[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Xalq banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki
Asosiy maʼlumotlar
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Shiori O'zbekistonning birinchi banki
Litsenziyasi №25 25-yanvar 2003-yil[1]
Faoliyati Barcha turdagi bank xizmatlari
Asos solingan 1875-yil 10-may
Avvalgi nomi O‘zjamg‘armabank
Sayti https://xb.uz/
Xalq banki Vikiomborda

O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekistonning birinchi banki.

Аksiyadorlik tijorat Xalq banki – O‘zbekiston hududida tashkil etilgan birinchi bank bo‘lib, 1,5 asrlik tarixga ega. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yil 10-mayda o‘z faoliyatini boshlagan.

Bank yil davomida jami O‘zbekiston aholisining 30%ga, kichik va o‘rta biznes vakillarining 20%ga yaqiniga xizmat ko‘rsatadi.

1869-yilda Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman Rossiya imperiyasi Davlat banki (Gosbank)ning Toshkentdagi filialini ochish bo‘yicha Moliya vazirligining maxsus komissiyasiga taklif kiritadi.

1871-yil 23-avgustda Rossiya imperiyasi Moliya vazirligining maxsus komissiyasi rahbari Konstantin Karlovich Grot Gʻaznachilik palatasiga Turkiston general-gubernatorining taklifi yuzasidan o‘z xulosasini taqdim etadi.

1874-yil 12-noyabrda Rossiya imperiyasi Moliya vaziri Mixail Xristoforovich Reytern Sirdaryo okrugi gubernatorligining markazida Rossiya imperiyasi Davlat bankining Toshkent filialini ochish to‘g‘risida ruxsatnoma taqdim etadi.

1874-yil 12-dekabrda Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman Rossiya imperiyasi Davlat bankining Toshkentdagi filialini ochish to‘g‘risidagi qarorni imzolaydi.

1875-yil 13-mart sanasida Rossiya imperiyasi Davlat bankining boshqaruvchisi Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga bankning Toshkentdagi filialini tashkil etish uchun bino ajratishni so‘rab, murojaat yo‘llaydi.

1875-yil 8-mayda Davlat bankining Toshkentdagi filiali rahbari 10-mayni filialning rasman ochilish kuni ekanligini ma’lum qilib Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga maktub jo‘natadi.

1875-yil 10-may sanasida Davlat bankining Toshkent filiali (birlamchi jamg‘arma kassalari) rasman ochildi hamda aholiga 8 turdagi bank xizmatlarini ko‘rsata boshladi. Filial uzoq vaqt davomida (XIX asrning 90-yillarigacha) Turkiston oʻlkasida mustamlaka maʼmuriyatining budjet mablagʻlarini nazorat qilib turuvchi va savdoni rivojlantirish uchun kreditlar beruvchi yagona bank hisoblangan[2].

Davlat bankining Toshkent filiali faoliyatini 2 davrga bo‘lish mumkin:

1)   XIX asrning 1875-90-yillari 2) XX asr boshlari 1917-yillar.

Davlat bankining Toshkent filiali faoliyatining birinchi davrida asosan yirik savdolarni mablag‘ bilan ta’minlagan va mahalliy moliyani boshqarib, Turkiston mustamlaka maʼmuriyati uchun gʻazna vazifasini bajargan.  

Faoliyatining ikkinchi davrida asosan yirik savdo operatsiyalarini kreditlashdan qisman voz kechib, kichik kredit operatsiyalarini rivojlantirishga harakat qildi. Lekin nafaqat viloyat hokimligi, balki Markaziy Osiyoda faoliyat yurituvchi tijorat banklari uchun ham g‘aznachi rolini saqlab qolgan[3].

1896-yilda Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Marg‘ilon va boshqa yirik shaharlarda bank filiallari ochildi.

1925-yilda Butuntarmoq jamg‘arma kassalari ittifoq Davlat mehnat jamg‘arma bankiga aylantirildi.

1993-yil 27-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi mehnat jamg‘armalari va aholiga kredit berish davlat-tijorat banki (“O‘zjamg‘armabank”)ning Ustavi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifa va funksiyalari belgilandi.

1995-yil 4-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining “O‘zjamg‘armabank”ni O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

1995-yil 10-oktabrda Vazirlar Mahkamasining 386-son qaroriga asosan “O‘zjamg‘armabank” O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirildi.

2004-yil 2-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-702-II sonli Qaroriga asosan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

2015-yil 24-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Аksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Аksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o‘zgartirildi.

2017-yil 13-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2826-sonli Qarori bilan pensiyalar va nafaqalarni to‘lash Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi

Bankning bosh maqsadi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston xalqi va tadbirkorlarini moliyaviy maqsadlariga erishishida qo‘llab-quvvatlovchi yetakchi bank bo‘lish.

Bank missiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mijozlarimiz: Qulay an’anaviy va raqamli kanallar orqali keng ko‘lamli, yuqori sifatli bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etish.

Jamiyat: Bank xizmatlari ommabopligini oshirish orqali mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‘shish va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash.

Xodimlar: Xodimlar salohiyatini namoyon etish va rivojlantirishga qaratilgan unumdorlik, innovatsiya va ko‘p qirralikni rag‘batlantiruvchi ishchanlik muhitini yaratish.

Aksiyadorlar: Aksiyadorlar ishonchini oqlaydigan, ularning mablag‘lari daromadliligini ta’minlaydigan, shaffof va mustaqil, xalqaro talablarga mos korporativ boshqaruv tizimini yaratish.

Bank qadriyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.   Birinchi navbatda mijoz – hajmi va daromadliligidan qat’iy nazar, mamlakatning barcha aholisi va tadbirkorlarini umri va faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlash.

2.  Maqsadga yo‘naltirilgan – belgilangan ijtimoiy maqsadlar bilan O‘zbekistonda jamiyat rivojlanishiga ko‘maklashish.

3.  Oqillik – risklarni barqaror va donolik bilan boshqarish.

4.  Jamoa bo‘lib ishlash – hamkorlikda yechimlar topish uchun jamoaviy faoliyat yuritish.

Bank mijozlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar

Bank aksiyadorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi – 25.58%

- O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi – 74.42%

Bank tarmoqlari – 270 ta

Bank kassalari – 477 ta

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 226 ta

24/7 – rejimida ishlaydigan “Elektron ofislar” – 551 ta

Sayyor kassalar – 799 ta

Yagona kassa markazlari – 10 ta

Bankomatlar – 3 111 ta faoliyat yuritmoqda

Bankning bosh ofisi – Toshkent shahrida joylashgan

Reyting agentliklarining baholashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil

Xalq banki tarixida ilk marotaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari”ning 9-standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda “ISO 9001:2015” xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi.

2020-yil

"Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" — „Barqaror“, "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" reytingiga ega bo‘ldi. Xalq banki 6-maydan 7-maygacha "CERT International" (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti vakillari tomonidan ISO 9001:2015 Xalqaro standarti talablariga muvofiq 2-nazorat auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Xalq bankining 2-nazorat auditi natijalari: yuqori rahbariyatning OAVni saqlash va takomillashtirishga qiziqishi va majburiyati; xodimlarning yuqori malakasi va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish; ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda takomillashtirishga intilish. Ikkinchi nazorat auditining asosiy natijasi atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan javob berishga, kelajakdagi o‘zgarishlarni kutishga va menejment tizimini unifikatsiya qilish orqali o‘z biznesingizni muntazam ravishda rivojlantirishga imkon beradigan samarali sifat menejmenti tizimini qo‘llab-quvvatlash, filiallar tarmog‘ining o‘zaro aloqasi va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, shuningdek, Xalq bankida mijozlar ehtiyojini qondirish hisoblanadi.

Shuningdek, milliy shkala bo‘yicha "Ahbor-Reyting" reyting agentligi tomonidan "UzA" — „Barqaror“, "Standart And Sensetive Ratings" reyting agentligi tomonidan "UzA+" — „Barqaror“ reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan kapitallashuv darajasini oshirish, resurslar bazasini mustahkamlash, aktivlar sifatini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi.

2021-yil

“SNS Ratings” (Standart and sensitive ratings) agentligi tomonidan milliy shkala bo‘yicha “uzA+” - “Barqaror”;

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-/B” - “Barqaror”;

“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligining “B+/B” – Barqaror reytingiga ega boʻldi.

2022-yil

Xalq banki reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-/B” -“Barqaror” reytingiga hamda “Standard and Poors” xalqaro reyting agentligining “B+/B” reytingiga ega boʻldi.

2024-yil

- O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan "Ochiqlik indeksi-2023" reytingida jami 103 ta davlat idoralari va tashkilotlari orasida 7, respublikadagi barcha tijorat banklari orasida 1-o'rindan joy oldi.[4]

- Xalq banki ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga ega bo'ldi. Sertifikat bank boshqaruv tizimining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro standartlarga mosligini tasdiqlaydi.

Bank Boshqaruvi aʼzolari tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqaruv Raisi – Atabayev Shuhrat Xaldarovich

Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari – Azimov Zafar Abdumajidovich

Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Ruziyev Farrux Aralovich

Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Kutliyev Dilshod Orifovich

Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Rashidova Gulzoda Ataxanovna

Yuridik department direktori – Tashmatov Nuriddin Zubaydullayevich

Bank tasarrufidagi tashkilotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq banki 2011-yilda ro‘yxatdan o‘tgan “Xalq Sug‘urta” aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining yagona aksiyadori hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mulkiy hamda shaxsiy manfaatlarini sug‘urta qilishni taʼminlash, mikrosug‘urtalash mahsulotlarini ishlab chiqish va aholining keng qatlamlarini faol rivojlantirish uchun tuzilgan.

Bank mahsulotlari va xizmatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq banki respublikadagi eng ko‘p filiallar tarmog‘iga ega bank hisoblanadi. Bank tomonidan anʼanaviy bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha yo‘nalishlari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun depozit mahsulotlarining keng ro‘yxati, kreditning hilma-xil turlari, akkreditiv operatsiyalari, bank kartalarni ishlab chiqarish hamda ularga xizmat ko‘rsatish, hisob raqamlarini tezkorlik bilan ochish va yuritish, jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblarini yuritish, interaktiv bank xizmatlari, xalqaro pul o‘tkazmalari hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Bank yuridik maqomga ega mijozlarni kichik biznes, o‘rta biznes va korporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlarini taklif qiladi. Yuridik shaxslar uchun 20 xildan ortiq milliy va xorijiy valyutada kreditlar ajratiladi.

Jismoniy shaxslar uchun universal bank xizmatlari va kredit turlaridan tashqari yangi innovatsion yechimlar taklif qilinmoqda. Mijozlarning istaklarini o‘rgangan holda, ularning talablaridan kelib chiqib bank mahsulotlari ishlab chiqilmoqda.

Xalq banki jismoniy va yuridik shaxslar uchun milliy valyutada “Humo” va “Uzcard” tizimlarida hamda xorijiy valyutalardagi to‘lov tizimlaridan “UnionPay”,“VISA”, “Mastercard” bank kartalarini emissiya qiladi.

Pul o‘tkazmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq banki mijozlari “AsiaExpress”, “UPT”, “SWIFT” va boshqa tizimlar orqali xalqaro pul o‘tkazma amaliyotlarini bajarishi mumkin. Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy va xorijiy valyutalarda pul o‘tkazish tizimi “UzPay” ishga tushirilgan.

Jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Jumladan:

1. AQShning "Cargill Financial Services International, Inc" moliya muassasasi

2. "Osiyo taraqqiyot banki" (ABR)

3. Turkiyaning Aktif banki

4. Rossiyaning "Roseksimbanki"

5. "Transkapitalbank"

6. Yaponiyaning "Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi" (JICA)

7. Qozog‘istonning "First Heartland Jýsan Bank" banki

8. "ICBC Standard Bank Plc"

9. "Deutsche Bank"

Rasmiy ilovasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning rasmiy ilovasi — "xazna" Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.

Pensiya va ijtimoiy xizmatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yil 2-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-702-II sonli Qaroriga asosan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

2017-yil 13-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2826-sonli Qarori bilan pensiyalar va nafaqalarni to‘lash Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Bugungi kunda Xalq banki tomonidan 12 turdagi ijtimoiy to‘lov turlari amalga oshirilmoqda.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash mexanizmlari qayta ko‘rib chiqildi hamda soddalashtirildi. Jumladan, 2021-yilda pensiya mablag‘larini bank kartasiga o‘tkazish bo‘yicha arizalarni Pensiya jamg‘armasiga bormasdan bank filialiga topshirish yo‘lga qo‘yildi.

Fuqarolarga farzandi tug‘ilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish bilan avtomat tarzda bank kartasi orqali suyunchi pulini olish tizimi joriy etildi.

Mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masofaviy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida 2020-yilning may oyida Jizzax shahrida “Call center” aloqa markazi ishga tushirildi. Ushbu markaz 24/7 rejimida aholi va mijozlarning qo‘ng‘iroqlarini qabul qilib, bank mahsulotlari hamda xizmat turlari bo‘yicha masofaviy xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.

“Call center” bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 2 ta yo‘nalishda ish olib bormoqda:

1)   mijozlarga masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish;

2)   mijozlarga maʼlumot berish va konsalting xizmatlari.

“Call center” aloqa markazi tomonidan mijozlarga:

-  “sms xabarnoma” xizmatini ulash;

-  mavjud bank hisobvaraqlarni “mobile banking” va “internet banking” interaktiv xizmatlariga biriktirish;

-  mijoz talabiga asosan (mobil qurilmasi yo‘qolganda) “mobile banking” va “internet banking” interaktiv xizmatlarini o‘chirish va qayta faollashtirish;

- bank kartasi faoliyatini to‘xtatish (blokka qo‘yish) va faollashtirish (4 ta raqamdan iborat tasdiqlash kodi 3 marotaba notog‘ri terilganida) kabi masofaviy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

-  Shuningdek, mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Hozirda “Call center” bir kunda o‘rtacha 2000 ta murojaatlarni qabul qilib, mijozlarga masofadan xizmat ko‘rsatmoqda.

“Call center” aloqa markazi orqali mijozlarga “onlayn” xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish uchun tegishli dasturiy taʼminot bilan taʼminlash maqsadida “Assecco” kompaniyasi bilan ish olib borildi.

Shu maqsadda kompaniya tomonidan zamonaviy platforma joriy qilish maqsadida 3 ta bosqichda ish olib borildi.

-  birinchi bosqichda mijozlarni elektron navbatga olish bo‘yicha “IVR” tizimi yo‘lga qo‘yildi;

-  ikkinchi bosqichda mijozlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi;

-    uchinchi bosqichda barcha bank operatsiyalarini “Call center” aloqa markazi orqali masofadan turib, “online” amalga oshirish yo‘lga qo‘yilmoqda.

“Call center” aloqa markazi aholi va mijozlarning qo‘ng‘iroqlarini qabul qilib, bank mahsulotlari hamda xizmat turlari bo‘yicha masofaviy xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.

Ijtomoiy tarmoqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Народный банк. Реквизиты.“ (deadlink). 2016-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
  2. Алимджанов Б., Чориев Ш. (№4, 2017). „История Ташкентского филиала Государственного банка Российской империи (1875-1917 гг.)“. Biznes-Эксперт. 89–91-bet. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  3. Алимджанов Б., Чориев Ш. (№4, 2017.). „История Ташкентского филиала Государственного банка Российской империи (1875-1917 гг.)“. Biznes-Эксперт. 89–91-bet. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  4. „https://anticorruption.uz/uz/article/davlat-idoralarining-korrupsiyaga-qarshi-kurashishdagi-faoliyati-samaradorligi-reyting-baholandi“.