Zaskar
Qiyofa
Zaskar — Himolay togʻlarining shim.gʻarbiy qismidagi togʻ tizmasi. Hindiston va Xitoy hududida. Uz. shim.gʻarbdan jan.sharqqa 600 km. 6400 m balandlikda daralar bilan oʻyilgan keng platosimon yuza boʻlib, unda bal. 7800 m dan ortiq boʻlgan alohida choʻqqilar koʻtarilib turadi. 3. ohaktosh, qumtosh, slanets va granitdan tuzilgan. Jan. yon bagʻrida 4000 m gacha oʻrmon, undan yuqorida alp va subalp oʻtloklari, togʻ tepalarida doimiy qor va muzliklar, shim.da dashtlar bor. Satlaj daryosi kesib oʻtadi. Vodiylarda dehqonchilik qilinadi. Korund konlari topilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |