[go: up one dir, main page]

Aleksey Barsov (1966-yil 3-aprelda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik shaxmat grossmeysteri. Barsov Samarqand shahrida tugʻilgan.

Aleksey Barsov

Tugʻilgan sanasi: 3-aprel 1966-yil (1966-04-03) (58 yosh)
Tugʻilgan joyi: Samarqand SSSR
Unvoni: Grossmeyster
Maksimal reytingi: 2550 (2002-yil aprel)

Shaxmat faoliyati

tahrir

Maʼlumoti boʻyicha huquqshunos boʻlgan Barsov 1990-yillarning boshidan professional shaxmatchi boʻlib, Oʻzbekistondagi yetakchi oʻyinchilardan biri hisoblanadi. U bir necha yillar davomida hamyurti sobiq FIDE jahon chempioni Rustam Qosimjonovga shaxmatdan murabbiylik qilgan.

U 1995-yilda Vlissingendagi Zeeland Open turnirida gʻolib chiqdi. Barsovning Oksford (1998-yil) va Yorkdagi gʻalabalari (1999-yil, Tiger Hillarp Persson va Julian Hogson bilan birgalikda) uning xalqaro shaxmat turnirlaridagi eng koʻzga koʻringan muvaffaqiyatlari qatoriga kiradi. 2001-yilda Harikrishna va Sasikiran bilan birgalikda Xastings xalqaro shaxmat kongressida gʻolib chiqdi. Barsov 2004-yilgi shaxmat boʻyicha FIDE jahon chempionatida ishtirok etib, birinchi raundda Aleksandr Beliavskiyga yutqazib qoʻydi. U 2004-yilda Saint-Quentin va 2005-yilda Kasablanka turnirlarida gʻolib chiqqan. Barsov 2006 va 2010-yillarda shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻolib chiqqan. 2011-yilda u 4-Bayrut Open turnirida birinchi oʻrin egasi boʻldi[1]. Keyingi yili Barsov Bishkekda boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha 2-Oʻrta Osiyo kubogida[2] Semetey Toʻlogʻontegin bilan birinchi oʻrinni egalladi[3].

Barsov Istanbul 2000-yil, Kalvia 2004-yil, Turin 2006-yil, Drezden 2008-yil va Xanti-Mansiysk 2010-yil shaxmat olimpiadalarida Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan[4]. U Yevropaning bir qancha shaxmat klublarida, shu jumladan Germaniya shaxmat Bundesligasida ishtirok etadigan klublarda oʻynagan.

Mashhur oʻyinlari

tahrir

Manbalar

tahrir