Vitraj
Vitraj (frans. vitrage, lot. vitrum — shisha) — rangli oyna (shisha) parchalaridan terib yoki yorugʻlik oʻtkazadigan boshqa materiallardan foydalanib, deraza, eshiklarga har xil ranglarda naqsh, tasvir ishlash sanʼati; shuningdek deraza, toʻsiqlar oʻrnidagi (toʻliq yoki qisman ishlangan) shisha namoyon. Deraza oʻrnidagi rangli V. nurlar jilvasini hosil qiladi, intererning ifoda taʼsirini orttiradi. Dastlabki sodda V. namunalari Qad. Misr (mil. av. 2 minginchi yil) va Rim (mil. 1-asr)da topilgan. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalarda (Fransiyadagi Shartr sobori, Germaniyadagi Augsburg sobori, 12-asr boshlari), gotika soborlarida V. keng qoʻllangan, boʻyalgan shishalardan oʻtayotgan nur bino ichini jozibador koʻrsatgan. Keyinchalik rangsiz yoki rangli shishalarga silikat boʻyoqlarda rangtasvir asarlari ishlash texnikasi qoʻllangan. 20-asrga kelib V. ishlash mahorati oshdi, V. uchun shishalar maxsus usulda ishlana boshlandi. Keyingi yillarda shisha yoki plastmassa, sement va temir-beton bilan mustahkamlanadigan usuli keng tarqalib, V.ning imkoniyat doirasi kengaydi. Oʻzbekistonda V. 20-asr 60-y.laridan rivojlandi, qator mahobatli asarlar yaratildi. "Zarafshon" restorani, "Oʻzbekistan" mehmonxonasi, Temuriylar davlati tarixi muzeyi V.lari shular jumlasidan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |