[go: up one dir, main page]

Palau, (rasman: Palau Respublikasi, inglizcha: The Republic of Palau) — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi Karolina orollari turkumidagi 8 ta yirik orolda joylashgan davlat. Baʼzan Belau deb talaffuz etiladi. Orollarning eng kattasi — Babeltuap orol Maydoni 508 km². Aholisi 19,4 ming kishi (2002). Maʼmuriy-hududiy jihatdan 16 shtat (state)ra boʻlinadi. Poytaxti — Ngerulmud.[1]

Palau Respublikasi
Beluu er a Belau
Palau bayrogʻi
ShiorRainbow's End
Madhiya: Belau rekid
Location of Palau
Poytaxt Ngerulmud
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Palau tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Johnson Toribiong
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi AQSh ma'muriyatidan)
• Sana
1-oktabr 1994
Maydon
• Butun
458 km2 (197-oʻrin)
• Suv (%)
<1
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
20,303 (221-oʻrin)
• Zichlik 44/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$174 mil. (217-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$8,570
Pul birligi AQSh Dollar (USD)
Vaqt mintaqasi UTC+9
• Yoz (DST)
UTC+9
Qisqartma PS
Telefon prefiksi 680
Internet domeni .pw

Geografiya

tahrir

Barcha yirik orollari vulkan harakati natijasida vujudga kelgan, ular marjon riflari bilan oʻralgan. Fosfat konlari bor. Iqlimi nam, tropik iqlim. Yillik yogʻin 2250 mm dan 3000– 4500 mm gacha, Kusane o. togʻlarida 6000 mm. Vulkan orollarida doim yashil oʻrmon va savannalar; marjon orollarida, asosan, kokos palmasi va pandanus daraxti oʻsadi. Hayvonot dunyosi shimoliy orollarda mayda kemiruvchilar, kaltakesak, ilonlar va janubiy orollarda turli qush va hasharotlardan iborat. Sohil boʻyi suvlarida baliq koʻp.

Demografiyasi

tahrir

Aholisi — mikronezlar. Rasmiy til — ingliz va belau (palau) tillari. Dindorlarning aksariyati — katoliklar.

Tarixi

tahrir

Palau — respublika, AQSH bilan "erkin uyushgan" davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1981-yil qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Tomas Remengesau), aholi tomonidan toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 4 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (senat va delegatlar palatasi) Milliy kongress (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Palau arxipelagi orollarida odamlar Okeaniyadagi boshqa barcha orollarga nisbatan ilgariroq, bir necha ming yil avvaldan yashab keladi, deb taxmin qilinadi. Bu yerga yevropaliklardan birinchi boʻlib ispanlar 1710-yilda kelganlar. 1783-yil Angliya kemasi halokatga uchrashi oqibatida orolga keltirilgan kasalliklar natijasida 50 ming aholidan 5 mingi omon qoddi. 1886-yil hudud Ispaniya mustamlakasiga aylandi, 1889-yilda Germaniyaga sotib yuborildi, Birinchi jahon urushi vaqtida yaponlar bosib oldi va 1944-yilgacha ularning boshkaruvida boʻldi. 1947-yil BMT karoriga koʻra, AQSH boshqaruviga oʻtdi. 1993-yil noyabrdagi referendum ishtirokchilari AQSH ga ixtiyoriy ravishda qoʻshilish uchun ovoz berdi. 1994-yil 1-oktabrdan Palau Respublikasi AQSH bilan "erkin uyushma" doirasida mustaqillikka ega boʻldi. U oʻzini oʻzi idora qilsa ham, ammo mudofaa, moliya, tashqi ishlar masalalarini AQSH boshqaradi. Palau — 1994-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1-oktabr — Mustaqillik kuni (1994).

Xalq xoʻjaligi

tahrir

Vulkanlardan hosil boʻlgan unumdor yerlarda tapiok, kokos, meva va sabzavot yetishtiriladi, baliq ovlanadi. Qoramol, choʻchqa, echki boqiladi. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Keyingi vaqtda sayyohlik iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb eta boshladi. Rohatijon qum sohillar sayyohlarni koʻproq jalb etadi. Elektr energiya 16 ming kVtsoat quvvatli elektr styasida hosil qilinadi. Chetga kokos yongʻogʻi, tunets baligʻi sotadi, chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, yoqilgʻi oladi. AQSH va Tinch okean mintaqasi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — AQSH dollari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

tahrir

Siyosiy partiyalar yoʻq. Matbuoti "Palau gazett" ("Palau gazetasi", oyda bir marta ingliz tilida chiqadigan hukumat gaz.) va "Tia Palau" ("Bu — Palau", ingliz va maqalliy tillarda chiqadigan gaz.)dan iborat. "Palau neshnl komyunikeyshnz korporeyshn" radioeshittirish kompaniyasi va 2 telemarkaz bor.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR, 2013-10-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-23
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil