Yusuf Ibn Qusayr Maqbarasi
Qiyofa
Yusuf Ibn Qusayr Maqbarasi, Otabobo maqbarasi — Ozarbayjon oʻrta asrlar meʼmorlik yodgorligi (1162); Naxichevanda. Meʼmor Ajamiy ibn Abu Bakr tomonidan bunyod etilgan. Maqbara 8 qirrali minorasimon shaklda, pishiq gʻishtdan qurilgan; usti qoʻsh qavatli kulohiy gumbaz bilan Yusuf ibn Qusayr maq barasi yopilgan. Inshoot yuksak darajadagi qurilishmuhandislik yechimi bilan ajralib turadi. Mavj usulida terilgan gʻisht qalamlarining boʻrtma yuzasi inshootning umumiy shakli bilan uygʻunlashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |