[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Yalpi sirt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yalpi sirtRossiya Federatsiyasi Yevropa qismining janubiy sharqidagi platosimon qirlar. Volga va Ural daryolarining suvayirgʻichi. Sharqiy qismi tor, oʻydimchuqur. Kenglik yoʻnalishida 500 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 405 m. Gʻarbi Volga daryosi tomon pasayib boradi. Sharqda Janubiy Ural togʻlariga yondosh, janubida Kaspiyboʻyi pasttekisligidan pogʻonasimon koʻtarilgan. Markaziy qismida uncha baland boʻlmagan qoldiq tepalari (shixanlar)dan iborat boʻlib, balandligi 50–100 m. Yalpi sirt paleozoy va mezozoy qumtoshlari, gil, ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ohaktoshlarda karst relyef shakllari hosil boʻlgan. Yalpi sirtdan Samara, Katta Irgiz va Ural daryolarining baʼzi irmoqlari boshlanadi. Dasht oʻsimliklari oʻsadi.