[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Odob

Vikiiqtibosdan olingan
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:

Odob (arabcha — „adab“ soʻzining koʻpligi) — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi.


Iqtiboslar

[tahrirlash]
  •  

Azizim, lof urma nasl-u nasabdan,
Nasabdan kechgilu, lof ur adabdan!

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Ilm va odob tagi yo‘q xazina. Kimki unga ega bo‘lsa, qadr-u qiymati biland bo‘ladi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Kitob odob-axloqning koni, bilimning esa bulogʻidir.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Kishida odob boʻlsa, ilm ham boʻlishi lozim. Odob aqlga bogʻliq narsa. Aql ustiga odob ham qoʻshilsa nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Ulugʻlik aql-u odob bilan vujudga keladi. Aqlning qadri odob bilan, boylik qadri saxovat bilan, quvvat qadri bahodirlik bilan oshadi.

  Qayum Nosiriyning „Favoqih al-julaso“ asaridan[4]
  •  

Odob ahli bilan hamsuhbat bo‘lish — gullar hidini ufurayotgan tong nasimidan ham shirin.

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Odobli odam tabibga o‘xshaydi, u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Odobsizlik ota-ona uyini xarob qiladi.

  Otalar soʻzi[6]
  •  

Sababsiz kulgi — beodoblik belgisi.

  Otalar soʻzi[6]

Adabiyotlar

[tahrirlash]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 33.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 16.
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 19.
  4. 4,0 4,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 2.
  5. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 3.
  6. 6,0 6,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 6.

Adabiyotlar

[tahrirlash]

Manbalar

[tahrirlash]