[go: up one dir, main page]

Atreziya (yunoncha a – inkor qoʻshimchasi va tresis – teshik) – Biror tabiiy teshik, kanal (masalan, qiziloʻngach)ning tugʻma boʻlmasligi yoki shikastlanish, yalligʻlanish va boshqa sabablarga koʻra bitib qolishi. Baʼzan bolaning orqa chiqaruv teshigi yoki jinsiy qini ochilmay tugʻilishi[1].

Xoana tareziyasi- burun boʻshligʻini burun halqumga ochilish qismini toʻliq yoki qisman,bir tomonlama yoki ikki tomonlama berk boʻlishi. Agar ikki tomonlama toʻliq atreziya boʻlsa chaqaloq koʻp vaqt oʻtmay nobut boʻlish ehtimolligi yuqori. Agar zudlik bilan operatsiya oʻtkazilsa yashab ketishi mumkin (Mirzahamid Mirzalatipov)

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil