[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Yelena Vayenga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yelena Vayenga
Tavalludi Елена Владимировна Хрулёва
27-yanvar 1977-yil
Janrlar pop
Kasbi qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi, bastakor, aktrisa
Faoliyat yillari 1996-hozirgacha
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Veb-sayt http://vaenga.ru/

Yelena Vladimirovna Vayenga (asl familiyasi – Xrulyova; 1977-yil 27-yanvar; Murmansk viloyati, Severomorsk shahri) – rossiyalik estrada xonandasi, qoʻshiq muallifi, aktrisa, „Shanson goda“ mukofotlari sovrindori, kontr-admiral Vasiliy Semyonovich Juravelning nevarasi[1]. U „Fantastika“ koʻrsatuvining ikkinchi mavsumi gʻolibi ham hisoblanadi[2].

Vayenga – Kola yarim orolidagi daryoning nomi. Yelenaning ona shahri boʻlgan Severomorsk 1951-yil 18-aprelgacha Yuqori va Quyi Vayengaga boʻlingan boʻlgan. Ism va taxallusning asosida saamcha „urgʻochi bugʻu“ maʼnosini anglatuvchi soʻz yotadi. Bu taxallusni uning onasi oʻylab topgan[3].

1977-yil 27-yanvarda Severomorskda tugʻilgan. Uch yoshidan qoʻshiq aytishni va musiqa boʻyicha taʼlim olishni boshlagan.

Onasi kimyogar, otasi muhandis boʻlib, Vyujniy qishlogʻida atom suv osti kemalariga xizmat koʻrsatadigan „Nerpa“ kemasozlik zavodida ishlashgan.

Onasi tomonidan bobosi – Shimoliy flot kontr-admirali Vasiliy Semyonovich Juravel, u „Sankt-Peterburgning mashhur insonlari“ kitobida tilga olingan. Buvisi Nadejda Georgiyevna Juravel (uning choʻqintirgan onasi) (1927-2024). Buvisi haqida Vayenganing qoʻshigʻi bor: „Moya babushka chitaet misli…“. Otasining ota-onasi asl peterburglik boʻlib, Leningrad qamalini boshdan kechirganlar. Otasi tomonidan bobosi zenitchi boʻlib, Ulugʻ Vatan urushi paytida Oraniyenbaum yaqinida jang qilgan, buvisi esa qamal paytida Leningraddagi shifoxonada shifokor boʻlgan.

Vayenganing diplomatiya sohasida ishlaydigan Tatyana ismli singlisi bor.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yildan 2011-yilgacha 16 yil davomida qonuniy eri – Ivan Ivanovich Matviyenko (1957-yilda tugʻilgan) – qoʻshiqchining prodyuseri boʻlgan[3][4][5][6].

2012-yil 10-avgustda Vayenga oʻgʻli Ivanni dunyoga keltirgan[7][8].

2016-yil 30-sentyabrda Roman Sadirbayevga turmushga chiqqan[9].

  1. Садчиков М. «Я — внучка адмирала Северного флота» // Мурманский вестник. — 2011, 5 марта. Архивировано 11 noyabr 2020 года.
  2. „Елена Ваенга – победитель шоу Фантастика-2 (2023): в финале раскрыли всех персонажей“ (ru-RU). www.kp.ru. 2023-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
  3. Садчиков М. «Я — внучка адмирала Северного флота» // Мурманский вестник. — 2011, 5 марта. Архивировано 11 noyabr 2020 года.
  4. Велигжанина А. Откровения цыгана Ивана Матвиенко мужа Елены Ваенги // Комсомольская правда. — 2011, 10 февраля. Архивировано 30 avgust 2011 года.
  5. „Муж Елены Ваенги Иван Матвиенко: Лена сама от меня ушла!“. 2015-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-fevral.
  6. Барышева И. Елена Ваенга: «Муж терпел меня 16 let!". Архивировано 13 noyabr 2011 года.
  7. Антонов М. Елена Ваенга родила богатыря Ивана. — 2012, 17 августа. Архивировано 22 sentyabr 2012 года.
  8. „Наедине со всеми. Елена Ваенга“. Первый канал (2015-yil 17-fevral). 2015-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-fevral.
  9. „Кто такой Роман Садырбаев, за которого вышла замуж Елена Ваенга? | Aktualnie voprosi | Vopros-Otvet | Argumenti i Fakti“. 2016-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-oktyabr.