[go: up one dir, main page]

Aloe, aloy – loladoshlar oilasiga mansub doim yashil, koʻp yillik oʻtlar (baʼzan daraxtlar) turkumi. Tropik va subtropik mintaqalarda oʻsadi. Qariyb 180 turi maʼlum. Aloe turlari gultuvakda ham oʻstiriladi; ularning bargi semiz, sersuv, qalin va tikanli. Aloe bargidan olinib quritiladigan shira – sabur surgi sifatida, konservatsiya qilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastritni davolashda ishlatiladi. Aloening bargidan olinib konservatsiya qilingan biostimulyatorlarga boy ekstrakta organizm mustahkamligini oshiruvchi vosita sifatida teri ostiga yuboriladi.

Aloe succotrina

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil