[go: up one dir, main page]

Guldastaburj, tashqi devorlar tutashgan burchakda tirgak sifatida va ayni paytda, bezak maqsadida devorga qoʻshib tiklangan ustunsimon qurilma, kichik minora. Masjid, Madrasa, saroy kabi hashamatli binolarda asosan pishiq gʻishtdan ishlangan. Masjid devorlaridagi guldastalar minora shaqlida boʻlib, undan muazzin azon aytishida foydalanilgan. Guldastalar gʻishtdan shakl berib, baʼzan devorga qoʻshib koshin bilan bezatilgan, yuqori qismiga sharafa ishlangan (Samarqanddagi Tillakori Madrasa guldastasi). Jamoat binolaridan asosan bezak maqsadida ishlangani bilan burjdan farqlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil