Yoronguldoshlar
Qiyofa
Yoronguldoshlar (Geraniceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oila. Koʻp yillik va bir yillik oʻtlardan, baʼzan yarim butalardan iborat. Barglari boʻlmali yoki butun, baʼzan patsimon ajralgan. Koʻpchilik turlarining gullari toʻgri, ikki jinsli, koʻproq qizil yoki binafsha rangli boʻladi. Yer yuzida oilaning 650 ga yaqin turi va 11 turkumi maʼlum. Asosan oʻrtacha issiq va subtropik zonalarda tarqalgan. Shulardan 4 turkumiga mansub 20 turi Oʻzbekistonda oʻsadi. Janubiy Afrikada oʻsuvchi Pelargonium turkumiga mansub turlar va ularning duragaylari manzarali va efirmoyli oʻsimlik sifatida ekiladi. Oilaning yorongul turkumi Oʻzbekistonda keng tarqalgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |