[go: up one dir, main page]

Aleksandr II (1818 – 1881. Peterburg) – Rossiya imperatori (1855-81). Nikolay I ning katta oʻgʻli. Rossiyaning Qrim urushi (1853-1856) da yengilishi natijasida 60-70- yillarda bir qancha islohotlar oʻtkazdi. Rossiyada krepostnoy huquqni bekor qilishga maj-bur boʻlgan (1861); Polsha qoʻzgʻoloni (1863-1864)ni shafqatsizlik bilan bo-stirdi. Aleksandr II davrida Rossiya imperiyasi ancha kengaydi: Uzoq, Sharqda Amur daryosining soʻl qirgʻogʻi, Ussuriy oʻlkasi, Ardahn, Kare va Botumi shaharlari, shuning-dek gʻarbda Bessarabiyaning bir qismi Rossiya tomonidan bosib olindi. Turkiston oʻlkasining katta qismi bosib olinib, Xiva xonligi va Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga aylangan. 1881-yil martida „Xalq erki“ tashkilotining aʼzosi I. I. Grinevitskiy Aleksandr IIga suiqasd qilib uni oʻldirgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil