FIFA U-17 Jahon chempionati
FIFA U-16 Jahon chempionati sifatida tashkil etilgan FIFA U-17 Jahon chempionati, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan 1991-yilda U-17 ga va 2007-yili hozirgi kundagi nomi – 17 yoshgacha boʻlgan erkaklar oʻrtasidagi futbol assotsiatsiyasi boʻyicha jahon chempionatiga oʻzgartirildi. Amaldagi chempion Braziliya boʻlib, u oʻz maydonida 2019-yilgi turnirda toʻrtinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Tashkiliy organ | FIFA |
---|---|
Asos solindi | 1985 |
Hudud | International |
Jamoalar soni | 24 (finals) |
Tegishli musobaqalar | FIFA U-20 Jahon chempionati |
Hozirgi chempionlar | Braziliya (4 ta unvon) |
Eng muvaffaqiyatli jamoa(lar) | Nigeriya (5 ta unvon) |
Vebsayt | Web site |
FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 |
Tarixi
tahrirFIFA U-17 Jahon chempionati 1977-yilda Singapur futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Lion City Cup musobaqasidan andoza olingan. Lion City Cup 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi dunyodagi birinchi futbol turniri edi. FIFAning oʻsha paytdagi bosh kotibi Zepp Blatterning 1982-yilgi Lion City kubogi uchun Singapurda boʻlganidan keyin tavsiyasiga binoan FIFA FIFA U-16 Jahon chempionati yaratildi[1].
Birinchi marotaba 1985 yilda Xitoyda[2] oʻtkazilgan boʻlib oʻshandan buyon turnirlar har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi. Musobaqa 1991-yildan boshlab 16 yoshgacha boʻlgan va 17 yoshga toʻlgan oʻyinchilar uchun oʻtkazila boshlandi. Hindiston mezbonlik qilgan 2017-yilgi turnir, tarixidagi eng koʻp ishtirokchi qatnashgan turnir boʻldi, FIFA U-17 Jahon chempionatiga jami tashrif buyuruvchilar soni 1 347 133 nafarni tashkil etdi[3].
Nigeriya beshta chempionlik va uchta ikkinchi oʻrin bilan turnir tarixida eng muvaffaqiyatli qatnashgan mamlakat hisoblanadi. Braziliya toʻrtta chempionlik va ikkita ikkinchi oʻrin bilan ikkinchi eng muvaffaqiyatli mamlakat, Gana va Meksika ikki marta turnirda gʻolib chiqib keyingi oʻrinlarni egallashgan.
FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2008-yilda boshlangan boʻlib, birinchi turnirda Shimoliy Koreya gʻalaba qozongan edi.
Tuzilishi
tahrirHar bir turnir guruh bosqichidan iborat boʻlib, unda toʻrtta jamoa bir-biriga qarshi oʻynaydi va guruh jadvalidagi oʻrinlar qaysi jamoalar keyingi bosqichga oʻtishini hal qiladi, soʻngra gʻolib jamoa musobaqani davom ettirib keyingi bosqich yoʻllanmasini olsa, yutqazgan jamoa esa musobaqadagi faoliyatini yakunlaydi. Bu turnir gʻolibini aniqlaydigan finalga chiqish uchun ikkita jamoa qolguncha davom etadi. Magʻlub boʻlgan yarim finalchilar ham uchinchi oʻrinni aniqlash uchun oʻyin oʻtkazishadi.
1985-yildan 2005-yilgacha musobaqada guruh bosqichida har biri toʻrttadan toʻrtta guruhga boʻlingan 16 jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa oʻz guruhidagi boshqalar bilan oʻynadi va guruh gʻolibi va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi. 2007-yildan boshlab turnir har birida toʻrttadan oltita guruhga boʻlingan 24 jamoaga kengaytirildi. Har bir guruhda eng yaxshi 2 oʻrin va uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi toʻrtta jamoa pley-off bosqichiga yoʻl oldi.
Musobaqa oʻyinlari 45 daqiqalik ikkita boʻlimda (yaʼni, jami 90 daqiqa) oʻtkaziladi, 2011-yilgi turnirga qadar,Pley-off bosqichida jamoalar 90-daqiqa yakunigacha durang qayd etishadigan boʻlishsa, qoʻshimcha 30 daqiqa vaqt oʻyashdi, agar durang boʻlsa , penaltilar seriyasi orqali gʻlib aniqlandi. 2011-yilgi turnirga kelib, oʻyinchilarning charchashiga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻshimcha vaqt oraligʻi olib tashlandi va barcha play-off oʻyinlari 90 daqiqa oxirida durang boʻlsa, gʻolib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadigan boʻldi.
2024-yildan boshlab turnir har yili oʻtkaziladi va unda 48 ta ishtirokchi jamoa 12 ta jamoadan iborat 4 ta „mini-turnir“(4 ta mintaqa)ga boʻlingan holda, har biri 4 tadan 3 ta guruhga boʻlinib, gʻoliblar va eng yaxshi ikkinchi oʻrinni egallagan MT yarim finaliga yoʻllanma olib va undan soʻng 2 ta gʻolib finalga yoʻllanma oladigan boʻladi. Har bir MT gʻolibi 2 ta yarim final, uchinchi oʻrin uchun oʻyin va FIFA U17 jahon chempionlarini aniqlash uchun final oʻtkazadigan „yakuniy toʻrtlik“ turniriga yoʻllanma oladi[4].
Malaka
tahrirHar bir turnirning mezbon davlati toʻgʻridan toʻgʻri guruh bosqichida qatnashadi. Qolgan jamoalar oltita mintaqaviy konfederatsiyalar tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalar orqali saralanadi. 1985-yilda birinchi marotaba tashkil etilgan turnirga FIFA taklifiga binoan Yevropaning barcha jamoalari va Boliviya tashrif buyurishgan.
Natijalar
tahrir- Musoboqa nomlar tarixi
- 1985–1989: FIFA U-16 Jahon chempionati
- 1991–2005: FIFA U-17 Jahon chempionati
- 2007–hozirgacha: FIFA U-17 Jahon Kubogi
- Kalit
- aet: Qoʻshimcha vaqt
- p: penaltilar seriyasi
Kuchli toʻrtlikka kirgan jamoalar
tahrirJamoa | Yutuq | Ikkinchi oʻrin | Uchinchi oʻrin | Toʻrtinchi oʻrin |
---|---|---|---|---|
Nigeriya | 5 (1985, 1993, 2007, 2013, 2015) | 3 (1987, 2001, 2009) | ||
Braziliya | 4 (1997, 1999, 2003, 2019) | 2 (1995, 2005) | 2 (1985, 2017) | 1 (2011) |
Gana | 2 (1991, 1995) | 2 (1993, 1997) | 1 (1999) | 1 (2007) |
Meksika | 2 (2005, 2011) | 2 (2013, 2019) | 1 (2015) | |
Fransiya | 1 (2001) | 1 (2019) | ||
Sovet Ittifoqi | 1 (1987) | |||
Saudiya Arabistoni | 1 (1989) | |||
Shveysariya | 1 (2009) | |||
Angliya | 1 (2017) | |||
Ispaniya | 4 (1991, 2003, 2007, 2017) | 2 (1997, 2009) | ||
Germaniya1 | 1 (1985) | 2 (2007, 2011) | 1 (1997) | |
Mali | 1 (2015) | 1 (2017) | ||
Shotlandiya | 1 (1989) | |||
Avstraliya | 1 (1999) | |||
Urugvay | 1 (2011) | |||
Argentina | 3 (1991, 1995, 2003) | 2 (2001, 2013) | ||
Niderlandiya | 1 (2005) | 1 (2019) | ||
Kot-dʼIvuar | 1 (1987) | |||
Portugaliya | 1 (1989) | |||
Chili | 1 (1993) | |||
Burkina Faso | 1 (2001) | |||
Shvetsiya | 1 (2013) | |||
Belgiya | 1 (2015) | |||
Kolumbiya | 2 (2003, 2009) | |||
Gvineya | 1 (1985) | |||
Italiya | 1 (1987) | |||
Bahrayn | 1 (1989) | |||
Qatar | 1 (1991) | |||
Polsha | 1 (1993) | |||
Ummon | 1 (1995) | |||
AQSh | 1 (1999) | |||
Turkiya | 1 (2005) |
- 1Gʻarbiy Germaniyani ifodalovchi natijalarni oʻz ichiga oladi
Kontinental zonalar boʻyicha ishtirokchilar
tahrirAfrika eng muvaffaqiyatli kontinental zona boʻlib, 7 ta turnir gʻolibi (5 ta Nigeriya, 2 ta Gana) va 6 marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Xususan, 1993-yilgi finalda Afrikaning ikkita jamoasi ishtirok etgan, oʻshanda finalda bitta konfederatsiyadan ikkita jamoa ishtirok etgan. Afrika jamoalari 1993-yilgi finalni takrorlashdi, Mali Gana oʻrniga (yosh buzilishi uchun diskvalifikatsiya qilingan) 2015-yilda Nigeriya va Mali oxirgi ikki oʻringa chiqishdi va Nigeriya oltinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Janubiy Amerika 3 ta turnirda gʻalaba qozongan va uch marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Bundan tashqari, Argentina 3 marta uchinchi oʻrinni egallagan, Chili bir marta va Kolumbiya ikki marta toʻrtinchi oʻrinni egallagan, ammo oxirgi ikkitasining hech biri finalda ishtirok etmagan.
Yevropa 4 ta turnirda gʻalaba qozongan (Fransiya, SSSR, Shveysariya va Angliya uchun 1 tadan) va 6 marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Ispaniya 4 marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Bundan tashqari, Portugaliya va Niderlandiya 1989 va 2005-yillarda mos ravishda uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.
KONKAKAF zonasida 2 ta turnir gʻolibi (Meksika uchun 2005 va 2011), bu konfederatsiya toʻrt marta finalga chiqqan (Meksika bilan).
Osiyoda 1 ta turnir gʻolibi (1989-yil Saudiya Arabistoni uchun), bu konfederatsiya jamoasi finalga chiqqan yagona va Osiyo terma jamoasi erkaklar toifasida FIFA turnirida gʻolib chiqqan yagona marta (Avstraliya 1999-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan, ammo oʻsha paytda Okeaniya Futbol Konfederatsiyasida edi).
Okeaniya turnirda gʻalaba qozonmagan va 1 marta ikkinchi oʻrinni egallagan (1999-yilda Avstraliya uchun). Shundan soʻng Avstraliya Osiyo konfederatsiyasiga oʻtdi.
Ushbu turnirning oʻziga xosligi shundaki, unvonlarning aksariyati eng kuchli mintaqaviy konfederatsiyalar (CONMEBOL va UEFA)dan tashqaridagi jamoalarga nasib etdi. Hozirgacha oʻtkazilgan oʻn beshta nashrning toʻqqiztasida (jami 60 foiz) Shimoliy va Markaziy Amerika, Afrika va Osiyo jamoalari gʻalaba qozongan.
Konfederatsiya (materik) | Sovrindorlar | |||
---|---|---|---|---|
Gʻoliblar | Ikkinchi oʻrin | Uchinchi oʻrin | Toʻrtinchi oʻrin | |
CAF (Africa) | 7 times: Nigeriya (5), Gana (2) | 6 times: Nigeriya (3), Gana (2), Mali (1) | 3 times: Gana (1), Ivory Coast (1), Burkina Faso (1) | 3 times: Gana (1), Guinea (1), Mali (1) |
UEFA (Europe) | 4 times: Fransiya (1), SSSR (1), Shveysariya (1), Angliya (1) | 6 times: Ispaniya (4), Germaniya (1), Shotlandiya (1) | 9 times: Germaniya (2), Ispaniya (2), Belgium (1), Fransiya (1), Niderlandiya (1), Portugaliya (1), Shvetsiya (1) | 5 times: Germaniya (1), Italiya (1), Niderlandiya (1), Polsha (1), Turkiya (1) |
CONMEBOL (South America) | 4 times: Braziliya (4) | 3 times: Braziliya (2), Urugvay (1) | 6 times: Argentina (3), Braziliya (2), Chili (1) | 5 times: Braziliya (1), Argentina (2), Kolumbiya (2) |
CONCACAF (North, Central America and Caribbean) | 2 times: Meksika (2) | 2 times: Meksika (2) | None | 2 times: Meksika (1), Qoʻshma Shtatlar (1) |
AFC (Osiyo) | 1 time: Saudiya Arabistoni (1) | None | None | 3 times: Bahrain (1), Qatar (1), Oman (1) |
OFC (Oceania) | None | 1 time: Avstraliya (1) | None | None |
Mukofotlar
tahrirMusobaqa ishtirokchilarni quidagi mukofotlar bilan taqidirlanadi:
- "Oltin toʻp" turnirning eng samarali oʻyinchisiga beriladi;
- "Oltin butsa" turnirning eng yaxshi toʻpurariga beriladi;
- "Oltin qoʻlqop" turnirning eng yaxshi darvozaboniga beriladi;
- FIFA Fair Play kubogi turnirda eng yaxshi intizomga ega boʻlgan jamoaga topshiriladi.
Rekorlar va natijalar
tahrirYana qarang
tahrir- Futbol musobaqalari roʻyxati
- FIFA U-20 Jahon chempionati
- FIFA U-17 ayollar Jahon chempionati
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiomborda FIFA U-17 Jahon chempionati haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (English)
- World Championship for U-16/U-17 Teams at the RSSSF.com
- FIFA U17 WC (archived)