak tutilishi klinikasini namoyon qilishiga aytiladi. Chaqaloqning mekoniysi qoʻgʻanoq suvlari, shilliq qavat sekreti, meʼda osti bez fermentlari, oʻt suyuqligi, shilliq qavat epiteliy hujayralaridan tashkil topadi.[3]

sababi

tahrir

Oshqozon osti bezi kistofibrozi  (ekzokrin bezlarning faoliyati buzilishi) natijasida kelib chiqadi. Fermentlar yetishmasligi sababli – mekoniy oʻta shilimshiq, yopishqoq boʻlib qoladi. Yonbosh ichak terminal qismidan yoʻgʻon ichakka oʻta olmaydi. Kasallik irsiy xarakterda boʻlib, autosom-retsessiv ravishda  avlodga oʻtadi.

Klinikasi

tahrir

Chaqaloqlar oʻz vaqtida tugʻiladi, ammo, gipotrofiya bilan. Mekoniyning turib qolishi 24-48 soat davom etadi. Qorni dam boʻladi, ichi kelmay, 2-kundan qusa boshlaydi. Palpatsiyada «xamirsimon» konsistensiyali hosila qoʻlga ilinadi. Anal teshik va toʻgʻri ichak nisbatan tor boʻladi. Irrigogrammada mikrokolon aniqlanadi.[4]

Tashxis va davo

tahrir

Qorin boʻshligʻi tasviriy (obzor) rentgenogramma qilinadi, koʻp miqdorda suyuqlik sathlari va gaz aniqlanadi. Davolash – konservativ muolajalar: fiziologik eritma, gipertorrik eritma bilan tozalovchi klizma qilinadi. Samarasi boʻlmaganda umumiy ogʻriqsizlantirish ostida, laporatomiya va ichak holatiga qarab — tomiya, ektomiya, anastomoz qoʻyish mumkin.[4]

Megakolon

tahrir

Yoʻgʻon ichakning yoki uning bir qismi kengayishi. Megakolonning turlarini birlashtiruvchi asosiy klinik belgisi qabziyat boʻlib, yoʻgʻon ichakda kengayish kuzatiladi. Megakalon kelib chiqishiga koʻra tugʻma va orttirilgan boʻladi. Tugʻma megakalon turlariga – girshprung kasalligi, idiopatik megakolon, anorektal soha tugʻma nuqsonlari. Megakalonning orttirilgan turlariga – vitamin B1 yetishmovchiligi, chagas kasalligi, toksik,[5] psixogen qabzivatlar, endokrin buzilishlar, dorivorlarning nojoʻya ta’siri, kuyish, jarohatlardan soʻng hosil boʻladigan megakolon kabilar kiradi.

Bundan tashqari megakalonning funksional va mexanik xarakterdagi turlari farqlanadi. Funksional xarakterli megakolon 2 turga boʻlinadi: intramural nerv chigallari yetishmovchiligi natijasida hosil boʻladigan megakolon – girshprung kasalligi, vitamin B1 yetishmovchiligi, chagas kasalligi. Intramural nerv chigallari ta’sirlanmasidan kelib chiqadigan megakolon – idiopatik megakolon. Mexanik xarakterli megakolon – anorektal soha tugʻma nuqsonlari, anal soha kuyishi, jarohatlar natijasida hosil boʻladi.

Dolixosigma

tahrir

Yoʻgʻon ichak sigmasimon qismini uzayishi va kengayishi (megodolixosigma, megadolixokolon). Kasallik, asosan, 1 yoshdan, chaqaloq ovqatiga qoʻshimcha kiritishdan soʻng namoyon boʻla boshlaydi. Bemorlarni qabziyat, qorinda ogʻriq ba’zida qusish bezovta qiladi. Kasallikning asosiy belgisi axlat kelishining buzilishi boʻlib, uning 4 xil klinik turi farqlanadi: 1. Latent kechuvchi (deyarli hech narsa bezovta qilmaydi). 2. Sanchiqli (kasallik tez-tez ichak sanchigʻi bezovta qilishi bilan kechadi). 3. Surunkali qabziyat bilan kechadi. 4. Surunkali kolit bilan kechuvchi dolixosigma.

Girshprung kasalligi

tahrir

Garold Girshprung birinchi boʻlib 1887-yilda aniqlagan. Nasldan-naslga oʻtish xavfi 3,5% ni tashkil qiladi. Etiologiyasi: ichak nerv tizimidagi (Meysner, Aurbax) tugʻma defekt – agangliozi bilan bogʻliq. Anatomik turiga qarab quyidagicha tasniflanadi:

  • Rektal turi
  • Rektosigmoid turi
  • Segmentar turi
  • Subtotal turi
  • Total turi.

Klinik darajasiga qarab - kompensatsiya, subkompensatsiya, dekompensatsiya bosqichlari farqlanadi.

Klinikasi

tahrir
  • Qabziyat (axlat oʻtmaslik 1-3 kun davomida)
  • Axlat toshlarnmg paydo boʻlishi
  • Meteonzm (qorinning dam boʻlishi - «qurbaqa qorin» paydo boʻlishi)
  • Oʻtli qusish
  • Ogʻriq
  • Bosim ortib ichaklar yorilishi va peritonit
  • Paradoksal ich ketishi

Kompensatsiya bosqichida - ich tutilishi, qorinning dam boʻlishi, qusish kuzatiladi. Bu axlat yengil klizmadan keyin oʻtadi va keyinchalik bu holat ancha sezilarli davom etadi. Subkompensatsiya bosqichida - klinik belgilar aniq koʻzga tashlanadi, kasallik belgilari doimiy tusga kiradi va sifonli huqna qilishga toʻgʻri keladi. Dekompensatsiya bosqichida - kuchli konservativ davolash, ya’ni sifonli huqna xurujni pasaytirib, subkompensatsiya holatiga olib kelishi mumkin

Anorektal tugʻma nuqsonlar

tahrir

50 dan ortiq anorektal tugʻma nuqsonlar ma’lum. Ular orasida eng keng tarqalganlari: 1. Atreziyalar. (kloaka turlari, oqmali turlari, oqmasiz turlari). 2. Tugʻma torayishlar. 3. Me’yoriy orqa chiqaruv teshigi boʻlgan holda tugʻma oqmalar. 4. Orqa chiqaruv teshigi ektopiyasi. 5. Oraliq sohasining tugʻma ayrilishi.

Qoʻshimcha

tahrir

https://avitsenna.uz/girshprung-kasalligi/

Manbalar

tahrir
  1. Baiu I, Hawn MT. Small Bowel Obstruction. JAMA. 2018 May 22;319(20):2146. doi: 10.1001/jama.2018.5834. PMID 29800183
  2. Zamary K, Spain DA. Small Bowel Obstruction: the Sun Also Rises? J Gastrointest Surg. 2020 Aug;24(8):1922-1928. doi: 10.1007/s11605-019-04351-5. Epub 2020 Jun 4. PMID 32542559.
  3. 3,0 3,1 Ziegler MM. Meconium ileus. Curr Probl Surg. 1994 Sep;31(9):731-77. doi: 10.1016/0011-3840(94)90040-x. PMID 8062591.
  4. 4,0 4,1 Sabetay C, Ciobanu O, Zavate A, Ciucă M, Malos A, Marin-Diu B. Consideraţii clinico-terapeutice privind diagnosticul si tratamentul bolii meconiale [Clinical and therapeutical considerations regarding the diagnosis and treatment in meconial disease]. Chirurgia (Bucur). 2010 Jan-Feb;105(1):67-70. Romanian. PMID 20405682.
  5. Autenrieth DM, Baumgart DC. Toxic megacolon. Inflamm Bowel Dis. 2012 Mar;18(3):584-91. doi: 10.1002/ibd.21847. PMID 22009735.