[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Zalsburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zalsburg (nem. Salz—tuz va burg— shahar) — Avstriyaning markaziy qismidagi shahar. Zalsax daryosining har ikki sohilida, 1300—2000 m baland likda, Zalsburg soyligida joylashgan. Zalsburg yerining maʼmuriy markazi. Axrlisi 144,2 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Toʻqimachilik, oziqovqat, mashinasozlik, poligrafiya, yogochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chiqariladi; marmar qayta ishlanadi. 3. oʻrnida qadimda keltlar yashagan, rimliklar Z.ni Yuvavum deb atagan. 11—12-asrlardan 3. atrofidan koʻplab tuz qazib olina boshlagan. 1805 y.dan 3. Avstriya, 1810 y.dan Bavariya, 1815 y.dan yana Avstriya tarkibida. Z.da V. Motsart tugʻilgan uy, Karolina Avgusta muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan eski shahar qismida (daryoning chap sohili) barokko uslubidagi sobor (1611—28), arxiyepiskop qarorgohi (1120), cherkovlar va b. sakdangan. Yangi zamonaviy binolar daryoning oʻng sohilida joylashgan. Festivallar uyida musiqa va teatr sanʼatining xalqaro festivallari boʻlib turadi. Turizm markazi. Unt bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil