[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Vergiliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vergiliy
Asl ismi Publius Vergilius Maro
Tavalludi 15 oktabr, mil. av. 70-yil
Mantui
Vafoti 21 sentyabr, mil. av. 19-yil
Brundizium
Kasbi Qadimgi Rimlik shoir
Ijod qilgan tillari Lotin tili
Fuqaroligi Qadimgi Rim
Janr epik sheʼriyat

Publius Vergilius Maro (Publiy Vergiliy Maron) (15 oktyabr, mil. av. 70-yil Mantui yaqinida - 21 sentyabr, mil. av. 19-yil) — Qadimgi Rimning eʼtiborga sazovor shoirlaridan biri. Epik dostonning yangi turini yaratdi.

Vergiliy Rim respublikasi inqirozining guvohi boʻlgan. "Bukolikalar" ("Choʻpon qoʻshiqlari"; mil. av. 42—38) va "Georgikalar" ("Dehqonchilik haqida doston"; mil. av. 36—29) dostonida tinch qishloq hayoti, choʻponlarning tabiat quchogʻidagi osoyishta, farogʻatli turmushi madh etiladi. Vergiliyning mashhur "Eneida" dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan urushlar tasviriga bagʻishlangan. Bu asari "Iliada" va "Odisseya"ga taqlidan yozilgan, unda Qadadimgi Italiya manzarasi koʻtarinki ruhda tasvir etilgan. Vergiliy ijodi klassitsizm davri sheʼriyati uchun namuna hisoblangan. Dostonlaridan parchalar Oybek tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan (1939).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil