[go: up one dir, main page]

Loziqiya (arabcha: اللاذقية) — Suriyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi shahar. Loziqiya muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 305 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Oʻrta yer dengizi sohilidagi port. Loziqiya — Halab — Qamishli temir yoʻlining boshlangʻich punkti. Paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalari, elektr motorlari zavodi, universitet bor. Zaytun moyi, ipak matolar ishlab chiqariladi. Loziqiya yaqinidan bitum olinadi. Loziqiya qadimiy shahar. Shaharga finikiyaliklar asos solgan. 7-asrda Loziqiyani arablar bosib olgan. 1516— 1918-yillarda Usmonli turklar, 1918—1943-yillarda fransuzlar qoʻl ostida boʻlgan. 1943-yildan Suriya tarkibida[4].

Loziqiya

ٱللَّاذْقِيَّة / ٱللَّاذِقِيَّة
Shahar
Shahar markazi koʻrinishi
Voliy saroyi
Shahar bandargohi
Loziqiya muzeyi
Al-Assad stadioni
Latakia Sports City
35°31′00″N 35°47′00″E / 35.51667°N 35.78333°E / 35.51667; 35.78333
Mamlakat Suriya
muhofaza Loziqiya
okrug Loziqiya
Hukumat
 • Voliy Amir Ismoil Hilol[1][2]
Asos solingan Miloddan avvalgi 4-asr
Maydon 58 km2 (22 kv mi)
Markazi balandligi 11 m
Rasmiy til(lar)i arab tili
Aholisi
 (2023)
709,000[3]
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +963 41
Loziqiya xaritada
Loziqiya
Loziqiya

Iqtisodiyoti

tahrir
 
Loziqiya porti, Suriyaning asosiy bandargohi

Loziqiya porti Suriyaning asosiy dengiz porti hisoblanadi. U 1950-yil 12-fevralda tashkil etilgan va oʻsha vaqtdan beri shaharning ahamiyatini oshirdi. Port orqali kiyim-kechak, qurilish materiallari, transport vositalari, mebel, minerallar, tamaki, paxta va lintel, piyoz, bugʻdoy, arpa, xurmo, don va anjir kabi oziq-ovqat mahsulotlari import qilinadi. 2008-yilda port 8 million tonnaga yaqin yuk port orqali tashildi.

Portning 43 gektarli katta hududi konteyner terminali hisoblanadi. Omborning quvvati 17 000 tagacha konteynerni oʻziga sigʻdira oladi[5]. Loziqiya Iskandariya (Misr), Izmir (Turkiya) va Bayrut (Livan) bilan oltita parom liniyasi orqali bogʻlangan. 2011-yildan beri davom etayotgan Suriya fuqarolar urushida bu liniyalar ham bor-yoʻqligi maʼlum emas.

Loziqiya marinasida maksimal uzunligi 25 metr va suv tortishi 4 metrgacha boʻlgan kemalar uchun 150 ta joy mavjud[6]. Bu yerda Suriya harbiy-dengiz kuchlarining toʻrtta bazadan biri joylashgan.

Qishloq xoʻjaligi

tahrir

Loziqiya keng qishloq xoʻjalik hududiga ega. Eksport qilinadigan mahsulotlar sirasiga bitum (asfalt), yormalar, paxta, meva, tuxum, oʻsimlik moyi, kulolchilik, tamaki kiradi. Paxta tozalash, oʻsimlik moyini qayta ishlash, koʻnchilik va shimgichni baliq ovlash shaharning mahalliy sanoati sanaladi[7].

Turizmi

tahrir
 
Loziqiya yaqinidagi Vodiy al-Kandel plyaji

Loziqiyadagi Kot-d’Azur plyaji Suriyaning qirgʻoqboʻyidagi asosiy kurorti boʻlib, u yerda suv changʻisi, gidrosikl va vindsyorfing taklif etiladi. Shaharda sakkizta mehmonxona mavjud, ulardan ikkitasi besh yulduzli maqomga ega. Cote d’Azur de Cham Hotel ham, Lé Meridien Lattiquie Hotel ham shahardan 6 kilometr (3.7 mi) shimolda, Kot d’Azurda joylashgan. Lé Meridien Lattiquie mehmonxonasining 274 ta xonasi bor va shahardagi yagona xalqaro mehmonxonadir[8].

Suriyaning boshqa shaharlari bilan solishtirganda, vitrinalarga qaransh va kechki bozorlarni sayr etish Loziqiyada sevimli mashgʻulot sanaladi. Koʻplab dizaynerlik brendi doʻkonlari Azar koʻchasi 8-uyda joylashgan, shaharning savdo hududi markazi shahar markazidagi Azar koʻchasi 8-uy, Yarmoʻk koʻchasi va Saad Zagʻlul koʻchalari bilan oʻralgan bir qator mavzelar hisoblanadi. Loziqiyada Ugarit Cinema, al-Kindi va al-Moʻtanabbiy koʻchasi yaqinidagi kichikroq kinoteatrlar mavjud[9].

Taʼlim

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „President al-Assad issues decrees appointing new governors for four Syrian provinces“ (en-US). SANA (2021-yil 17-noyabr). 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  2. H. Zain / Mazen / H. Sabbagh.. „New Governor of Lattakia sworn in“ (2011-yil 23-aprel). 2011-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-aprel.
  3. a%201.98%25%20increase%20from%202020. (Wayback Machine saytida 2023-02-17 sanasida arxivlangan) Macrotrends. „Lattakia, Syria Metro Area Population 1950-2023.“
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Port of Lattakia. World Port Source“. 2019-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-oktyabr.
  6. [1][sayt ishlamaydi]
  7. Latakia (Wayback Machine saytida 2014-11-29 sanasida arxivlangan). (2009). In Encyclopædia Britannica. Retrieved 2009-03-01, from Encyclopædia Britannica Online.
  8. Carter, 2004, p.146.
  9. Mannehim, 2001, p.284.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir