Yetarli asos qonuni
Yetarli asos qonuni - har bir fikrning asosli, isbotlangan boʻlishi, boshqa fikrlar bilan zaruriy bogʻliqligi haqidagi mantiqiy qonun.
Unda qar qanday chin fikr asoslangan boʻlmogʻi, yaʼni uning chinligi boshqa chin fikr bilan asoslangan, undan mantiqiy kelib chiqqan, u bilan isbotlangan boʻlishi lozim. Aks holda fikrdagi izchillik, mantiqiy tartib buziladi. Ye.a.q. obyektiv munosabatlarni, xususan, borliqdagi sababiy bogʻlanishlarni aks ettirish asosida shakllangandir. Mas, qirda bugʻdoyning yaxshi koʻkarishi, moʻl hosil berishi yomgʻirning oʻz vaqtida yogʻib turishiga bogʻliq. Yomgʻir yogʻishi bulutning paydo boʻlishi va toʻplanishiga, bu esa, oʻz navbatida, yerdagi suvlarning yetarli darajada bugʻlanishiga bogʻliq. Demak, sabab va oqibat mavjudligi mutlaqo oʻzgarmas xususiyat emas. Biroq, olamda har bir narsa va hodisa sabab va oqibat shaklida koʻrinishi mumkin, chunki tayin narsa va hodisalar emas, umumiy bogʻlanish, oʻzgarish, rivojlanish abadiydir. Ye.a.q. obyektiv reallikni toʻgʻri aks ettirish, jumladan fanning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |