Xongxa
Qiyofa
Xongxa, Songkoy (xitoycha Yuantszyan), Qizil dare — Xitoy va Vyetnamdagi dare. Uzunligi 1183 km, havzasining maydoni 158 ming km². Yunnan togʻligidan boshlanib, asosan, togʻlardan oqadi. Quyi oqimida Bakbo tekisligidan okib, Bakbo (Tonkiy) qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 3800 m³/sek. Suv rejimi mussonli, yozda toshadi. Toshqinlarning oldini olish maqsadida qirgʻoklari dambalar bilan toʻsilgan. Suvidan sugʻorishda keng foydalaniladi. Yozda dengiz kemalari Xanoy shahrigacha (quyilish yeridan 175 km) bora oladi. Daryo suvida juda koʻp qizil rangdagi oqiziqlar oqib keladi (daryo nomi shundan). X. boʻyida Xekou, Laokay, Yenbay, Xanoy va boshqa shaharlar, deltasida Xayfon dengiz porti joylashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |