[go: up one dir, main page]

Rossiya imperiyasi (boshqa nomi Podsho Rossiyasi) — Rossiya davlati asosida shakllangan davlat. 1721-yilda Pyotr I tomonidan imperiya deb eʼlon qilingan. Rossiya imperiyasi tarkibiga Boltiqboʻyi, Oʻng qirgʻoq Ukraina, Belarus, Polshaning bir qismi, Bessarabiya, Shimoliy Kavkaz (XIX asrdan), shuningdek, Finlandiya, Kavkazorti, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo va Pomir kirgan. XIX asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hududi 22,4 million km² ga yetgan. 1897-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, imperiyada 128,2 million kishi, jumladan, Rossiyaning Yevropa qismida 93,4 million, Polsha podshohligida 9,5 million, Finlandiya Buyuk knyazligida 2,6 million, Kavkaz oʻlkasida 9,3 million, Sibirda 5,8 million, Oʻrta Osiyoda 7,7 million kishi yashagan. 100 dan ziyod xalqlar ushbu hududda istiqomat qilgan; aholisining 57 % ni rus boʻlmagan xalqlar tashkil etgan. Rossiya imperiyasi hududi 1914-yil 81 guberniyaga va 20 oblastga boʻlingan; 931 shahar mavjud boʻlgan. Guberniya va oblastlarning bir qismi general-gubernatorliklarga (Varshava, Irkutsk, Kiyev, Moskva, Amurboʻyi, Dasht, Turkiston va Finlandiya) birlashtirilgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya imperiyasining rasmiy vassallari boʻlgan. 1914-yil Uryanxay oʻlkasi Rossiya imperiyasi protektorati (homiyligi) ga oʻtgan. Rossiya imperiyasi merosiy monarxiya boʻlib, uni mutlaq hokimiyatga ega podsho boshqargan. Uning oila aʼzolari va qarindoshlari podsho xonadonini tashkil etgan. Hukmron cherkov pravoslaviye boʻlib, uni podsho Sinod orqali idora etgan. Barcha aholi P. R. fuqarolari hisoblangan, erkak aholi (20 yoshgacha) podshoga sadoqati haqida qasamyod ettirilgan. Rossiya imperiyasi fuqarolari 4 tabaqaga ajratilgan: dvoryanlar, ruhoniylar, shahar va qishloq aholisi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Sibir va boshqa mintaqalarning mahalliy aholisi alohida tabaqaga — „gʻayrirus“ aholiga ajratilgan. Rossiya imperiyasining gerbi — ikki boshli burgut, davlat madhiyasi — „Boje, sarya xrani“ („Podshoni oʻzing asra, xudoyim“). Umumdavlat tili — rus tili. 1917-yildagi Fevral inqilobi monarxiyani agʻdargan: 1917-yil 14-sentabrda Muvaqqat hukumat Rossiyani respublika deb eʼlon qilgan. Shundan boshlab Rossiya Federatsiyasi davlati vujudga keladi va asta sekin markaziy Osiyo davlatlarini birin ketin Sovet ittifoqi tasarrufiga oʻtkazish va qarab mamlakatga aylantirish boshlanadi[1].

Rossiya imperiyasi
Rossiya imperiyasi (1914-yil)

Hukmdorlari

tahrir

Aholisi

tahrir
Yil Aholisi (million)[2][3]
1720 15.5
1795 37.6
1812 42.8
1816 73.0
1897 125.6
1914 164.0

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Brian Catchpole, A Map History of Russia (1974) s. 25.
  3. „Первая всеобщая перепись населения Российской Империи 1897 г.“ [First general census of the population of the Russian Empire in 1897] (ru). Demoscope Weekly. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.

Adabiyotlar

tahrir
  • Ascher, Abraham. Russia: A Short History (2011) excerpt and text search
  • Bushkovitch, Paul. A Concise History of Russia (2011) excerpt and text search
  • Freeze, George. Russia: A History, 2nd, Oxford: Oxford University Press, 2002 — 556-bet. ISBN 978-0-19-860511-9. 
  • Hosking, Geoffrey. Russia and the Russians: A History (2nd ed. 2011)
  • Hughes, Lindsey. Russia in the Age of Peter the Great. New Haven, CT: Yale University Press, 2000 — 640-bet. ISBN 978-0-300-08266-1. 
  • Kamenskii, Aleksandr B. The Russian Empire in the Eighteenth Century: Searching for a Place in the World (1997). xii. 307 pp. A synthesis of much Western and Russian scholarship.
  • Lieven, Dominic, ed. The Cambridge History of Russia: Volume 2, Imperial Russia, 1689–1917 (2015)
  • Lieven, Dominic. Empire;HIPjand Its Rivals (Yale UP, 2001)
  • Lincoln, W. Bruce. The Romanovs: Autocrats of All the Russias (1983) excerpt and text search, sweeping narrative history
  • Longley, David. The Longman Companion to Imperial Russia, 1689–1917. New York, NY: Longman Publishing Group, 2000 — 496-bet. ISBN 978-0-582-31990-5. 
  • McKenzie, David & Michael W. Curran. A History of Russia, the Soviet Union, and Beyond. 6th ed. Belmont, CA: Wadsworth Publishing, 2001. ISBN 0-534-58698-8.
  • Moss, Walter G. A History of Russia. Vol. 1: To 1917. 2d ed. Anthem Press, 2002.
  • Pares, Bernard. A history of Russia (1947) pp 221–537, by a famous historian online free to borrow
  • Perrie, Maureen, et al. The Cambridge History of Russia. (3 vol. Cambridge University Press, 2006). excerpt and text search
  • Riasanovsky, Nicholas V. and Mark D. Steinberg. A History of Russia. 7th ed. New York: Oxford University Press, 2004, 800 pages. online 4th edition free to borrow
  • Ziegler; Charles E. The History of Russia (Greenwood Press, 1999) online edition

Havolalar

tahrir