[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Yapon boʻrisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yapon boʻrisi
Milliy Tabiat va Fanlar Muzeyida Yapon bo‘risining qotirilgan namunasi, Tokyo, Yaponiya
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Boʻri
Binar nomi
Canis lupus hodophilax
Sinonimlari

Yapon boʻrisi (yaponcha: ニホンオオカミ(日本狼), yaponcha: Nihon ōkami, yoki 山犬, yamainu; Canis lupus hodophilax, shuningdek, Xonsyu boʻrisi nomi bilan ham tanilgan. U bir vaqtlar Yapon arxipelagining Honshū, Shikoku va Kyūshū orollarida endemik boʻlgan kulrang boʻrining yoʻq boʻlib ketgan kenja turi hisoblanadi.

Yapon boʻrisi bir vaqtlar Yapon arxipelagida topilgan ikkita kenja turdan biri boʻlib, ikkinchis Xokkaydo boʻrisidir. Genetik tahlillar Yapon boʻrisining mavjud boʻri populatsiyalaridan juda katta farq qilganligini koʻrsatadi. U pleystotsen davridagi boʻrilar populatsiyasi bilan yaqin aloqada boʻlib, uy itlarining paydo boʻlishiga sabab boʻlgani tahmin qilinadi[3][4].

Yaponiyada uzoq vaqt davomida hurmat bilan qaralgan boʻlishiga qaramay, Yaponiyaga quturish va it distemperining kirib kelishi yapon boʻrisi populatsiyaning yoʻqolib ketishiga olib keldi va shuningdek Meydzi islohoti davrida olib borilgan siyosat natijasida yapon boʻrisi XX asr boshlariga kelib toʻliq yoʻq boʻlib ketdi. XX va XXI asrlarda shunga oʻxshash boʻrilarning yaxshi hujjatlashtirilgan kuzatuvlari amalga oshirilgan va ular omon qolgan boʻrilar deb taxmin qilingan. Biroq, ekologik va xulq-atvor omillari tufayli, ularning qanday turligi boʻyicha shubhalar saqlanib qolmoqda[5][6][7].

C. hodopylax ning binar nomi yunoncha Hodos (yoʻl) va phylax (qoʻriqchi) soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, Yapon xalq ogʻzaki ijodida yoʻlovchilarni himoya qiluvchi boʻri Okuri-inu nomidan olingan[8].

Yapon boʻrisiga tegishli boʻlgan boshqa koʻplab taxalluslar mavjud[9], va ōkami (boʻri) nomi qadimgi yaponchadagi öpö-kamï soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, u „buyuk ruh“ degan maʼnoni anglatadi[8][9][10][11]. Ushbu anʼana Shinto diniga asoslangan boʻlib, unda yovvoyi hayvonlar togʻ ruhi Yama-no-kami bilan bogʻlangan. Ōkuchi-no-Makami (Yaponcha) Yapon boʻrisining qadimgi va ilohiylashtirilgan taxallusi boʻlib, unga hurmat va qoʻrqinch bilan qaralgan va bir necha nazariyalarga koʻra u „katta ogʻizli iloh“ degan maʼnoni anglatgan. Boʻri ogʻzi bir qancha afsonalar va folklorlarga asos boʻlgan, masalan, boʻri Yamato Takeruga yoʻl koʻrsatgan va shahzoda tomonidan shunday nomlangan[12].

Taksonomiya and kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Canis lupus hodophilaxning Siebold tomonidan chizilgan tasviri

Nomenklatura: „ōkami“ va „yamainu“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niderland zoologi Coenraad Jacob Temminck Yapon boʻrisini alohida tur siofatida tasniflashidan oldin, Yaponiyada uzoq vaqtdan beri ikki xil it turi mavjudligi tan olingan edi. Ular ōkami (boʻri) va yamainu („togʻ iti“, ehtimol yovvoyi it turi), ikkalasi ham 1803-yilda oʻsimlikshunos Ono Ranzan tomonidan Honzō kōmoku keimō („Tabiiy tadqiqotlarning oʻquv kursi“) asarida tasvirlangan. U ōkamini kulrang-jigarrang, uzun, kulrang, oq uchli dumi, va uchburchak koʻzli deb tasvirlagan, uni yeyish mumkinligini taʼkidlab, gʻazablangan, va och boʻlganda odamlarga ham tahdid qilishi mumkinligini ham aytib oʻtgan. Yamainu esa sariq dogʻli junli, yomon hidli va yeb boʻlmaydigan goʻshtli ōkamiga oʻxshash hayvon sifatida tasvirlangan[13].

Ranzanning asarlarini nemis botanigi Philipp Franz von Siebold tomonidan Dejimada ishlagan paytida oʻrganib chiqqan. U 1826-yilda urgʻochi togʻ iti va boʻri sotib oladi. Botanik ikkalasini ham farqli deb atagan va ularning farqlarini tasvirlaydigan ikkita rasm chizgan. Togʻ itining terisi keyinchalik Niderlandiyadagi Rijksmuseum van Natuurlijke Historie muzeyiga yuborilgan va u yerda qotirib qoʻyilgan. Ushbu namunalar, Sieboldning yozuvlari bilan birga, Temminck tomonidan Fauna Japonica (1839) ilmiy ishi uchun manba sifatida ishlatilgan. Biroq, Temminck Sieboldning boʻri va togʻ iti farqlari haqidagi yozuvlarini notoʻgʻri tushunib, ikkalasini sinonim deb oʻylagan. 1842-yilda Temminck boʻri haqida uzunroq tavsif yozgan va unda ham ikkala nomni chalkashtirib yuborgan. Temminck Sieboldning muzeyda qotirilgan togʻ iti namunasi asosida „boʻri“ chizmasini ishlab chiqqan[13].

Skelet va Genetik topilmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qotirilgan skelet, National Museum of Nature and Science
Miyata Lime Industryning Aisawa kareridan topilgan, 33,000–36,000 yilga oid qazilgan bosh suyak. Chap pastki jagʻ suyagi uzunligi 17,9 sm[14].
Ueno Hayvonot bogʻida qotirib qoʻyilgan yapon boʻrisi

Yapon boʻrisi[15][16][17][18] , yoki Xonsyu boʻrisi[17], (Canis lupus hodophilax Temminck, 1893)[19][2] Canis lupusning kenja turi hisoblanadi. Yapon boʻrisining skelet qoldiqlari arxeologik joylarda, masalan, Jōmon davriga (miloddan avvalgi 10,000 yildan 250 yilgacha) oid Torihama qobiq toʻplamlarida topilgan.[20][21].

Yapon boʻrisi dunyodagi eng kichik boʻri boʻlmagan. Arab boʻrisining (Canis lupus arabs) kattalarining bosh suyagi uzunligi oʻrtacha 200,8 mm ni tashkil qiladi va bu koʻpgina boʻrilardan kichikroqdir. Yaponiya boʻrisi namunalari 193,1 mm va 235,9 mm orasida oʻlchangan va ularning barchasi ham kattab boʻrilarga tegishli ekanligi aniq emas[22]. Jagʻ suyagida, M1 (kiyik tishi) boshqa boʻri turlaridan ancha katta boʻlgan[21][23]. 1991-yilda bir namunani tekshirish jarayonida uning kondilobazal uzunligi (bosh suyak uzunligi oʻlchovi) 205,2 mm deb topilgan. P4 (toʻrtinchi yuqori jagʻ premolar yoki karnassial tish) ning alveolyar uzunligi 20,0 mm (chapda) va 21,0 mm (oʻngda) ekanligi aniqlangan[24]. 2009-yilda oʻtkazilgan osteologik tadqiqot Yapon boʻrisining bosh suyak uzunligi 206,4 mm dan 226,0 mm gacha ekanligini va morfologik belgilar Yapon boʻrisini Akita kabi katta uy itlaridan ajratish uchun yetarli emasligini eʼlon qilgan[21]. Osteologik oʻxshashliklari tufayli Edo davridan (1603- va 1868-yillar) qolgan yovvoyi mahalliy it qoldiqlarini baʼzan Yapon boʻrisi bilan chalkashtirib yuborishadi[25][21][26].

Yapon boʻrisi Kyusyu, Shikoku va Xonsyu orollarida yashagan[18][21]. Ammo u eng shimoldagi Xokkaydo orolida yashamagan.[21] Bu shuni anglatadiki uning ajdodi Osiyo qitʼasidan Koreya yarim oroli orqali Yaponiyaga koʻchib oʻtgan[17][21][27]. Uning mitoxondrial DNA ketma-ketliklaridan olingan filogenetik daraxti Yapon boʻrisini boshqa boʻri populatsiyalaridan uzoq tarmoqlanishini koʻrsatdi va u qadimiy mDNA gaploguruh 2 ga tegishli ekanligini koʻrsatdi[17][27]. Bu gaploguruhga hozirgi kunda Italyan bo‘risi va Yevrosiyo boʻylab tarqalgan boshqa boʻrilar ham kiradi[28]. Xokkaydo boʻrisi esa mDNA gaploguruh 1 ga tegishli. Bu Yapon boʻrisining Yapon arxipelagiga birinchi kelganini va Xokkaydo boʻrisining shimoldan yaqinda kelganligini angtadi. Yapon boʻrisi Yaponiyaga soʻnggi Pleistotsen davrida bundan 25,000 – 125,000 yil oldin kelgan deb taxmin qilinadi.[17] Ammo yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot Koreya boʻgʻozining oʻtmishdagi dengiz sathini va Yapon boʻrisining ketma-ketliklarini oʻrgangan holda, uning janubiy orollarga 20,000 yildan kamroq vaqt oldin kelganligini koʻrsatdi[27]. Aomori va Shizuoka prefekturalaridan soʻngi Pleistotsen davriga oid Shimoliy Amerika boʻrisiga oʻxshash yirik boʻri qoldiqlari topilgan. Ammo uning C. lupus hodophilax yoki C. lupus bilan aloqadorligi noaniq qolmoqda.[29]

Karl Gubert de Villeneuvning Siebold tomonidan chizilgan Yapon boʻrisining asirlikdagi eskizi, ehtimol bu Yapon boʻrisining yagona haqiqiy yevropaliklar tomonidan chizilgan tasviri[13]

Yapon boʻrisi Kyusyu, Shikoku va Xonsyu orollarida yashagan[18][21]. Ammo Yapon boʻrisi Xokkaydo orolida yashamagan[21]. Arktik Sibirning shimoliy sohilidagi Yana daryosidan topilgan 28,000 yoshli boʻri namunasining qoldiqlari Yapon boʻrisining mtDNA gaplotipi bilan mos kelgan, bu ularning umumiy ajdodlari[16] va kengroq tarqalishga ega boʻlganini koʻrsatadi.

Jismoniy xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1881-yildagi "Canis hodophylax yoxud yapon boʻrisi" deb nomlangan illustratsiya[30], bu yapon boʻrisidan koʻra yamainu (togʻ iti) boʻlishi mumkin.

Canis lupus hodophilax 1839-yilda Temminck tomonidan Canis lupus lupus (Linnaeus 1758) ga qaraganda kichikroq va oyoqlari qisqaroq, junlari silliq va qisqa deb taʼriflangan[31]. Yapon boʻrisi Xokkaydo boʻrisi va Osiyo va Shimoliy Amerika qitʼalarida yashovchi kulrang boʻrilarga nisbatan kichikroq boʻlgan[32]. Uning yelkasigacha balandligi 56–58 sm boʻlgan[33].

Canis lupus hodophilax deb hisoblanadigan toʻrtta tulum mavjud boʻlib, ular quyidagi yerlarda joylashgan: Yaponiya Tabiat va Fanlar Milliy Muzeyi; Tokio Universiteti, Yaponiya ; Vakayama Universiteti, Yaponiya ; Siebold kolleksiyasi va Niderlandiyaning Leyden shahridagi Milliy Tabiat Tarixi Muzeyi[21].

Kawahara Keiga tomonidan chizilgan okami va yamainu illustratsiyasi
1890-yilda Yoshitoshi tomonidan chizilgan Musashida toʻlin oy kartinasi

Milodiy 713-yilda boʻri birinchi marta Kofudoki itsubun (Qadimiy urf-odatlar haqidagi yozuvlar) da qayd etilgan. Milodiy 967-yildan keyingi tarixiy yozuvlar boʻrining yovvoyi otlar yoki yaylovlar, otxonalar va qishloqlardagi otlarni ovlashni afzal koʻrishini koʻrsatadi. 1701-yilda bir lord birinchi bor Yapon boʻrisi uchun mukofot joriy qildi va 1742-yilga kelib birinchi professional boʻri ovchilari oʻqotar qurol va zahar ishlata boshlashdi[34]. 1736-yilda sharqiy Yaponiyada itlar orasida quturish paydo boʻldi, bu esa uning Xitoy yoki Koreyadan kirib kelganligini, keyin esa butun mamlakat boʻylab tarqalganini koʻrsatadi. Bu kasallik boʻri populatsiyasiga tezda tarqaldi. Kasallik baʼzi boʻrilarni oddiy ot ovchilaridan odam oʻldiruvchilarga aylantirdi. Bu esa uyushgan boʻri ovlariga olib keldi[35]. Meydzi islohoti davrida boʻrilarni oʻldirish milliy siyosatga aylandi va bir avlod ichida Yapon boʻrisi yoʻq boʻlib ketdi[36]. Soʻnggi yapon boʻrisi 1905-yil 23-yanvarda Yaponiyaning Xonsyu Nara prefekturasi Higashiyoshino qishlogʻida qoʻlga olinib oʻldirilgan[21].

Baʼzilar Yapon boʻrisining yoʻq boʻlib ketishining sababi sifatida mahalliy aholi ongida Yapon boʻrisining roli oʻzgarganini taʼkidlashadi. Bunga sabab qilib quturish tufayli kelib chiqqan agressiya va boʻrilar yashaydigan oʻrmonlarning kesilishi tufayli kelib chiqqan toʻqnashuvlar koʻrsatilinadi, va bu omillar boʻrilarning keyinchalik fermerlar tomonidan taqib qilinishiga olib keladi[8].

Yapon boʻrisi yoʻq boʻlib ketganidan keyingi davrda 1997-yilgacha bir necha marta odamlar yapon boʻrisiga oʻxshash kalta oyoqli hayvonni koʻrganliklarini daʼvo qilishgan, lekin ularning hech biri tasdiqlanmagan. 2000-yildagi daʼvo aldov deb rad etilgan. Baʼzi yapon zoologlari bu xabarlar Yapon boʻrisini yovvoyi itlar bilan chalkashtirganlikdan kelib chiqqan deb taʼkidlaydilar[37].

Madaniy ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yoshitoshining "Kitayama Oyi" kartinasi[38]. Bo‘ri rasmlari Yoshitoshining ustozi Kuniyoshi tomonidan tasvirlangan kitobdan olingan[39].
Ueno hayvonot bog‘idagi Yapon bo‘risi tulumi (Vakayama Universiteti mulki)

Shinto eʼtiqodiga koʻra ōkami ("bo‘ri")ga kami ruhlarining elchisi sifatida qaralgan va u ekinlarni payhon qiluvchi yovvoyi cho‘chqa, kiyiklardan himoya qilishiga ishonligan. Yovvoyi hayvonlar tog‘ ruhi Yama-no-kami bilan bog‘langan. Yaponiya tog‘lari xavfli joy sifatida ko‘rilgan, va bo‘rilar esa togʻlarning himoyachisi va qo‘riqchisi deb qaralgan. Okamiiwa ("Bo‘ri toshi") va Okamitaira ("Bo‘ri platosi") kabi ko‘plab tog‘ qishloqlari bo‘ri sharafiga nomlangan[8].

Xonsyu orolining oʻzida taxminan 20 ta Shinto bo‘ri ziyoratgohi mavjud. Eng mashhur milliy ziyoratgoh Saitama prefekturasining Mitsumine hududida joylashgan. Shuningdek Kii yarim orolida kichikroq bo‘ri ziyoratgohlari mavjud, jumladan Totsukava qishlog‘idagi Tamaki va Katakati ziyoratgohi[40].

Yaponiya xalq og‘zaki ijodida okuriōkami ("hamroh bo‘ri") haqida keng tarqalgan afsona mavjud bo‘lib, u tunda o‘rmon orqali yolg‘iz ketayotgan odamni uyiga sogʻ-omon yetib borguncha kuzatib borganligi aytiladi. Baʼzida bu hamroh boʻri uchun qurbonliklar qilingan. Yana bir afsonaga koʻra Kii yarim orolining o‘rmonlarida tashlab ketilgan chaqaloqni bo‘rilar boqib olishadi va keyinchalik bu bola Fujiwara no Hidehira qabilasining rahbariga aylanadi. Sharqiy Yaponiyaning Kanto hududidagi yana bir afsonaga koʻra bo‘ri suti bilan boqilgan chaqaloq kuchli bo‘lib o‘sadi deb ishonilgan[41]. Baʼzi afsonalarda Yapon bo‘risi bashoratchi mavjudotlar sifatida tasvirlangan. Tamaki tog‘larida "it uvlash daraxti" deb ataladigan daraxt joylashgan. Bu joyda boʻrilar 1889-yilgi suv toshqinidan oldin qishloq aholisi ogohlantirish uchun uvlashgani aytiladi[8], va 1923-yilda garchi bu vaqtga kelib bo‘ri yo‘q bo‘lib ketgan boʻl-sa ham ham oʻsha yilgi kuchli zilziladan oldin uvlashgani aytiladi[42]. Yana bir afsonaga koʻra agar sayohatchi uyga qaytmasa, bo‘ri ularning uyiga kelib, sayohatchi o‘lganini bildirish uchun g‘amgin uvlash qiladi[42].

Baʼzi qishloqlarda shishiyoke deb ataladigan bo‘ri shakllari mavjud bo‘lib, ular qishloqlarni va ekinlarni yovvoyi cho‘chqalardan himoya qiladi deyilgan[8]. Bo‘ri tishlari, terisi va junlari sayohatchilar tomonidan yovuz ruhlarni qaytarish uchun olib yurilgan va baʻzi ibodatxonalarda baxtsizlikni qaytarish uchun bo‘ri bosh suyaklari saqlangan[42]. Gifu prefekturasidagi baʻzi qishloqlarda bo‘ri bosh suyagi himoya va jin urgan qishloqliklarni davolash uchun ishlatilgan. Ekinlarni himoya qilishdan tashqari, bo‘ri qishloq aholisiga oʻz o‘ljalarini qoldirganligi aytiladi[8].

Yapon bo‘risi 2012-yilda chiqarilgan "Bo‘ri bolalari" anime filmining asosiy qahramoni bo‘ladi[43]. Yapon bo‘risi boshqa mashhur ommaviy axborot vositalarida ham muhim rol o‘ynagan, masalan, 1997-yilgi Studio Ghibli filmi "Mononoke malikasi", 2006-yilgi Ōkami video o‘yin va 2019-yilgi Kamen Rider Zero-One shousida.

  1. Boitani, L.; Phillips, M.; Jhala, Y. (2018). "Canis lupus". IUCN Red List of Threatened Species 2018: e.T3746A163508960. doi:10.2305/IUCN.UK.2018-2.RLTS.T3746A163508960.en. https://www.iucnredlist.org/species/3746/163508960. Qaraldi: 19 November 2021. Yapon boʻrisi]]
  2. 2,0 2,1 2,2 Smithsonian – Animal Species of the World database. „Canis lupus hodophilax“.
  3. Niemann, Jonas; Gopalakrishnan, Shyam; Yamaguchi, Nobuyuki; Ramos-Madrigal, Jazmín; Wales, Nathan; Gilbert, M. Thomas P.; Sinding, Mikkel-Holger S. (2021-01-22). "Extended survival of Pleistocene Siberian wolves into the early 20th century on the island of Honshū" (en). iScience 24 (1): 101904. doi:10.1016/j.isci.2020.101904. ISSN 2589-0042. PMID 33364590. PMC 7753132. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7753132. 
  4. Gojobori, Jun; Arakawa, Nami; Xiaokaiti, Xiayire; Matsumoto, Yuki; Matsumura, Shuichi; Hongo, Hitomi; Ishiguro, Naotaka; Terai, Yohey (2024-02-23). "Japanese wolves are most closely related to dogs and share DNA with East Eurasian dogs". Nature Communications 15 (1). doi:10.1038/s41467-024-46124-y. ISSN 2041-1723. PMC 10891106. http://dx.doi.org/10.1038/s41467-024-46124-y. 
  5. „In search of Japan's lost wolves: Primal howl“ (en-US). Deep reads from The Japan Times. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
  6. Martin, Alex K. T. „In search of Japan's extinct wolves: Sightings of a mysterious canine in Chichibu have been captivating animal enthusiasts“ (en-US). The Japan Times (2019-yil 25-may). Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
  7. „In search of Japan's lost wolves: Territorial threat“ (en-US). Deep reads from The Japan Times. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 8,6 Knight, John (1997). "On the Extinction of the Japanese Wolf". Asian Folklore Studies (Nanzan University) 56 (1): 129–159. doi:10.2307/1178791. 
  9. 9,0 9,1 Kazue Nakamura, 2004, Japanese Names of the Animals Belonging to Genus Canis Described in „the Flora, Fauna and Crops of the Japan Islands“ in the 18th Century., Bulletin of The Kanagawa Prefectural Museum Natural Science No.34, pp.69-73, Kanagawa Prefectural Museum Natural
  10. Miku Bansho, 2019, Why the oinu-samaʼ had not become extinct : A study on actual conditions of Musashi Mitake shrine, Research Journal of the Graduate School of Humanities and Human Sciences, Vol. 19, p.115, Faculty of Humanities and Human Sciences, Graduate School of Humanities and Human Sciences, and School of Humanities and Human Sciences, Hokkaido University
  11. Kokugo Dai Jiten, Revised Edition 1988 (in Japanese), Tōkyō:Shogakukan
  12. Kichiro Akimoto, 1958, Fudoki Nihon Koten Bungaku Taikei 2 (Japanese), p.421, Iwanami Shoten
  13. 13,0 13,1 13,2 Funk, H. (2015). "A re-examination of C. J. Temminck's sources for his descriptions of the extinct Japanese wolf". Archives of Natural History 42 (1): 51–65. doi:10.3366/anh.2015.0278. ISSN 0260-9541. 
  14. Pleistocene Fossils of Wolves in Japan: NAORA Nobuo Collection
  15. Canis lupus hodophilax (Japanese wolf)“. NCBI.NLM.NIH.gov. National Center for Biotechnology Information, U.S. National Institutes of Health.
  16. 16,0 16,1 Lee, E. (2015). "Ancient DNA analysis of the oldest canid species from the Siberian Arctic and genetic contribution to the domestic dog". PLOS ONE 10 (5): e0125759. doi:10.1371/journal.pone.0125759. PMID 26018528. PMC 4446326. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4446326. 
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 Matsumura, Shuichi; Inoshima, Yasuo; Ishiguro, Naotaka (2014). "Reconstructing the colonization history of lost wolf lineages by the analysis of the mitochondrial genome". Molecular Phylogenetics and Evolution 80: 105–12. doi:10.1016/j.ympev.2014.08.004. PMID 25132126. 
  18. 18,0 18,1 18,2 Walker 2008, s. 42.
  19. Wozencraft, W. C. „Order Carnivora“, . Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference, 3-, Johns Hopkins University Press, 2005 — 532–628-bet. ISBN 978-0-8018-8221-0. OCLC 62265494. 
  20. Shigehara, N; Hongo, H (2000) (ja). Dog and wolf remains of the earliest Jomon period at Torihama site in Fukui Prefecture. 2. Torihama-Kaizuka-Kennkyu. pp. 23–40. 
  21. 21,00 21,01 21,02 21,03 21,04 21,05 21,06 21,07 21,08 21,09 21,10 Ishiguro, Naotaka; Inoshima, Yasuo; Shigehara, Nobuo (2009). "Mitochondrial DNA Analysis of the Japanese Wolf (Canis Lupus Hodophilax Temminck, 1839) and Comparison with Representative Wolf and Domestic Dog Haplotypes". Zoological Science 26 (11): 765–70. doi:10.2108/zsj.26.765. PMID 19877836. 
  22. Walker 2008, s. 53.
  23. Miyamoto F, Maki I (1983) On the repaired specimen of Japanese wolf (Canis lupus hodophilax Temminck) and its skull newly taken out. Bull Fac Ed Wakayama Univ Nat Sci 32: 9–16 (in Japanese with English abstract)
  24. Miyamoto, F. (1991). On the skull of Japanese wolf (Canis hodophilax Temminck) taken out from the mounted specimen preserved in Wakayama University. Bull. Fac. Ed. Wakayama Univ. Nat. Sci. 39: 55–60. (in Japanese with English abstract) [1]
  25. Walker 2008, s. 40.
  26. Obara I, Nakamura K (1992) Notes on a skull of so-called „Yama-Inu“ or wild canine preserved in the Minamiashigara municipal folklore museum. Bull Kanagawa Pref Mus Nat Sci 21: 105–110 (in Japanese with English abstract) [2]
  27. 27,0 27,1 27,2 Koblmüller, Stephan; Vilà, Carles; Lorente-Galdos, Belen; Dabad, Marc; Ramirez, Oscar; Marques-Bonet, Tomas; Wayne, Robert K.; Leonard, Jennifer A. (2016). "Whole mitochondrial genomes illuminate ancient intercontinental dispersals of grey wolves (Canis lupus)". Journal of Biogeography 43 (9): 1728–1738. doi:10.1111/jbi.12765. 
  28. Pilot, M. G.; Branicki, W.; Jędrzejewski, W. O.; Goszczyński, J.; Jędrzejewska, B. A.; Dykyy, I.; Shkvyrya, M.; Tsingarska, E. (2010). "Phylogeographic history of grey wolves in Europe". BMC Evolutionary Biology 10 (1): 104. doi:10.1186/1471-2148-10-104. PMID 20409299. PMC 2873414. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2873414. 
  29. Yoshikazu Hasegawa, Toshiyuki Kimura, Naoki Kohno, 2020, Late Pleistocene Megacanid (Mammalia, Canidae) from Yage Limestone Quarry, Central Honshu, Japan. (pdf), Bulletin of Gunma Museum of Natural History, 24, pp.1-13
  30. Brauns, D., 1881. Canis Hodophylax, or Japanese wolf. Chrysanthemum, A Monthly Magazine for Japan and the Far East, 1 (January to December, 1881): 66–67, plate before page 66. Kelly & Co., Yokohama. [3]
  31. Mech, L David (1970) „The wolf: the Ecology and Behavior of an Endangered Species“, published for the American Museum of Natural History by the Natural History Press, pages 353
  32. Ishiguro, Naotaka; Inoshima, Yasuo; Shigehara, Nobuo; Ichikawa, Hideo; Kato, Masaru (2010). "Osteological and Genetic Analysis of the Extinct Ezo Wolf (Canis Lupus Hattai) from Hokkaido Island, Japan". Zoological Science 27 (4): 320–4. doi:10.2108/zsj.27.320. PMID 20377350. 
  33. Ishiguro, Naotaka. „Phylogenetic analysis of extinct wolves in japan“. Gifu University, Japan (2011). 2016-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-may. in Japanese, measurements in English
  34. Walker 2008, s. 101-106.
  35. Walker 2008, s. 113-119.
  36. Walker 2008, s. 128.
  37. Shuker, Karl P. N.. The beasts that hide from man: seeking the world's last undiscovered animals. New York: Paraview Press, 2003 — 218–221-bet. ISBN 978-1-931044-64-6. 
  38. Kitayama moon – Toyohara Sumiaki, from the series One hundred aspects of the moon by Tsukioka Yoshitori. Art Gallery of New South Wales, Australia [4]
  39. „Japan Print Gallery, Notting Hill Gate, London“. 2016-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-aprel.
  40. Knight 2006, s. 4197-8.
  41. Knight 2006, s. 205.
  42. 42,0 42,1 42,2 Knight 2006, s. 206.
  43. „Review: Mamoru Hosoda's 'Wolf Children' anime is wild“. Los Angeles Times (2013-yil 26-sentyabr).

Further reading

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Walker, Brett (2008), The Lost Wolves of Japan, University of Washington Press, Seattle, ISBN 9780295988146
  • Knight, John (2006), Waiting for Wolves in Japan: An Anthropological Study of People-Wildlife Relations, University of Hawaii Press, ISBN 978-0824830960